Mustafo Bafoyev hayoti va ijod yo’llari


Uchinchi bekat: Qiyinchilik va kutilmagan o’g’irlik


Download 73.26 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi73.26 Kb.
#1838237
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustafo

Uchinchi bekat: Qiyinchilik va kutilmagan o’g’irlik
Ikkinchi bor talaba bo’lganimda, menga stipendiya berilmagan. Yosh oilamiz. Qizlarim hali kichkina. Ayolim poytaxtda ro’yxatdan o’tmagan. O’zim oilada yetti farzandning kattasiman. Oilamga yordamim tegadigan bir paytda ota-onam menga pul jo’natardi. Men Toshkentning bir chekkasidagi maktabda musiqadan dars berardim. Zilziladan keyin hali yo’llar qayta qurilmagandi. Yomg’ir yog’sa, tizzamgacha loyga botardim. Maktabning yoniga borgach, loylarni artib, etigimni yuvib darsga kirardim. Kechki paytlar musiqa yozishim kerak deb, konservatoriyada uxlab qolardim. Ertalabgacha musiqa bilan shug’ullanardim. Ertalab uyg’onib, yuz-qo’limni yuvardim-da, yana darsga kirib ketardim. Hatto bir-ikki marta qattiq charchaganimdan hushimdan ham ketib qolganman. Shunaqa qiynalib bastakorlikka o’qiganman. Ellik yoshlardan o’tganimda ham qishloqqa borsam, qariyalar “O’qishlaring yaxshimi? Tugab qoldimi?”, deb so’rashardi. Ular meni hamon o’qiyapti, deb o’ylashardi-da.
Talabalik yillarimda yuz bergan bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Bitta o’zim hovlida yashardim. Topgan pulimga kitob va plastinka sotib olardim. Dunyo musiqasi durdonalarini yig’ardim. Bir kuni o’qishdan qaytsam, eshik lang ochiq, sindirilgan plastinkalar yerda sochilib yotibdi. Uyga kimdir o’g’irlikka kirgan, ammo pul topolmay plastinkalarimni sindirib tashlagan edi. Men uchun qimmatli bo’lgan bu narsalarni qiynalib topgandim. Qattiq alam qilganidan ho’ngrab yig’lab yuborganman.
To’rtinchi bekat: Rafiqam bilan ilk uchrashuvim
Ayolim oliy ma’lumotli matematik. U bilan birinchi uchrashuvimizga amakimning qora rangli kostyumini kiyib borganman. Qarang, tuzukroq birorta kostyumim ham bo’lmagan ekan-da. Bo’lajak kelinni ko’ngliga yo’l topish uchun, uni mehmon qilmoqchi bo’ldim. Kabobxonaga taklif etdim. Bir payt qattiq shamol turib, kabob pishiriladigan ko’radagi kullar uchib, kostyumim oppoq bo’ldi. O’shanda bu hodisani hazilga burib, “Qora narsa oq bo’ldi. Demak, yaxshilikka. Shu qizga uylanaman”, deganman. Rafiqam musiqalarimni eshitib, darrov baho beradi. “Musiqangizning bu joyi falon musiqangizning mana shu joyiga o’xshab qolibdi, o’zgartiring”, deydi.

Download 73.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling