Mustahkam oila — jamiyat tayanchi


Download 89 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2023
Hajmi89 Kb.
#1091920
  1   2
Bog'liq
Mustahkam-oila


Mustahkam oila — jamiyat tayanchi


Mamlakatimizda 2012 yil —Mustahkam oila yili deb e'lon qilindi. Jamiyat taraqqiyotida oila sektori muhim o‘rin tutadi. Chunki oilada ana shu taraqqiyotni harakatga keltiruvchi insonlar kamol topadi. Shu bois ham yurtimizda oila farovonligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.Birgina misol, respublikamizda oilada kasanachilikni, xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda, qanchadan-qancha oilalar mana shu imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, to‘q va farovon yashamoqda. Yurtimizda keyingi o‘n yilda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan, ish haqi va ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlam daromadlari miqdori jadal oshirib kelinmoqda, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq yukini yengillatish davlat siyosatida yetakchi o‘rin tutadi, pirovardida odamlarning turmush darajasi yaxshilanmoqda. Ma'lumki, 1991 yil eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari tavsiyasiga muvofiq tarzda hisoblangan ro‘zg‘or xaltasi qiymatining atigi 8 foizi miqdorida tovar va xizmatlar xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib, bu ko‘rsatkich ro‘zg‘or xaltasining 120 foizini tashkil etdi yoki o‘tgan vaqt ichida 15 barobar o‘sdi. Yaqinda matbuotni ko‘zdan kechirayotib "Gallup International" xalqaro tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bilan tanishdim. Markaz bugun odamlar hayotdan rozi bo‘lib yashashi qay darajada, ular o‘zidan, shart-sharoit va jamiyatdan mamnunmi mavzuida so‘rov o‘tkazgan. Unda taraqqiy etgan, rivojlanayotgan va qoloq hisoblangan 58 mamlakatdan 45 ming kishi ishtirok etgan. Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi hayotdan mamnun bo‘lib yashash bo‘yicha ancha yuqori mavqeda ekan. Mamlakatimiz bu borada 13-o‘rinda turishi e'tirof etilgan, ya'ni O‘zbekistonda baxtiyorlik indeksi 62 foizni tashkil qiladi. Buni yaqinda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazi o‘tkazgan so‘rov natijalari ham tasdiqlaydi. Gap shundaki, mamlakatimiz xalqi o‘z oilasi turmush darajasidan mamnun. So‘rovda qatnashgan hamurtlarimizning to‘qson foizidan oshig‘i hayotidan to‘la mamnun ekanini qayd etgan.
Bu mamnunlikning huquqiy asoslari ham bor. Yurtimizda davlatimiz tomonidan oilalarning muhofazasi ham ta'minlanib kelinmoqda. Buni Konstitusiyamizning XIV bobi, 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega" deb qat'iy belgilab qo‘yilganligi ham aniq-tiniq isbotlaydi.
Mamlakatimizda sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida turli dasturlar uzluksiz amalga oshirilib kelinapti. Bunda, ayniqsa, madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlariga alohida e'tibor qaratilapti. Natijada yildan-yilga sport bilan shug‘ullanadigan o‘g‘il-qizlarning soni oshmoqda. Misol uchun, mamlakatimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 2008 yildagi 29,2 foizdan 2011 yilda 34,9 foizgacha, jumladan, qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha oshgani bu boradigi ijobiy o‘zgarishlardan hisoblanadi. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayogan keng ko‘lamli islohotlar oilalarning mustahkamligiga, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim rol o‘ynamoqda. Oilani asrash, farzandini jamiyatga foydasi tegadigan, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash har bir ota-onaning burchidir. Farzandining to voyaga yetguniga qadar moddiy ta'minotidan tortib, unga yaxshi odob-axloq berishdan tashqari, ota va ona kasb-hunar egallashida ham bosh-qosh bo‘lishga mas'uldir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e’lon qilingan edi. Bu borada maxsus davlat dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qulay biznes muhitni yaratish, jamiyatimizda xususiy mulk ahamiyatini tubdan oshirish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvini kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bajarildi. Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari takomillashtirildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanchi, xalqimiz farovonligining muhim kafolatiga aylandi. Ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirishda mazkur sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib borayotgani bunga misoldir.

Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2012 yilni mamlakatimizda "Mustahkam oila yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.


Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.
O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi navbatdagi kasaba uyushmalari faollari uchun o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zgacha tarzda tashkil etdi. Gap shundaki, Markaziy kengash Mustahkam oila yili tadbirlari doirasida O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Hamza tuman kengashi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Mustahkam oila — yuksak taraqqiyot sari" mavzuida davra suhbati uyushtirdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda soha korxona va tashkilotlari kasaba uyushmasi qo‘mitalari faollari qatnashdi. Tadbirni O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi To‘lqin Teshaboyev olib bordi.Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Boboyev jamiyatning mustahkam bo‘g‘ini bo‘lgan oila, farzandlar tarbiyasi, mamlakatimizda oilalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, o‘z navbatida, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy haq-huquqlarini ta'minlaydigan qonun va qonunosti hujjatlari xususida batafsil so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi devoni rahbari vazifasini bajaruvchi Davron Safarov so‘zga chiqib, aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari Vatanimiz ravnaqi yo‘lida faol qatnashib kelayotgani, respublikamiz iqtisodiyoti yuksalishida salmoqli hissa qo‘shayotganligini alohida ta'kidladi hamda Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashining bir guruh xodimlariga ushbu partiya safiga qabul qilinganliklari to‘g‘risida a'zolik guvohnomalarini topshirdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh yuridik maslahatchisi Rustam Xursanov fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlash, ushbu murojaatlar bilan bog‘liq qonunchilikka oid yangiliklar bo‘yicha ma'lumotlar berdi. Shuningdek, tadbirda "AlskOilada tinch va sog‘lom muhitni shakllantirish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, ham jismonan ham ma'naviy yetuk farzandlarni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bugunning muhim vazifalaridan biridir."ALSKOM" sug‘urta kompaniyasi Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Andijon va Jizzax viloyatlarida Mustahkam oila yiliga bag‘ishlab o‘tkazgan madaniy-ma'rifiy tadbirida ana shu masalalarga e'tibor qaratildi.
Jizzaxda o‘tkazilgan tadbirda "ALSKOM" sug‘urta kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan "Namunali oila" va "Sportchi oila" nominatsiyalari bo‘yicha shahar va tumanlardagi oilalar g‘oliblik uchun bellashdilar.
"Namunali oila" nominatsiyasida uzoq yillar birga yashab qo‘sha qarigan,  ahil, yutuqlarga erishgan, mahalla ishlarida faol va qo‘ni-qo‘shnilar orasida obro‘-e'tiborli katta oilalar ishtirok etishdi. Ushbu nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rinni Jizzax tumanidagi “Ziyokor” mahallasida istiqomat qiluvchi professor O‘rol Nosirovlar, 2-o‘rinni Jizzax shahar "Olmazor" mahallasida yashovchi O‘ktam Berdiyevlar va 3-o‘rinni Forish tumani "Uchquloq" QFY Xonbandi mahallasida yashovchi Aktam Jonibekovlar oilalari qo‘lga kiritdi.
"Sportchi oila" nominatsiyasida 13ta oilaviy jamoa (ota, ona va 12 yoshgacha bo‘lgan farzandi) sportning yengil atletika turi bo‘yicha estafeta musobaqasida o‘zaro bellashdilar. Musobaqada Forish tumanidan Istam Sayfullayevlar oilasi 1-o‘ringa, Jizzax tumanidan Nurmuhammad Xolmurodovlar oilasi 2-o‘ringa, Paxtakor tumanidan Rustam Soatovlar oilasi 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga "ALSKOM" sug‘urta kompaniyasi hamda "Mahalla" jamg‘armasi viloyat bo‘limining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu mavzudagi tadbir 24 mart kuni Andijon viloyatida Andijon Davlat universitetining sport majmuasida uushtirildi. Kompaniya tomonidan e'lon qilingan "Namunali oila" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Andijon tumanida yashovchi Qurbonovlar oilasi, 2-o‘rinni Marhamat tumanilik O‘rinboyevlar oilasi egallagan bo‘lsa, Izboskan tumanilik Mamatojiyevlar oilasi 3-o‘ringa sazovar bo‘lishdi.
Kompaniya tomonidan e'lon qilingan "Sportchi oila" nominatsiyasi bo‘yicha esa 1-o‘rinni Baliqchi tumanidan Turg‘unovlar oilasi, 2-o‘rinni Andijon tumanidan Qambarovlar oilasi hamda 3-o‘rinni Asaka tumanidan Xoliqovlar oilasi egalladi. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga sug‘urta kompaniyasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Yaqin kunlarda shu kabi tadbirlar kompaniya tomonidan Namangan hamda Toshkent viloyatlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.om" sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash xizmati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Darhaqiqat, oila muqaddas dargoh. U jamiyatning kichik bir bo‘lagi, negizi. Oila tinch bo‘lsa, Vatan tinch. Tinchlik barqaror joyda esa iqtisodiyot rivoj topadi, farovonlikka yo‘l ochiladi. Joriy yilning Mustaham oila yili deb atalishi zamirida ham ana shu maqsad yotganligi hammaga ayon. Mustahkam oila yili Davlat dasturi"da, shuningdek, ushbu dastur asosida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan qabul qilingan dasturda ham yoshlarni oila qurishga tayyorlashga alohida ahamiyat berilgan. Negaki, bugun maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar tashkil etilajak oilalarning sohib va sohibalaridir. Shunday ekan, ularni sog‘lom, mustahkam oila yaratishga oldindan tayyorlab bormoq birinchi galdagi vazifalardan biri bo‘lib, bu borada maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari pedagoglari zimmasiga ham katta vazifalar yuklatilgan. Bu vazifalar nimalardan iborat? Yigitlarimizni orli-g‘ururli, qizlarimizni ibo-hayoli qilib tarbiyalashda qanday yo‘l tutmoq lozim? Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida yoshlar tarbiyasi borasida kollejda olib borilayotgan ishlar va e'tibortalab vazifalar muhokama etildi. — Yoshlar bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz egalaridir, — dedi tadbirni ochar ekan
Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling