Мустақил ўҚув фаолиятини
Tarix va yuridik fakulteti dekani
Download 0.88 Mb.
|
МУСТАҚИЛ ЎҚУВ ФАОЛИЯТ psixologiya fanlarini o`qitish (3)
Tarix va yuridik fakulteti dekani:
2022 yil ____avgust_______________ J.R.Jo‘rayev. Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi mudiri: 2022 yil ____avgust_____________________ A.M.Nazarov KIRISHO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori ijrosini amalga oshirishda Buxoro davlat universiteti o‘qituvchilari o‘quv fanlari bo‘yicha yaxlit ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqdalar. Mualliflar tomonidan taqdim etilgan ta’lim texnologiyalarida yangi o‘qitish modeli qo‘yidagilarga asoslangan: ta’limning har bir shaxsga yo‘naltirilganlik va tizimli yondashuv, ta’lim sub’ektlari munosabatlarini demokratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishiga; ta’limda talabalar roli o‘zgarishiga: o‘quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta’lim jarayonining teng huquqli sub’ekti; ta’limda o‘qituvchining roli o‘zgarishiga: mustaqil o‘quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi. Talabalar bilimi, ko‘nikmalari, mahoratlarining nazoratini hamda ehtimolli og‘ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash maqsadida ularning bilim darajasi diagnostikasini ta’minlaydi; ta’limning uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: (1) muammoli holatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan faol va interfaol usullar an’anali bo‘lib qolmoqda; (2) jamoa va guruh ishlari keng qamrovli ta’lim shakliga nisbatan ko‘paymoqda; (3) axborot texnologiyalari ta’limning an’anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qo‘llanmoqda; o‘quv materiallari ta’lim olayotganlar tomonidan bilimlarni mustaqil qidirish uchun foydalanilmoqda; pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: o‘qituvchi muammolarni aniqlashga, g‘oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga oshishiga mas’uldor menejerga aylanmoqda. U nafaqat pedagogik balki talabalarning o‘quv faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya’ni qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va o‘quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo‘yicha qo‘shma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishda va o‘quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi, ta’lim jarayonini o‘quv dialogi va polilogi sifatini tuzadi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta’lim modellari bo‘yicha qurilgan ta’lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu talabalarning ta’lim sub’ekti sifatida ta’sir etmasligida va o‘qituvchilar tomonidan taklif etiladigan o‘quv faoliyatining uslub va vositalarini amaliy qo‘llash qo‘nikmalarining yo‘qligida namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida birinchi bosqich talabalari quyidagi qo‘nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur: (1) ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o‘quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, konseptual harita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o‘quv loyihasi bajarilishi to‘g‘risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi; (2) taqdimot ko‘nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o‘quv topshirig‘i bajarilishi natijalari bo‘yicha, siz o‘zingizni o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz; (3) kommunikativ ko‘nikmalar: o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo‘shilish, mohiyati bo‘yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish; (4) hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo‘lish – o‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o‘zaro aloqada bo‘lish; (5) muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalari, o‘quv vazifasini yechish, g‘oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o‘z navbatida sizning muammoli ma’ruza, tahlilda va o‘quv holatlarini (Keys stadi) hal etish faol ishtirokingizni ta’minlaydi. (6) ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko‘nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo‘yicha o‘quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o‘quv loyihalari va boshqalar). Zamonaviy ta’lim texnologiyalari sharoitida Siz o‘quv faoliyatiga qachon, qaerda va qanday tayyorlanasiz? Biz, mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma mualliflari uchun bu javob bitta: birinchi semestr arafasidagi treninglar davomida. Buning sabablari: (1) Sizlar, birinchi kurs talabalari, asosiy o‘quv kurslari boshlanishidan oldin aniq va qonuniyatli dalil sifatida o‘zingizning faol ishtirokingizni anglashingiz zarur. (2) Siz yangi strategiyani yaxshiroq tushunishingiz uchun uni boshdan kechirishingiz, modellashtiruvchi o‘quv mashg‘ulotlaridan bevosita tajriba orttirishingiz zarur. Kitob 8 bobdan iborat. Har bir bob o‘quv axboroti va materialning ma’lum qismini o‘zlashtirishga yakuniy natija beruvchi mustaqil ish topshiriqlaridan iborat. Matnda quyidagi shartli belgilar keltirilgan: Bobning maqsadi ║ Asosiy tasnif va tushunchalar Amaliy maslahat va tavsiyalar Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling