Mustafo Bafoyev hayoti va ijod yo’llari


Download 73.26 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi73.26 Kb.
#1838237
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustafo


Mustafo Bafoyev hayoti va ijod yo’llari

REJA

  1. Mustafo Bafoyevning hayot yo'li.

  2. Kompazitorning qoldirgan ijodiy me’rosi.

  3. Taniqli kompozitor Mustafo Bafoyev bilan suhbat.



Mustafo Bafoyev
(1946-y.)
Shashmaqom vatani bo‘lmish Buxoro musiqiy muhitida voyaga yetgan, О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor, dirijor, peda­gog Mustafo Bafoyev bastakorlikning o‘ziga xos yo‘lini tanlagan ko‘p qirrali ijodkorlardan biri hisoblanadi.
U 1946-yilda Buxoro viloyati Kogon tumani Ganchkash qishlog‘ida, Bafo Vaxtadov oilasida tug‘ildi. 1953-1960-yillari umumta’lim maktabida o‘qib,
badiiy havaskorlik to‘garagiga qatnashadi, g ‘ijjak chalishni mashq qiladi. Uning musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini payqagan ustozlar musiqa bilim yurtida o‘qishini davom ettirishni maslahat beradilar.
1960-1964-yillarda Mustafoga Buxoro musiqa bilim yurtida,
g ‘ijjak ixtisosligi bo‘yicha tajribali pedagog Samehjon Vohidov,
Toshkent davlat konservatoriyasida esa, dotsent V.A.Belenkiy 
va professor M.Nasimovlar saboq berishadi. 1989-yili konser-
vatoriyani muvaffaqiyatli bitirgach, yosh mutaxassis Buxoro
davlat pedagogika institutiga yo‘llanma oladi. Bu yerda u talabalarga saboq berish bilan birga musiqa ijodkorligi bilan ham shug‘ullanadi. Bastakorlik sirlarini o‘rganish maqsadida Mustafo Bafoyev 1972-yilda konservatoriyaga ikkinchi marta o‘qishga kiradi. Professorlar B.Giyenko sinfida kompozitsiya, A.Kozlovskiyda
cholg‘ulashtirish fanidan saboq oladi. 1977-1979-yillarda assistent stajerlik kurslarida kasb malakasini oshiradi. Ayni paytda Toshkent davlat madaniyat institutida о‘zbek xalq cholg‘ulari kafedrasida o ‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1980-yilda О ‘zbekiston radiosi qoshi dagi o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga dirijor lavozimiga ishga taklif qilinadi. Keyinchalik u orkestming bosh dirijori va badiiy
rahbari vazifasida ishlay boshladi.
Kompozitor Mustafo Bafoyev talabalik davridan boshlab musiqaning turli shakl va janrlarida jozibali, ohangdor musiqiy asarlar yarataboshladi.Uo‘zigaxosvabetakrormusiqiytildakuylaydigan ijodkor sifatida shakllandi, uning yaratgan asarlari badiiy nafosati bilan alohida ajralib turadi. Chunonchi: M.Bafoyevning talabalik davridayoq yaratgan torli kvarteti 1973-yili Novosibirsk shahrida ijro etiladi. Yoki Navoiy she’rlariga ovoz va fortepyano uchun
yozgan “Besh ruboiy” turkumi (1975-yil) Leningradda o‘tkazilgan yosh kompozitorlar ijodiga bag‘ishlangan festivalda ijro etilib, iliq
kutib olinadi, shuningdek, “Buxoronoma” (O.Xalil so‘zi) oratoriyasi 1978-yilda Butunittifoq yosh kompozitorlari tanlovida 3-darajali diplomga sazovor bo‘ldi.
Mustafo Bafoyev “Yettinchi jin” (L.Boboxonov asari), “Uzilgan tor” (K.Amirov asari), “Zo‘ldir” A.Ibrohimov pyesasi), “Radja” (T.To‘la asari), “So‘nmas alanga” (R.Tagor pyesasi), “Sevgi nidosi” (F.Jo‘rayev asari), “Buyuk ipak y o ‘li” (A.Sharipov asari) singari musiqali dramalar, “Umar Xayyom” (O.Uzoqov librettosi), “Ahmad al-Farg‘oniy” (J.Jabborov librettosi) operalari, shuningdek, “U lug‘bek burji” (Y.Ismatova librettosi) “Nodira” (Y.Ismatova librettosi), “Moziydan nur” (Y.Ismatova librettosi) kabi telebaletlami jod qiladi.
Shuni aytish joizki, M.Bafoyevning musiqiy asarlari nafaqat 
Respublikamiz balki, xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan festival
hamda simpoziumlari konsert dasturlarida muntazam yangrab
turibdi:
Abu Ali ibn Sino tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturida kompozitoming Ibn Sino ruboiylariga bastalagan yakkaxon va akapella xori uchun 7 qismli “Poema freska” (1980-yili Toshkent va Moskva),Tojikistonda o ‘tkazilgan О ‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasi konsert dasturida shoir J.Kamol so‘ziga yozgan “Do‘stlik” vokal-simfonik poemasi (1981-yili), Butun ittifoq musiqa festivalida J.Kamol so‘zi bilan yaratgan “Ajab nozik” xor qo‘shig‘i (1983-yil mart oyida Tallin);
Muso al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan
konsert “A1 Xorazmiy yulduz“ xoreografik miniaturasi (1983-
yil Moskvada); ikkinchi Xalqaro musiqashunoslik simpoziumining konsert dasturida “Maqom sadolari” xor-poemasi (1983-yil, Samarqand); Armanistonda o‘tkazilgan xor san’ati festivalining konsert dasturida “Bahoriya” (xalq so‘zi) yakkaxon goboy, urma cholgular va xor uchun (1986-yili) yaratilgan; О‘zbekiston adabi­yoti va san’ati dekadasi konsert dasturida T.To‘la so‘ziga bastalangan “Tanganali qasida poema” (1987-yil, Ukraina); uchinchiXalqaro musiqashunoslik simpoziumi konsert dasturida kamer simfonik orkestri uchun bastalagan “Ibn Sino xotirasi” 2-simfoniyasi (1987-yil, Samarqand); Mirzo Ulug‘bek tavalludining 650 yilligiga bagishlangan konsert “Ulug‘bek burji” telebaletidan parcha (1994-yil, Samarqand);
Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturida “Kuy va qo‘shiqlar turkumi” (1996-yil, Samarqand). О‘zbekiston kunlariga bag‘ishlangan tadbirda “Buyuk ipak yo‘li” spektakli (1997-yil, Parij). Mazkur spek-
takl 1997-yili Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” birin­
chi Xalqaro musiqa festivalida; 1999-yili Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro “Ilhom XX” musiqa festivali konsert dasturida dutor va fortepyano uchun “Konsert-poema” va 2000-yilda Xalqaro “Ilhom XX” musiqa festivalida fortepyano va milliy cholg‘ular uchun 5ta musiqiy manzara (“Alpomish” dostoni asosida), 2001 yili shu festival konsert dasturida ovoz, kamer orkestr, xor, zarbli asboblar va fortepyano uchun “Zikral Haq” nomli konserti singari mukammal asarlari ko‘gpina nufuzli anjumanlarda jarangladi.
Mustafo Bafoyev simfonik va vokal-simfonik janrlarda ham
samarali ijod qilib kelmoqda. U orkestr va xor jamoalari uchun: “Shiroq haqidagi afsona” simfonik poema (1974); “Bayram” simfonik uverturasi (1976); truba va simfonik orkestr uchun “Konsert-rapsodiya” (1978); “Avitsenna” nomli kamer orkestr uchun simfoniya №2 (1984); 1990-yil Hamzaga bag‘ishlangan
“Shoiming hayot sahifasi” nomli 3-simfoniya; 1991-yil Alisher
Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag‘ishlangan “Movaroun-
nahr” nomli 4-simfoniya; “So‘g ‘dcha freska” (1992). Vokal-sim­ fonik asarlardan 1983-yil xor va simfonik orkestr uchun “Haya- jonli poema” kantatasi(T.To‘la so‘zi); shoir J.Kamol so‘ziga badiiy so‘z ustasi, yakkaxon xor va simfonik orkestr uchun “Toshkent haqida qo‘shiq” nomli oratoriya; 1984-yil B.Boyqobilov so‘ziga yakkaxonanda xor va simfonik orkestr uchun “Toshkent - Sharq mash’ali”
poemasi; 1987-yil badiiy so‘z ustasi H.Olimjon so‘ziga, yakkaxon,
ayollar xori, urma, fortepyano, torli cholg‘ular uchun “Roksananing ko‘z yoshlari” oratoriyasi; 1993-yil A.Oripov so‘ziga badiiy so‘z usta­si, yakkaxon; xor, damli, urma, torli, fortepyano, milliy cholg‘ular uchun “Hajnoma” oratoriyasi (mazkur asar videotelefilm qilingan). 1995-yil yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun “Zar-
dushtiylar marosimi” oratoriya-baleti (Y.Ismatova librettosi).
Xor jamoasi uchun Uvaysiy so‘ziga “Maqom sadolari” poemasi (1982); xor uchun “Sozlar nag‘masi” (1983); Y.Qurbon so‘ziga yakkaxon va xor uchun “Yurak nidosi” turkumi (1985); Navoiyso‘ziga “Holati Alisher Navoiy” 5-xor simfoniyasi (1991) kabi qator asarlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, kompozitor o‘zi rahbarlik qilgan D.Zokirov nomi- 
dagi o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun turli janrlarda musiqiy asarlar astalab, jamoa repertuarini boyitib keldi. Qashqar rubobi va orkestr uchun “Poema” (1980); “Bayram tantanasi” poemasi (1981); orkestr uchun “Konsert” (1983); dutor va orkestr uchun “Konsert-poema” (1989); Jomiy va Navoiyga bag‘ishlangan
ud va orkestr uchun “Poema” (1991); orkestr uchun “Zarafshon
to‘lqinlari” suitasi (1994); Navoiyning “Sabayi sayyor” dostoni
asosida yakkaxon, xor va orkestr uchun “Bahrom va Dilorom”
xoreografik poemasi (1998); “Alpomish” dostoniga bag‘ishlangan 8 ta musiqali manzara (1999); tanbur va orkestr uchun konsert 
(1999); “Sug‘diyona”, “Buxorcha” (1999) nomli cholg‘u kuylarini 
yaratdi. Mustafo Bafoyev yaqinda О ‘zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz
Jabborov librettosi asosida “Sevgi samosi” operasini yozdi. Buyuk
ajdodimiz Al-Farg‘oniy hayoti va ijodiga bag‘ishlab yaratilgan
ushbu asaming premyerasi 2008-yil 2-mayda Alisher Navoiy nomi-
dagi О ‘zbekiston opera teatrida bo‘lib o‘tdi. Asami tomosha qil-
gan taniqli san’at arboblari va shu sohaning yirik mutaxassislari
operaga yuqori baho berdilar. Operaning eng katta yutug‘i uning
musiqiy poydevori mustahkamligida ekanligi, operada milliy
ohang butun asar davomida ustuvorlik qilganligi, asosiysi kom-
pozitor Mustafo Bafoyev badiiy mahoratining yuksakligini alo-
hida qayd etdilar.
Gap shundaki, biz ushbu ijodiy lavhamizda Mutafo Bafoyev
tomonidan turli janrlarda yaratilgan musiqiy asarlaming asosan
ro‘yxati ustida to‘xtalib o‘tdik. Maqsadimiz Mustafo Bafoyevning ko‘p qirrali ijodkor ekanligini ta’kidlash edi. Shuni alohida aytmoqchimizki kompozitor Mustafo Bafoyev o‘ziga xos ohangsozlik yo‘lini tanlagan ijodkordir.
Kompozitor jami 200 dan ortiq qo‘shiq va romanslar bastalagan.
Uning ijodkorlik, dirijorlik va jamoatchilik faoliyati Respub-
lika hukumati tomonidan munosib taqdirlandi. U “О ‘zbekiston-
da xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoni (1995-y.), A.
Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti (1997-y.) “Fidokorona xizmat-
lari uchun”ordeni (2008-y.) bilan mukofotlangan
UMRIM BEKATLARI
Taniqli kompozitor Mustafo Bafoev bilan suhbat
Suhbatdoshimiz mashhur bastakor Mustafo Bafoev aslida bolaligida xonanda bo’lishni orzu qilardi. Avvaliga otasi, keyin musiqa bilim yurtidagi ustozi bunga qarshilik qilishdi. Taqdir esa uning qo’lidan yetaklab, musiqa san’atining katta olamiga olib kirdi. Avvaliga, sozanda, keyin bastakorlik bo’yicha ta’lim oldi. Bugun o’sha buxorolik bola otasining istagi bilan agronom yoki musiqa o’qituvchisi emas, balki atoqli bastakor, taniqli dirijyor bo’lib tanilgan, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unlari bilan munosib taqdirlangan va tom ma’noda, o’zbek madaniyati tarixida katta o’rin egallagan Shaxsga aylandi. Jahon sahnalarida yangragan simfoniya va operalarning, yuzlab musiqiy asarlarning muallifi bu e’tiborli maqomga umrning turfa bekatlarini bosib o’tib yetib kelgan.
Birinchi bekat: Xonanda bo’lishni orzu qilardim
Buxoroning chekka qishloqlaridan birida, oddiy oilada katta bo’lganman. Otam hisobchi, onam dehqon edi. Bafo otamning ismi. Vafo so’zi Buxoro shevasida “bafo” deyiladi. Bizning bolalik davrimizda texnika rivojlanmagan, qishloqlarga elektr ham yetib bormagan edi. Bitta amakim musiqaga qiziqardi, nay chalardi. Negadir doim menga “Sen musiqachi bo’lishing kerak”, deb aytardi. To’ylarda musiqasiz, hech qanaqa tayyorgarliksiz ashula kuylardim. Otamga xonanda bo’lish haqidagi istagimni bildirganimda, “Bizning avlodda san’atkor bo’lmagan. Maktabni tugatib, qishloq xo’jaligi institutiga kirasan. Agronom bo’lasan. Qara, hozir kolxozlarda agronomlarning obro’si baland”, degan. Men esa 7-sinfni tugatib, Buxoro musiqa bilim yurtiga bordim. O’shanda u yerda Ahmad Ixtiyorov rahbar edi. U kishi niyatimni eshitib, “Sen xonanda bo’lma. Hali yosh bolasan. Ovozing yoshing ulg’aygani sari o’zgarib boradi. Yaxshisi, sozanda bo’l”, degandi. Shu bilan meni g’ijjak chalish bo’limiga o’qishga olishdi. To’g’risi, g’ijjak qanday soz ekanligini bilmasdim. Sentyabrda o’qishga borib, uning nimaligini ko’rdim. Qarasam, tizzaga qo’yib chalinadigan, 4 ta tori va bitta tayyoqchasi bor asbob ekan.
O’qishda bir yil rosa qiynalganman. Hatto afsuslanganman ham. Chunki bu sohani tushunmasdim-da. Keyingi yili yotoqxonaga ko’chib o’tdim. O’sha yerdagi muhit menda musiqaga muhabbat uyg’otgan. Asta-sekin o’zim musiqa yoza boshladim. Faqat tortinchoqligim sabab, yozganlarimni hech kimga ko’rsatmasdim. O’qishni tugatgach, ustozlarimning yo’llanmasi bilan Toshkent Davlat konservatoriyasiga o’qishga keldim. O’shanda to poytaxtga kelguncha poezdda g’ijjak chalib kelganim esimda.
Ikkinchi bekat: Konservatoriyada ikki marta qayta o’qiganman
Konservatoriyada xalq cholg’u asboblarini chalish yo’nalishida o’qib yurgan kezlarim domlamiz Mardon Nasimov musiqa yozishimni sezib qolgan. Huzuriga chaqirib, “Sen bola musiqa yozayapsan-a? Uyalmasdan ko’rsat menga”, degandi o’shanda. Keyin boshqa domlalar ham musiqalarimni eshitib ko’rib, “Aslida bastakor bo’lishing kerak ekan”, deyishgan. Ammo o’quv yo’nalishini o’zgartirish imkoni bo’lmagan. Bitiruv imtihonida ham o’zim yozgan musiqani chalgandim. O’qishimni tamomlagach, “Avval ishlang, keyin bastakorlikka o’qiysiz”, deb aytishdi. Shundan so’ng Buxoro pedagogika uneversitetida ishlay boshladim. Rahmatli ustozim Mardon Nasimov doim qo’ng’iroq qilib, “Qachon kelasan poytaxtga”, derdi. Men esa “Domla, uylandim, ikki qizim bor. O’qishga borolmayman”, deb javob berardim. Ota-onam qayta o’qishimga qarshi edi. “Mana, oliy ma’lumotlisan. Bo’ldi, endi ishlagin”, deyishardi. Lekin ko’nglim musiqiy asarlar yaratishni istardi. Oxiri ayolimga “Hali yoshmiz. Hozir bastakorlikka o’qib olsam, yaxshi bo’lardi”, deb taklif bildirdim. U rozi bo’ldi. Shu bilan qaytadan konsevatoriyaning bastakorlik yo’nalishiga imtahon topshirib, o’qishga qabul qilinganman. O’shanda yigirma yetti yoshda edim. O’qishni tugatgan yilim “Buxoronoma” degan oratoriya yozganman. O’sha asarim uchun Bastakorlar uyushmasiga a’zo bo’lganman.
Uchinchi bekat: Qiyinchilik va kutilmagan o’g’irlik
Ikkinchi bor talaba bo’lganimda, menga stipendiya berilmagan. Yosh oilamiz. Qizlarim hali kichkina. Ayolim poytaxtda ro’yxatdan o’tmagan. O’zim oilada yetti farzandning kattasiman. Oilamga yordamim tegadigan bir paytda ota-onam menga pul jo’natardi. Men Toshkentning bir chekkasidagi maktabda musiqadan dars berardim. Zilziladan keyin hali yo’llar qayta qurilmagandi. Yomg’ir yog’sa, tizzamgacha loyga botardim. Maktabning yoniga borgach, loylarni artib, etigimni yuvib darsga kirardim. Kechki paytlar musiqa yozishim kerak deb, konservatoriyada uxlab qolardim. Ertalabgacha musiqa bilan shug’ullanardim. Ertalab uyg’onib, yuz-qo’limni yuvardim-da, yana darsga kirib ketardim. Hatto bir-ikki marta qattiq charchaganimdan hushimdan ham ketib qolganman. Shunaqa qiynalib bastakorlikka o’qiganman. Ellik yoshlardan o’tganimda ham qishloqqa borsam, qariyalar “O’qishlaring yaxshimi? Tugab qoldimi?”, deb so’rashardi. Ular meni hamon o’qiyapti, deb o’ylashardi-da.
Talabalik yillarimda yuz bergan bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Bitta o’zim hovlida yashardim. Topgan pulimga kitob va plastinka sotib olardim. Dunyo musiqasi durdonalarini yig’ardim. Bir kuni o’qishdan qaytsam, eshik lang ochiq, sindirilgan plastinkalar yerda sochilib yotibdi. Uyga kimdir o’g’irlikka kirgan, ammo pul topolmay plastinkalarimni sindirib tashlagan edi. Men uchun qimmatli bo’lgan bu narsalarni qiynalib topgandim. Qattiq alam qilganidan ho’ngrab yig’lab yuborganman.
To’rtinchi bekat: Rafiqam bilan ilk uchrashuvim
Ayolim oliy ma’lumotli matematik. U bilan birinchi uchrashuvimizga amakimning qora rangli kostyumini kiyib borganman. Qarang, tuzukroq birorta kostyumim ham bo’lmagan ekan-da. Bo’lajak kelinni ko’ngliga yo’l topish uchun, uni mehmon qilmoqchi bo’ldim. Kabobxonaga taklif etdim. Bir payt qattiq shamol turib, kabob pishiriladigan ko’radagi kullar uchib, kostyumim oppoq bo’ldi. O’shanda bu hodisani hazilga burib, “Qora narsa oq bo’ldi. Demak, yaxshilikka. Shu qizga uylanaman”, deganman. Rafiqam musiqalarimni eshitib, darrov baho beradi. “Musiqangizning bu joyi falon musiqangizning mana shu joyiga o’xshab qolibdi, o’zgartiring”, deydi.
Beshinchi bekat: Otam musiqalarimga tushunmasdi
Rahmatli otam doim “O’g’lim men tushunadigan musiqa yoz” derdi. Chunki u kishi xalq kuylariga o’rgangan-da. Onam radioda birorta asarim berilsa, “Voy o’g’limning musiqasi-ku!”, deb radiokarnayning oldiga kelib olardi. Men yaratgan musiqani tanirmidi, yo yurakdan his qilarmidi? Bilmadim? Otam esa ancha paytgacha bu yo’lni tanlaganimdan norozi bo’lgan. Alisher Navoiy nomidagi katta opera va balet teatrida ellik yoshligim munosabati bilan o’tkazilgan tadbirga kelgach, mehmonlarning musiqalarimni eshitib olqishlayotganini ko’rib, otam quvongan edi.
Oltinchi bekat: Navoiy bilan hamohang
Alisher Navoiy ijodidan ilhomlanib yaratgan asarlarim bisyor. Talabalik davrimda Navoiyning 5 ta ruboiysiga turkum musiqa yaratganman. O’zbekistonda birinchi bo’lib, “Holati Alisher Navoiy” nomli Hazratning g’azallari, ruboiy, fardlari, tuyuqlarini dramatik rivojlanish jihatidan bir-biriga bog’lab, jo’rsiz xor uchun Beshinchi simfoniyamni yozganman. U faqat ovoz bilan sozsiz ijro etiladi. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining 1997 yili o’tkazilgan birinchi tantanasi rejissyor Bahodir Yo’ldoshevning taklifiga ko’ra Xurshid Davron librettosi asosida yozilgan “Buyuk ipak yo’li” nomli asarim bilan ochilgan.
“Lison ut-tayr” asosida o’zimizning “Shashmaqom”ni yevropa musiqasi bilan bog’lab opera yaratganman. Ma’lumki, asar qahramonlari yetti vodiyni kechib o’tishadi. “Shashmaqom” esa olti maqomdan iborat. Dostondan “Shayx San’on” qissasi o’rin olgan. Shunga asoslanib, bitta maqomga yevropa musiqasini kiritganman. Umuman olganda, tarixiy asarlarga, o’tmishga qiziqaman. Shu sabab ham ko’proq tarixiy mavzulardagi asarlar asosida musiqa yozaman. Yulduz Ismatova bilan birgalikda yaratilgan “Nodira”, “Ulug’bek burji”, “Moziydan nur” nomli telebaletlar O’zbekistondagi ilk telebaletlardir. O’zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan birgalikda birinchi bo’lib “Buxoroi sharif” nomli teleopera yozgamiz. O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning dostoniga asosida yozilgan “Hajnoma” asari O’zbekistonda ushbu yo’nalishda yaratilgan ilk diniy-musiqiy asardir.
Doni Zokirov nomli milliy cholg’u orkestrida 20 yildan ortiq bosh dirijyor, badiiy rahbar bo’lib faoliyat yuritdim. 500 ta asarga dirijyorlik qildim. Hozir O’zbekiston Davlat konservatoriyasida bastakorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi professoriman. Shogirdlarimga doim “Bastakorning ustozi qulog’i” deb ta’kidlayman
Yettinchi bekat: Farzandlarimdan roziman
Rafiqam bilan turmush qurganimizga yarim asrdan oshdi. Ikki qizim bor. Katta qizim dirijyor. Turmush o’rtog’i ham musiqachi. Kichik qizim shifokor. U ham musiqa yoza boshlagandi. Lekin bu yo’ldan ketmasligini istadim. Chunki o’zim ko’p qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. “Meni musiqacha qilmadingiz”, deb haliyam aytib yuradi. Kenjamning turmush o’rtog’i ham shifokor. besh qiz, bir o’g’il nabiram bor. Birinchi nabiram Muhammad haqiqiy izdoshim bo’lyapti. Skripka chaladi. Bir qancha ko’rik tanlovlar g’olibi. Hozir chet elda musiqa yo’nalishini bo’yicha tahsil oladi. Kenjamning ikki qizi biz bilan yashaydi. Ular Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o’qishadi. Ularni har kuni o’qishga o’zim olib boraman. Uyda doimiy ravishda nevaralarim bilan shug’ullanaman. Pianinoda o’tirib, nimadir yozmoqchi bo’lsam, oldimga yugurib kelishadi. «Bobojon, men chalay pianinoni» deb darrov mashqni boshlab yuborishadi. Ular uxlagachgina, ijodni boshlayman.
Qizlarim, nevaralarimni ko’rib, xursand bo’laman. O’g’lim yo’q, deb kuyunmayman. Izimni bosadigan, san’atimni davom ettiradigan izdoshlarim borligiga shukr!
Bu asardan so‘ng, bebaho musiqiy xazinamiz Shashmaqomdan ilhom olgan Mustafo Bafoyev Navoiy, Mashrab, Furqat g‘azallaridan iborat ”G‘azal” simfoniyasini yaratdi. Shu tariqa, iste’dodli bastakor buyuk zotlarning orzu-armonlari, dardini musiqaning sehrli tili bilan bayon etuvchi bir qator asarlar: “Ibn Sino”, “Movarounnahr”, “Holati Alisher Navoiy, “Hamza” (shoir hayotidan lavhalar) kabi simfoniyalar, teatr uchun musiqiy dramalar (“Yettinchi jin”, “Uzilgan torlar”, “Zo‘ldir”, “Toshkentda tuman”, “Roja”, “Prometey”, “Pariqishloq afsonasi”, “To‘maris”), 6 ta opera ( “Umar Xayyom”, 1994 yil), “Sevgi samosi”, “Ibn Sino”, “Borbad”, shoir X.Davron bilan ijodiy hamkorlikda “Buxoroi sharif”, (Navoiyning “Lison-ut-tayr” dostoni asosida – opera-feyeriya), ya’ni bir-biridan janr jihatdan ham, mazmun nigohidan ham rang-barang, bir-biridan go‘zal, ammo ruhiyati milliy, asl xalqona musiqiy asarlarni yaratdi. U 200dan ortiq qo‘shiqlar ohangining muallifi hamdir. 15 yilga yaqin Doni Zokirov nomidagi milliy cholg‘u orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori sifatida o‘z iqtidori va rahbarlik, ustozlik mahoratini namoyon etdi.
1997 yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan Birinchi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida qatnashgan nemis musiqashunosi va sozandasi Tomas Ogger aynan Mustafo Bafoyevdek bastakorlarimizning asarlarini eshitib: “Bu musiqalar ilohiy musiqa, ularda jon, ruh bor. Bugungi kunda agar Yevropada musiqa xuddi bir texnika hodisasidek o‘zini “namoyon” etayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda dono xalq ruhiyatini mujassam etgan, some’lar qalbini darhol zabt eta oladigan musiqani ko‘rayapman”, deya e’tirof etgan edi (Darvoqe, aynan mana shu festivalda M.Bafoyevning “Buyuk ipak yo‘li” asari yangragan edi). To‘g‘ri, opera, balet, sonata, opera-feyeriya kabi musiqa janrlarining vatani G‘arbdir. Lekin mazkur janrlarga milliy ruhni bag‘ishlab, xalqning tiynatini singdirish orqali jahon madaniyati bilan uyg‘unlikda milliy musiqani rivojlantirish, dunyo sahnasidan munosib joy olish bastakorning vazifasi, burchi ekanligini anglagan MusG‘tafo Bafoyev mazkur yo‘nalishlarda eng sermahsul va muvaffaqiyatli ijod qilayotgan bastakorlarimizdan hisoblanadi. Birgina “Zikr-ul-haq” konsert-voqea misolida ham shuni anglash qiyin emas. Asarda maqom sho‘balaridan foydalangan holda, G‘arb va Sharq musiqasi bir-birini to‘ldirganini ko‘ramiz. Ushbu asar barcha insonlarni millati, dinidan qat’i nazar ezgulik, poklikka da’vat etadi. Atoqli shoirimiz Abdulla Oripovning “Haj daftari” asosida yozilgan “Hajnoma” oratoriyasida ham aynan shu holatni kuzatish mumkin.
Joriy yilning boshida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida Buxoroning “Mavrigi” ansamblining konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert so‘nggida M.Bafoyev sahnaga chiqib, muxlislarga qarata: “Mana sizlarga Buxoroning simfoniyasi. “Mavrigi” G‘arbning qaysi simfoniyasidan kam?! Bu ming yillik san’at namunasi oldida dunyo ta’zim qilsa, arziydi”, deya irod etdi.
Yaqinda aynan mana shu zalda M.Bafoyev asarlari asosida tashkil etilgan konsertda ham mashhur san’atshunoslarimiz atoqli bastakorimiz ijodiga baho berib, ayni yuqorida zikr etilgan so‘zlarni ta’kidladilar: “M.Bafoyevning asarlari qaysi mashhur xorijiy bastakorlar asaridan kam?!”
Shu boisdan bo‘lsa kerak, Mustafo Bafoyevning asarlari, ayniqsa, Mustaqillik yillarida nafaqat O‘zbekiston yoki mintaqamizda, balki dunyoning turli go‘shalarida yangramoqda. Jumladan, 2004 yilda Yaponiyaning Nafis san’at universiteti taklifi bilan ushbu mamlakatga borib, simpoziumda qatnashgan M.Bafoyevning tanbur va simfonik orkestr uchun yaratilgan konserti turli mamlakatlardan taqdim etilgan asarlar ichida eng yaxshisi, deb e’tirof etildi. Yoki 2000 yil mashhur violonchelist Yo Yo Ma tomonidan AQShning Massachusets shtatida tashkil etilgan xalqaro musiqa anjumanida ishtirok etgan M.Bafoyev violonchel va o‘zimizning oltita milliy cholg‘u – surnay, nay, qo‘shnay, chanqovuz, doira, nog‘ora uchun “Buxorocha” konsert dasturini eng talabchan mutaxassislar hukmiga havola etdi va ularning olqishiga sazovor bo‘ldi (Ta’kidlash joizki, sozanda N.Ro‘ziyev mana shu konsertda 6 ta milliy cholg‘uni bir o‘zi chalgan). Konsertdan so‘ng uni ASCAP (Amerika bastakorlari, mualliflari va noshirlari jamiyati) nufuzli xalqaro tashkilotiga a’zolikka qabul qilishdi. 2006 yildagi Turkiyaga qilgan safari ham yangi asarlar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Rossiya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Estoniyada ham uning asarlari hamisha olqishlar bilan kutib olinmoqda.
Mustafo Bafoyev O‘zbekistonda bastakorlardan birinchi bo‘lib teleopera, xor simfoniyasi, telebalet janriga qo‘l urgan ijodkor hisoblanadi. “Nodira”, “Ulug‘bek burji”, “Temuriy malikalar”, “Moziydan nur” kabi telebaletlari uchun u O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga loyiq deb topildi. Agar asarlarining ro‘yxatiga e’tibor bersak, ularning qahramonlari xalqimizning buyuk farzandlari Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Navoiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad al-Farg‘oniy, Nodira, Ulug‘bek, Furqat, Borbad va boshqalar. Buning uchun kompozitor har tomonlama ilmli bo‘lishi lozim.
Davlatimiz madhiyasi musiqasining muallifi Mutavakkil Burhonov bilan uning 80 yilligi arafalarida suhbat qilganimizda “Agar men san’atga qaytadan kirib kelganimda, albatta, Mustafo Bafoyevdan saboq olgan bo‘lardim…”, degandi. Bundan yuksak baho bormi ijodkor uchun! Qolaversa, u O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasining professori sifatida o‘nlab shogirdlarni tarbiyaladi va tarbiyalamoqda.
O‘z kasbi va maslagining bilimdoni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti laureati, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, professor Mustafo Bafoyev milliy musiqamizni yanada boyitib, madaniyatimizni jahon uzra targ‘ib qilishdek ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida bardavomdir.


Download 73.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling