Mustafo Bafoyev hayoti va ijod yo’llari


Yettinchi bekat: Farzandlarimdan roziman


Download 73.26 Kb.
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi73.26 Kb.
#1838237
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustafo

Yettinchi bekat: Farzandlarimdan roziman
Rafiqam bilan turmush qurganimizga yarim asrdan oshdi. Ikki qizim bor. Katta qizim dirijyor. Turmush o’rtog’i ham musiqachi. Kichik qizim shifokor. U ham musiqa yoza boshlagandi. Lekin bu yo’ldan ketmasligini istadim. Chunki o’zim ko’p qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. “Meni musiqacha qilmadingiz”, deb haliyam aytib yuradi. Kenjamning turmush o’rtog’i ham shifokor. besh qiz, bir o’g’il nabiram bor. Birinchi nabiram Muhammad haqiqiy izdoshim bo’lyapti. Skripka chaladi. Bir qancha ko’rik tanlovlar g’olibi. Hozir chet elda musiqa yo’nalishini bo’yicha tahsil oladi. Kenjamning ikki qizi biz bilan yashaydi. Ular Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o’qishadi. Ularni har kuni o’qishga o’zim olib boraman. Uyda doimiy ravishda nevaralarim bilan shug’ullanaman. Pianinoda o’tirib, nimadir yozmoqchi bo’lsam, oldimga yugurib kelishadi. «Bobojon, men chalay pianinoni» deb darrov mashqni boshlab yuborishadi. Ular uxlagachgina, ijodni boshlayman.
Qizlarim, nevaralarimni ko’rib, xursand bo’laman. O’g’lim yo’q, deb kuyunmayman. Izimni bosadigan, san’atimni davom ettiradigan izdoshlarim borligiga shukr!
Faktlar:
· 1946 yilda Buxoro viloyati, Kogon tumanida tug’ilgan.
· 1995 yildan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
· 1997 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati.
· 2008 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi.
· YUNESKO tomonidan Parijda Amir Temurning 660 yilligi, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga, Mirzo Ulug’bekning 600 yilligag bag’ishlab o’tkazilgan tantanalarda musiqiy asarlari ijro etilgan.
· 200 dan ortiq musiqiy asarlar muallifi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

  1. Mirziyoyev Sh. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkrlik – milliy g‘oyamiz poydevoridir. – T.: “Tavsir” 2021-yil.

  2. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat - T., "O‘zbekiston", 1994- yil.

  3. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  4. O'zbekiston Respublikasining o'rta ta'lim vazirligi O.A.Ibrohimov G'.M.Xudoyev, Musiqa tarixi o'quv qo'lanma. Tashkent :O'zbekiston, 2018-yil 111-112 b

  5. Bolalar musiqa va san'at maktablari uchun qo'llanma; G.Sharipov Xorijiy Musiqa Adabiyoti. Toshkent –2014 yil 211-222 b.

  6. O'zbekiston Respublikasining o'rta ta'lim vazirligi R.Tursunova G.Tursunova,Jahon Musiqa tarixi. G'arb musiqa san'atining XVIII asrga qadar bo'lgan shakillanish va rivojlanish bosqichlari (o'quv qo'lanma). Tashkent :O'zbekiston, 2017-yil

Download 73.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling