#Mustahkamlash uchun


Download 21.05 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi21.05 Kb.
#1111432
Bog'liq
BioTest 2022 JM-WPS Office


BioTest 2022|JM:
#Mustahkamlash_uchun

6-SINF Biologiya ( Oilalar )

🔷Barglari ketma ket
Ra'nodoshlar , Karamdoshlar , Burchoqdoshlar , Ziradoshlar

🔶Yonbargchali


Ra'nodoshlar , Burchoqdoshlar , Tokdoshlar

🔺Gullari to'g'ri


Ra'nodoshlar , Karamdoshlar , Gulxayridoshlar , Tokdoshlar , Qovoqdoshlar , Loladoshlar , Piyozdoshlar , Ituzumdoshlar

🔷Gullari qiyshiq


Burchoqdoshlar

🔴Na'matak


Tog' va to'qaylarda uchraydi. Iyun-Iyul oyida gullaydi.

🟣Jag'-Jag'


Mart oyidan mayning oxirigacha gullaydi.

⚪️Oddiy lavlagi


May oyida gullaydi , sentabrda pishadi.

🔴Yerbag'ir tugmachagul


Apreldan-Sentabrgacha gullaydi. Quritilgan bargi , guli , urug'idan ichni yumshatuvchi. Uzunligi 10-40 sm

🟠Dorivor gulxayri


Daryo va ko'llar sohilidagi to'qaylarda , sernam yerlarda uchraydi. Ildizidan yo'talga qarshi.

🟡O'tloq sebargasi


Tog' etaklarida , daryo , ariqlar , sug'oriladigan ekinlar orasida. Uzunligi 25-50 sm.

🟣Qora Ituzum


Paxtazorlarda , polizlarda , tashlandiq yerlarda , yo'lyoqalarida uchraydi. Iyun oyidan tupini sovuq urgincha gullaydi. Mevasi Avgustni oxirida pishadi. 10 tur. 25-50 sm.

🔵Tok
May-Iyun oylarida gullaydi. 2-4-(6-10) m

🟢Zangori Sachratqi
Ildizi , barglari va gullagan paytdagi poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarida

@BioTest_JM

#Mustahkamlash_uchun
#Bilish_Muhim

❇️Yirtqich qushlar❇️


⏺1.Kundizgi yirtqichlar turkumi.


⏺2.Yappaloq qushlar turkumi

⏭1--Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi

Bu turkumga ➡️qora kalxat,➡️ miqqiy➡️ ,jo’rchi, ➡️burgut,➡️ qarchig’ay va boshqa qushlar kiradi.
Qora kalxat vohalar, to‘qaylar va tog‘larda, xullas, daraxtlar
bo‘lgan hamma joyda uchraydi.

🟢Kalxat 🟢


Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxtlarning shoxiga in quradi.

🟠Oziqlanishi🟠


Kalxat juda foydali qush bo‘lib, ko‘pincha baqalar,
kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shuningdek,
kushxonalarning tashlandiqlari va o‘laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham
tutib yeydi. U havoda baland uchib, o‘lja axtaradi
🔴Tasqara 🔴
O'lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi.
Tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3
m gacha yetadi; uning og‘irligi 6–12 kg, boshi va bo‘ynidagi patlari
juda siyrak bo‘ladi.

🔵Yapoloqqushlar🔵


Tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat
qorong‘i tushgandan so‘ng ov qiladigan yapaloqqushlar: ukki,
boyo‘g‘li, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshug‘
ining uchi qayrilgan, tirnog‘i o‘tkir bo‘lib, tirik o‘ljani tutishga imkon beradi.

🔻Ukki🔻
yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida


quloqqa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi.

🔺Oziqlanishi🔺


Ukki ko‘proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan o‘rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.

🔹Boyo‘g‘li 🔹


Ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari simyog‘och yoki daraxtlarning qurigan shoxida o‘tirib olib, o‘lja poylaydi.

🔸Oziqlanishi🔸


Bu qush o‘simliklarga ziyon keltiradigan qo‘ng‘iz, chigirtka
va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.

@BioTest_JM

#mustahkamlash_uchun

❇️Hayvonlarning oziqlanishi va ovqat hazm qilish sistemasi O'xshashlik va farqlari haqida qisqacha❇️

🔸 Sodda hayvonlar va bo'shliqichlilarda ozig’i hujayra ichida ya'ni hazm qiluvchi vakuola yordamida hazm bo'ladi.

🔹 Yassi chuvalchanglarda ilk bor ichak va qisqa halqum paydo bo'lgan.Ularning orqa chiqarish teshigi bo'lmaydi. Oziq qoldiqlari og’zi orqali chiqib ketadi.

🔵Uch shoxli ichak - oq planariyada;

🟣Ikki shoxli ichak - jigar qurtida.

🔷 Parazit chuvalchanglarda hazm qilish yo'qolib ketgan.

🔺 To'garak chuvalchanglarda ilk bor qizilo'ngach va orqa chiqaruv teshigi, o'rta hamda keyingi ichak paydo bo'lgan.

🔸 Halqali chuvalchanglarda birinchi marta jig'ildon va oshqozon hosil bo'lgan.

🔹Jig'ildon – halqali chuvalchanglar va qushlarda mavjud.

🔸 Molyuskalarda hazm qilish sistemasi yanada murakkablashadi ya'ni ularda so'Iak va jigar bezlari rivojlangan.

🔹Ikki bo'lmali oshqozon - qisqichbaqasimonlar va qushlarda mavjud.

🔻Qishqichbaqalarda ozig'i oldingi katta oshqozonda maydalanadi, kichik oshqozonida suziladi.

🔺Qushlarda esa oldingi oshqozoni bezli bo'lib oziqni yumshatadi, ikkinchi oshqozoni muskulli bo'lib oziqni maydalavdi.

🔹Suvda ham quruqlikda vashovchilarda ilk bor til paydo bo'lgan.

🟤Kloakasi maviud hayvonlar - suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralibyuruvchilar, qushlar;

🔸Sut emizuvchilarning hazm qilish sistemasida - tishlar paydo bo'lgan.

🔹 Kavsh qavtaruvchi juft tuvoqlilarning - oshqozoni to'rt bo'lmali.

🔸 Kavsh qaytarmavdigan juft tuvoqlilarning oshqozoni bo'lmalarga bo'linmagan. Qoziq tishlari kuchli rivojlangan (kurak oyoqlilardan morjlarda va keng tovonlilardan fillarda ham).

🔹 Toq tuvoqlilarning ko'richak o'simtasi kuchli rivojlangan.

🔴Og'zi boshining ostida joylashgan: yomg’ir chuvalchangi(1-tana bo'g'imi ostida) bakra baliqlar va daryo qisqichbaqasida

@BioTest_JM

#Mustahkamlash_uchun
6-sinf biologiya(tarqalgan tur, oilalar soni)

🔹1. Suvo'tlar 30 000 tur


🔸2. Yo'sinlar 20 000 ortiq tur
🔹3. Qirqbo'g'imlar 30 dan ortiq O'zbekistonda 2 ta
🔸5. Qirqquloqlar 10 000 ga yaqin
🔹6. Ochiq urug'li o'simliklar 700 ga yaqin O'zbekistonda 3 ta O'rta Osiyoda 7 ta
🔸7. Qarag'ay turkumi 100 ga yaqin O'zbekistonda 10 ta
🔹8. Ikki urug'pallalilar 340 ta oila 175000 dan ortiq tur
🔸9. Ra'nodoshlar 3000 ga yaqin
🔹10. Namatak 13 ta
🔸11. Atirgul 10 000 ga yaqin O'zbekistonda 340 dan ortiq nav
🔹12. Nok O'zbekistonda 7 ta tur
🔸13. Karamdoshlar 3000 ga yaqin tur 8 tur Qizil kitobga kiritilgan
🔹14. Jag'-jag' O'zbekistonda 1 ta tur
🔸15. Sho'radoshlar 1500
🔹16. Ismaloq O'zbekistonda 2 ta
🔸17. Gulxayridoshlar 70 turkum 900 tur
🔹18. G'o'za 3 ta
🔸19. Burchoqdoshlar 12 000 ga yaqin
🔹20. Ituzum turkumi 10 ta
🔸21. Tokdoshlar 600 dan ortiq
🔹22. Qovoqdoshlar 800 tur
🔸23. Qoqio'tdoshlar 920 turkum,19 000 tur
🔹24. Sachratqi O'zbekistonda 1 ta tur
🔸25. Shuvoq O'zbekistonda 39 tur
🔹26. Bir urug'pallalilar 67 oila, 58000 tur
🔸27. Loladoshlar 400 tur
🔹28. Lola O'zbekistonda 23 tur
🔸29. Boychechak 30 tur
🔹30. Piyozdoshlar 750 tur

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
9-sinf biologiya
( O'simlik navlari )

🌱G'o'za navlari


- Toshkent-1 - Buxoro-12
- Toshkent-2 - Omad
- Toshkent-3 - Namangan-39
- Samarqand-3 - Porloq-1
- Yulduz - Porloq-2
- AN-402 - Porloq-3
- Buxoro-9 - Sulton
-Mang'it navlari
-Istiqlol

🌾 Bug'doy navlari


- Ulug'bek-600
- Sangzor
-Saratov 29

🍎Olma navlari


- Oq olma
- Targ'il olma
- Qozi dastor
- Namangan olmasi

🍑Shaftoli navlari


- Zarafshon
- Anjir shaftoli
- Vatan
- Lola
- Farxod
- Zarg'aldoq

🍇 Uzum navlari


- Rizamat - Daroyi
- Sohibi - Qorago'zal
- Gultish - Buvaki
- Hiloliy - Kattaqo'rg'on
- Husayni - Qirmizi
- Kishmish - Charos
- Toyipi - Chillaki

🥔Kartoshka


- Samarqand
- Nimrang
- Obidov

🍈Qovun navlari


- Aravakash - Cho'gari
- Bargi - Umrboqi
- Bosvoldi - Zarmiton
- Bo'rikalla

🍓Qulupnay


- O'zbekiston
- Dilbar
- Toshkent

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim

"MITOXONDRIYA" haqida qisqacha

🔴Mitoxondriya (yunoncha : "mitos" - ip, "xondros"— donacha) — eukariot hujayralar organoidi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🟠Mitoxondriyalar ikki qavat membrana bilan oʻralgan; tashqi qavati silliq, ichkisi burmali bo'lib, membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🟡Ular 0,2 mkm dan 15-20 mkm gacha kattalikka ega. Hujayrada Mitoxondriya soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. Ular soni to'qimalarda turli miqdorda bo'lib, hujayraning funksional faolligiga bog'liq. Uchadigan qushlarning ko'krak muskullarida uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi.


➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🟢Mitoxondriyaning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat va energiyaning universal manbai ATF sintez qilishdir.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🟤Mitoxondriyalar energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha6 parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi6-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔵Mitoxondriyalar matriksida DNK, RNK, ribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi. Shuning uchun Mtoxondriyalar yarim avto-nom organoid deyiladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🟣Mitoxondriyalar simbiogenez gipotezasiga binoan, aerob bakteriyalardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚫️Mitoxondriyalar boʻlinish orqali koʻpayadi. Bo'linishdan oldin DNK si ikki hissa ortadi.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
11-Biologiyadan (qisqacha)

🔹Fototropizm — o'simlik organlarining yorug'lik tomon harakatlanishi.


🔸Fototaksis — sodda hayvon va tuban o'simliklarning yorug'lik tomon harakatlanishi.
🔹Fotonastiya — tirik organizmlarning kunning yorug'lik va qorong'u vaqti almashinishi bn bog'liq bo'lgan harakati.
🔸Fotoperiod — kun uzunligi
🔹Fotoperiodizm — kun uzunligini mavsumiy o'zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.
🔸Fitofaglar — o'simlikxo'r organizmlar.
🔹Fitoaleksin — o'simliklarni mikroorganizmlar bn zararlanganda ularga qarshi o'z tanasidan ishlab chiqaradigan suyuqlik.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim

📊Variantlarda ko'p so'raladigan yurak harakati

🫀 Odam organizmida yurak 4 ta kameradan yani 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, ularning navbatma-navbat sistola va diastola holatda boʻlishi yurak siklini tashkil etadi.

🫀 Boʻlmachalar sistola holatida boʻlganda qorinchlar diastola holatida boʻladi va aksincha...


🫀 Klapanlar holati


━━━━━━━━━━━━
🔵 Oʻng boʻlmacha sistola yoki oʻng qorincha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.

🔵 Oʻng qorincha sistola yoki oʻng boʻlmacha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.

🔴 Chap boʻlmacha sistola yoki chap qorincha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.

🔴 Chap qorincha sistola yoki chap boʻlmacha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.

@BioTest_JM

#Mustahkamlash_uchun


#Bilish_Muhim

⏩Oila ularning mevalari⏪

🔶 Ra'nodoshlar – mevalari bir danakli, ko‘p danakli .
🔹 Na'matak – soxta mevasi to‘q qizil, etdor, uzunchoq, tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko‘p qattiq urug‘lari bor.

🔶 Karamdoshlar – mevasi qo‘zoq yoki qo‘zoqcha.


🔹Oddiy jag‘-jag‘ – mevasi qo‘zoqcha.

🔶 Sho‘radoshlar – mevasi asosan yong‘oqcha.


🔹 Lavlagining – mevasi yong‘oqcha.
🔹 Saksovul mevasi – yong‘oqcha.

🔶 Gulxayridoshlar – mevasi 3-5 uyli ko‘sak yoki juda ko‘p urig‘li yig‘ma meva.


🔹Yerbag‘ir tugmachagul – mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva.
🔹 Meksika g‘o‘zasi (oddiy g‘oza) – ko‘saklari yirik, 4-5 chanoqli.
🔹 Misr g‘o‘zasi (Barados g‘o‘zasi) – ko‘saklari yirik , 4-5 chanoqli.

🔸 Burchoqdoshlar – mevasi dukkak.

🔶Ituzumdoshlar – mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha.
🔹 Qora ituzum – sharsimon rezavor meva.

🔶Tokdoshlar – Mevasi- rezavor meva.


🔹 Terakbargli liftok – mevasi qora, mayda, rezvor meva, iste'mol qilishga yaramaydi.

🔷 Qovoqdoshlar – Mevasi – etdor, sersuv, soxta qovoq meva.


🔹 Oshqovoqning mevasi – yirik, soxta meva.Mevaning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor.

🔺Qoqio'tdoshlar(Murakkabguldoshlar)– mevasi pista meva.

🔹 Qoqio‘t – mevasi pista meva.

🔺 Loladoshlar – mevasi ko‘skacha yoki rezavor meva.


🔹 Qizil lola – mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha.

🔸 Piyozdoshlar – mevasi ko‘sak.

🔹 Bug‘doydoshlar — mevasi quruq bir urugli dondir.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
8-sinf biologiya
❇️QON❇️

❇️Eritrositlar

❗️Hosil bo'ladi--- Qizil ilikda
❗️Saqlanadi ---- O't, jigar, teri va taloqda (70% dan ortiq)
❗️Yemiriladi --- Jigar va taloqda
❗️Funksiyasi --- Transport
❗️1mm 3 qonda --- 4-6mln ta
❗️Yashaydi ---- 120 kun
❗️Kamayishi ---- Anemiya
❗️Tarkibida saqlaydi -- Gemoglobin
❗️Gemoglobin tarkibi --- gem (oqsil qism) va globin (Fe tutadi)
❗️Kislorodni biriktirib ---- Oksigemoglobin ga aylanadi

❇️LEYKOTSITLAR

❗️Hosil bo'ladi --- Qizil ilik, ayrisimon bez, taloq, limfa tuguni
❗️Yashaydi ---- 2-5 kun
❗️1mm3 qonda ---- 6-8 mingta
❗️Funksiyasi ---- Himoya
❗️Ishlab chiqaradi --- Antitelo va antitoksin
❗️Antigenni eritadi ---- Antitelo
❗️Zaharli moddalarni neytrallaydi --- Antitoksin

❇️TROMBOTSITLAR

❗️Hosil bo'ladi --- Suyak ko'migi va taloqda
❗️Yashaydi --- 2-5 kun
❗️ 1mm3 qonda ---- 300-400 000 ta
❗️Vazifasi --- Qon ivishida
Tarkibida --- Tromboplastin
❗️ Qon ivishi ---- Trombotsitlar yoriladi ----> Tromboplastin qon plazmasiga chiqadi -----> Protrombinni trombinga aylantiradi ----> Plazmada fibrinogen fibringa aylanadi -----> Fibrin jarohatlangan joyda to'r hosil qiladi.

❇️QONNING KIMYOVIY TARKIBI

🔸Qon plazmasi🔸
📌 Katta yoshli odam organizmida 5 litrga yaqin qon bo'ladi.
📌 Qon suyuq biriktiruvchi to!qima bo'lib, uning asosiy qismini qon plazmasi tashkil etadi.
📌 Plazmada shaklli elementlar, ya’ni qon hujayralari - trombotsitlar, eritrotsitlar va leykotsitlar joylashgan.
📌 Qon plazmasining 90 % ini suv, qolgan qismini unda erigan organik moddalar: oqsil, yog1, karbonsuv va mineral tuzlar tashkil etadi.
📌 Organik moddaning asosiy qismi (7%) oqsildan iborat.
📌 Qon hujayralari suyaklarning g'ovak moddasi - qizil ilikdahosil bo'ladi.
📌 Katta yoshdagi odamlarda bu modda 1500 g ga yetadi.
📌 Qonning shaklli elementlari limfa tugunlari va bodomcha bezida ham hosil bo'ladi.

Trombotsitlar, ya’ni qon plastinkalari.


📌 qonning yadrosiz hujayralari. Dumaloq oval shaklda, diametri 3 4 ткш ga teng.
📌 Suyaklar ko‘migi va taloqda hosil bo'lib, 2-5 kun yashaydi.
📌 1 mm3 qonda 300-400 ming trombotsitlar bor.

🔹Qonning ivishi🔹


📌 Qonning ivishi trombotsitlar tarkibiga kiradigan tromboplastin oqsili bilan bog'liq.
📌 Qon tomirlari shikastlanganda jarohatdan oqayotgan qon ivib, qon laxtasi - tromb hosil qiladi.
📌 Tromb shikastlangan joyni to‘sib, qon oqishini to‘xtatadi.
📌 Qonning ivishi qon plazmasidagi fibrinogen oqsiliga bog‘liq.
📌 Qon tomirlari jarohatlanganida trombotsitlar yorilib, ulardagi tromboplastin fermenti qon plazmasiga chiqadi.
📌 Ferment qon plazmasidagi protrombin fermentini trombinga aylantiradi.
📌 Trombin ta’sirida qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilini erimaydigan fibringa aylantiradi.
📌 Fibrin tolalari qon tomirining jarohatlangan joyini to‘rga o'xshab qoplab oladi. Qon hujayralari fibrin tolalari orasiga tiqilib qolib, tromb hosil boiishini tezlashtiradi.
3-4 minut davomida qon laxtasi sekin- asta quyuqlashib, jarohatlangan joyini yopadi va qon ketishini to‘xtatadi.
📌 Qonning ivishi qon plazmasidagi kalsiy tuzlari va boshqa o‘nga yaqin omillar ishtirokida boradi. Agar kalsiy qondan chiqarib tashlansa, qon ivimaydi.
📌 Odatda, qon tomirlarida ham kam miqdorda fibrin hosil bo‘lib turadi. Lekin ayrim biologik faol moddalar, masalan, jigar ishlab chiqaradigan geparin qonning tomirlarda ivishiga to‘sqinlik qiladi. Zuluklarning so‘lak bezi ishlab chiqaradigan girudin moddasi ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Qon ivishining oldini oluvchi moddalar qon so‘ruvchi hasharotlar solagida ham aniqlangan. Qon tarkibida qon ivishini ta’minlaydigan omillarning bo'lmasligi, ya’ni qon ivimasligi -gemofiliya gen bilan bog‘liq irsiylanadigan og‘ir kasallik.
📌 Gemofiliya bilan og‘rigan bemor qoni ivimasligi tufayli, qon tomirlari kuchsiz jarohatlanganida ham ko‘p qon yo‘qotishdan halok bolishi mumkin.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim

❇️Hisor davlat


qo’riqxonasi

🔹250 dan ortiq umurtqali


🔸900 ga yaqin umurtqasiz.

🔺O'simliklar🔺


1. Oq lola 2. Sarg’ish lola
3. Chimyon lolasi 4. Bobrov astragali
5. Norshirach 6. Oshanin piyoz
7. Sunbul 8. Kavrak
9. O’zbekiston chinniguli

🔵Qushlardan:


1. Boltayutar 2. Burgut
3. Qora laylak 4. Lochin

🟢Sutemizuvchilardan:


1.Tyanshan qo’ng’ir ayig’i 2. Qor qoploni
3. O’rta Osiyo qunduzi 4. Turkiston silovsini
5. Kichik taqaburun 6.Katta taqaburun Ko’rshapalaklari
7. Qor qoploni

❇️Zarafshon dasht to’qay qo’riqxonasi

🔺100 dan ziyod hayvon turlari

🟣Kemiruvchilardan:


1. Tovushqon
🟡Yirtqichlar turkumi:
2. Bo’rsiq
3. Karaganka
4. Chiyabo’ri
5. To’qay mushugi
🔹Tuyoqli sutemizuvchi🔹

Jayron


Kitob davlat qo’riqxonasi
❇️Bu qo’riqxonada noyob paleontalagik topilmalar muhofaza qilinadi
🔹Qushlardan🔹
1. Burgut 2. Boltayutar

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
11-Sinf biologiya(qisqacha)

🔹Poykiloterm organizmlar--sovuqqonlilar🔹


(yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi.

🔸Gomoyoterm organizmlar--isiqqonlilar🔸


(yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar sinflari kiradi.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
(7-sinf biologiya)
❇️Qushlarning ozuqalari❇️

🔸Chumchuq va chug'urchuqlar - daladagi hasharotlar, pishiqchilik davrida meva va donlar bilan

🔹Donxo'r qushlar bolalari - hashoratlar bilan

🔸Ko'k kaptar - to'kilgan don va yovvoyi o'tlarning urug'lari

🔹Musicha - har-xil don, sabzavot va meva

🔸Yo'rg'a tuvaloq - o'simlik tugunagi, novdasi, bargi, urug'i, kemiruvchi, kaltakesak, va hashoratlar

🔹Tuyaqush - yirik hashoratlar va yovvoyi o'tlarning urug'lari

🔸O'rdak - mayda jonivor va o'simliklar

🔹G'ozlar - faqat o'simliklar bilan

🔸Pingving - baliq va qisqichbaqasimonlar bilan

🔹Oq laylak - baqa, sichqon, turli hasharot va kemiruvchilar

🔸Kalxat -ko'pincha baqalar, kemiruvchi, turli hasharotlar, qushxona tashlandiqlari, o'lakasalar va mayda qushlar

🔹Tasqara, jo'rchi - hayvonlarning o'laksasi
🔸Ukki - kemiruvchilar, ba'zan o'rgimchak va ayrim qushlar

🔹 Boyo'g'li - o'simliklarga ziyon keltiradigan qo'ng'iz, chigirtka va kemiruvchilar

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim


(9-sinf biologiyadan ,qisqacha)

⚜Mikoriza⚜

✅Yuksak o'simliklar va Zambrug'larning simbioz hayot kechirishidan hosil bo'ladi.

♻️Mikoriza 2 xil bo'ladi ♻️

1. Ektotrof ( Tashqi ) ⏭Qayin , eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. O'simlik ildizining ustki yuzasini zambrug' qoplab oladi.

2. Endotrof ( ichki ) ⏭ Zambrug' Ildizning ichki to'qimasiga kirib oladi.

❇️Mikorizaning ahamiyati :

🔸Oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o'simlik tomonidan o'zlashtriladi.


🔹Zambrug' daraxt ildiz tizimi shimish yuzasini oshiradi.
🔸Ichki mikoriza ko'pincha o't o'simliklarda uchraydi.

@BioTest_JM


6-Sinf Biologiya qisqacha
(o'lchovlar-m/sm)

🔺 Rafleziya deametri 1 m.


🔻 Archa🌲 tog'larning🏔 eng baland yerlarida 0,5-1 m ko'tariladi.
🔸 Momaqaltirmoq, qo'ytikan, yer yuzidan 5-20 sm ko'tarilib o'sadi
🔹 Kanakunjut, makkajo'xori🌽, kanop bo'yi 1 m dan ham oshadi.
🔸 Chigit yuzasidagi bitta tolaning uzunligi 3-4 sm
🔷 Makkajo'xorining🌽 ildizi poyadan atrofiga 2 m, bosh piyozniki🧅 esa 60-70 sm gacha yoyiladi.
♦️ Makkajo'xorining 🌽 1 mm.kv so'rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo'ladi.
🔶 G'o'za nihollarining ildizi bir-kecha kunduzda 2-3 sm o'sadi.
🔷 Yantoq ildizi yerga 30 m chuqurlikka kirib boradi.
♦️ Mirzaterakning balandligi 20-25 m yetadi.
🔶Kaliforniyadigi Sekvoyadendron 110-140 m.
🔷Avstarliyadigi evkalipt150-155 m.
♦️ Rotang palmasini poyasining uzunligi 400 m ga yetadi.
🔶 Yong'oq poyasinig yo'g'onligi 4-6 m gacha va chinor🍁8-10 m gacha yetadi.
🔷 Besh yoshli archaning🌲 bo'yi 10-15 sm ga yetadi.
♦️ Tok bir yozning o'zida 10 m gacha o'sadi.
🔶 Sekvoyadendronnig pastki qismining yo'g'onligi 46 m ga teng.
🔷Tok qalamchalari 45-50 sm bo'ladi.
♦️ Rafleziya guling qalinligi,5 sm
🔹 Shamol🌬 yordamida tarqaladigan ayrim turlarning mevalari 50 km va undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi.
🟤 Saksovulning ildizi 0,5-1 m li gips qatlamlarini teshib o'tadi.
🟣 Yantoqning ildizi 25-30 m gacha chuqurlikka tushadi.
🔴 Kladoforaning bo'yi 1 m ga yetadi.
🟠 Xara 30-60 sm uzunlikdagi sershox o'simlik.
🟡Dengiz suvo'tlarining bo'yi bir necha santimetrdan 60-70 m gacha yetadi
🟢 Yapon laminariyasi bo'yi 6-12 m,eni 10-75 sm keladi.
🔵 Yapon laminariyasi 25-35 m chuqurlikkacha bo'lgan yerlarda o'sadi.
🟣 Yo'sinlarning bo'yi 4-5 mm dan 40-sm gacha boradi.
⚪️ Funariya yo'sini bo'yi 1-3 sm keladi.
🟤 Zuhrasoch qirqqulog'ining uzunligi 10-40 sm.
🔻 Archalar🌲 bo'yi 20 m gacha yetadi.
🔺 Tog'larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag'irlarida archaning🌲 yer bag'irlab o'sishga moslashgan turlari ham uchraydi.
🔻 Archaning🌲 sharsimon qubbalari 0,5-1 sm keladi.
🔺Oddiy qarag'ay barglaring uzunligi 5-7 sm yetadi.
🔸 Na'matak🌺 bo'yi 2-3 m, gulining🌺 eni 8-9 sm.
🔸 Na'matak soxta mevasining uzunligi 2-3 sm.
🔹 Jag'-jag'ning uzunligi 10-30 sm.
🔸 Yerbag'ir tugmachagulning bo'yi 10-40 sm keladi.
🔹 Dorivor gulxayrini uzunligi 70-150 sm keladi.
🔸 O'tloq sebargasinig☘ bo'yi 25-50 sm.Guli 2-3,5 sm.
🔹 Qora ituzumning bo'yi 25-50 sm.
🔸 Madaniy tok 2-4 (6-10) m gacha yetadi.
🔹Beshyaproqli partonotsissus uzun jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10-15 (20) metrgacha ko'tariladi.
🔸 Qizil lola bo'yi 20-45 sm.
🔹 Boychechaklarni bo'yi 🌼 10-15 sm.
🔸 Bosh piyoz🧅 gul poyasining uzunligi 100 sm gacha yetadi.
🔹Piyozli arpani🌾 bo'yi 50-150 sm.
🔸 G'umay bo'yi 50-150 sm.
🔹 Psilofit, riniya, kuksoniya ularning bo'yi 50-70 sm poyasining yo'g'onligi 5-10 sm ga yetgan.
🔸 Daraxtsimon qirqbo'g'imlar va daraxtsimon qirqquloqlar uzunligi 25-30 m, yo'g'onligi 1-1,5 m yetgan.

@BioTest_JM


🌡 BioTest 2022|JM:
#Bilish_Muhim
​Anemofill va Anemoxor Haqida

❇️Shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar - anemofill✅ (yunoncha «anemos» - shamol, «filiya» - yaxshi ko‘raman) oʻsimliklar deyiladi.


🔺Bularga🔺

🔸Bugʻdoy, arpa, suli, sholi, tol, terak, yongʻoq kabi oʻsimliklar kiradi.

❇️Meva va urugʼlari shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklar - anemoxor ✅ (yunoncha «anemos» - shamol, «chorea» - tarqalish) o‘simliklar deyiladi.
Bularga...
🔹 1 tutam popuk (tuk) lari hisobiga tarqaladigan - terak, tol, qoqioʻt, qoʻgʻa
🔸 Qanotchalari hisobiga tarqaladigan - qayragʻoch, shumtol, saksovul, cherkez, boyalich, baliqkoʻz, zarang, rovoch, jud kabi oʻsimliklar kiradi.

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
Aminoksilotalar klassifikastsiyasi.(9-sinf darsligi asosida)

✅Asiklik ( Halqasiz )✅

❇️Monaaminokarbon kislotalar.
🔹Glitsin 🔸Serin
🔸Sistin 🔹Valin
🔹Leysin 🔸Alanin
🔸Sistein 🔹Treonin
🔹Metionin 🔸Leysin

🔹Dikarbon kislotalar.


🔸Aspartat
🔶Aspragin
🔹Glutamat kislota
🔸Glutamin

❇️Diaminokislotalar


🔸Lizin 🔹Arginin

✅Siklik ( Halqali )✅

❇️Aromatik aminokislotalar.
🔸Fenilalanin 🔹Tirozin

❇️Geterosiklik aminokislotalar


🔸Gistidin 🔹Triptofan

❇️ Iminokislotalar


🔸Prolin 🔹Oksiprolin.
@BioTest_JM

#Bilish_Muhim


Ba'zi yodda qolishi qiyin organizm nomlari✅

-- Aspidistra - xona oʻsimligi


-- Batsilla - t. bakteriya
-- Batsidiya - yopishqoq lishaynik
-- Drosera - hashorotxoʻr oʻsimlik
-- Dreysena - 2 pallali moluska
-- Kalima - kapalak
-- Kalina - buta
-- Kasatka - tishli kit
-- Kamchatka - qisqichbaqa
-- Krakatitsa - moluska b.o.
-- Krevetka - qisqichbaqa
-- Kalmar - moluska b.o.
-- Koʻrgalak - qush
-- Kojan - koʻrshapalak
-- Kuya - kapalak
-- Kuyka - qush (soʻfitoʻrgʻay)
-- Losos - baliq
-- Los - tuyoqli hayvon
-- Laqay - ot zoti
-- Laqqa - baliq
-- Manna - lishaynik
-- Manta - skat
-- Norka - suvsarsimon
-- Zorka - kapalak
-- Nutriya - kemiruvchi
-- Olma mevaxoʻri - kapalak
-- Kulrang oʻlaksa - pashsha (hashorot)
-- Yashil goʻsht - pashsha (hashorot)
-- Poliksina - kapalak
-- Podalariy - kapalak
-- Podoliya - qoʻngiz (tugmacha)
-- Perlovitsa - 2 pallali moluska
-- Qilquyruq - baliq
-- Qizilquyruq - qush
-- Sigirquyruq - 2 yillik oʻsimlik
-- Suvke - qush
-- Sikas - qush
-- Skuns - sutemizuvchi
-- Sigillyariyalar - sporali oʻsimlik
-- Lipedodendron - sporali oʻsimlik
-- Kalamit - sporali oʻsimlik
-- Kordait - ochiq urugʻli
-- Oq biqin - delfin
-- Oq peshona - maymun
-- Taroqli - timsoh
-- Taroqcha - 2 pallali moluska
-- Tridakna - 2 pallali moluska
-- Teresken - yarim buta
-- Tereska - baliq
-- Inastranseviya - reptiliya
-- Yonsuzar - qisqichbaqasimon
-- Vyurok - chumchuqsimonlar
-- Gambuziya - baliq
-- Semga - baliq
-- Joʻka - oʻsimlik (daraxt)
-- Kuropatka - qush
-- Gornostoy - hayvon (sutemizuvchi)
-- Odimchi - kapalak
-- Pareyazavr - reptiliya
-- Bargizub - oʻsimlik
-- Sargan - dengiz masxaraboz baligi
-- Mindano - mo'ylov baliq

@BioTest_JM

#Bilish_Muhim
(7-sinf qisqacha)
♦️Hayvon ajdodlari va zotlari♦️
✳️Sigir ✳️
🔴Sersut — xolmogor, yaroslal, qizil dasht, bushuye
🔵Sut-go’sht — Simmental, Shvits, Kostroma
🟣Go'shtdor — Shodgorn, Qog’ozg’iston oq boshi, Santa – Gertruda, Gereford.

☑️Qo’y: yovvoyi qo’y – muflon,


🔷Merinos (10-12 kg mayin jun),
🔶Romanov (po‘stinbop)
🔷Xisor (go’sht-yog’)

❇️Ot: Qadimgi ajdodi (Tarpan)


♻️ Og’ir yuk (Vladimir oti)
♻️Salt miniladigan otlar (Laqay, Axaltaka, Qorabayir).
♻️Yengil yuk tortadigan (Orlov yo'rg‘asi va Rus yorg’asi)

✅Tovuq: Qadimgi ajdodi (Yovvoyi bankiv)

❇️Tuxum yo’nalishi:
🔹Rus oq tovug’i
🔸Lekgorn

❇️Tuxum-go’sht:


🔹Zagorsk
🔸Nyugempshir
🔹pervomaysk

❇️Go’sht:


🔸Kornuel
🔹Plimutrok
🔸broyler

@BioTest_JM 🏧

ODAM ANATOMIYASI 💉

1. Hazm qilish sistemasi


- Og'iz - 12 barmoq ichak
- Halqum - Ingichka ichak
- Qizilongach - Yog'on ichak
- Oshqozon

2. Nafas olish sistemasi


- Burun - Bronx
- Hiqildoq - O'pka
- Kekirdak - Plevra pardasi

3. Ayrish sistemasi


- Buyrak
- Siydik yo'li
- Qovuq
- Siydik chiqarish kanali
( Buyraklar nefronlardan tashkil topgan bo'lib , nefronning 5 ta qismi mavjud 👇
1. Shimuyanskiy-Bauman kapsula
2. Birlamchi kalavasimon kanal
3. Genli qovuzlog'i
4. Ikkilamchi kalavasimon kanal
5. Siydik yo'liga o'tish qism

4. Sekretsiya bezlari.


a) Tashqi sekretsiya - jag'osti , tilosti , quloqoldi , sut , so'lak , yog'bezlari.

b) Ichki sekretsiya - Gipofiz , qalqonsimon , ayrisimon , epifiz , buyrak usti , Qalqonoldi.

c) Aralash bezlar - Jinsiy bezlar va me'da osti bezi.

✍ : @Muhammadali_Numonov



🦉@UmumiyBiologiya 🐺 - Respublikamizdagi eng katta Biologiya kanali 🇺🇿
Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling