IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Huquqiy savodxonlik-davr talabi ”
Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o`rganishni, moddalarni sharhlashni bilishi, bola huquqlari to`g`risidagi konvensiyasini bilishini, qonunlarni hurmat qilishni, o`z huquqlarini himoya qila olishini o`rgatish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi risolasi, tarqatma materiallar.
Doskada: “ O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar” .
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi.
O`qituvchi: Konstitutsiya baxtimiz qomusi
O`zbekiston xalqi:
Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon ,qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatni anglagan holda,o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib’ insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko`zlab ,fuqarolar tinchligini va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida o`zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.
O`zbekiston Respublika Konstitutsiya o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat. Konstitutsiya lotincha “constitutio” so`zining tarjimasi “nizom qoidalar” degan ma’nolarni anglatadi.
Har bir inson o`z huquq va burchlarini bilishi lozim.
Insonning eng oliy huquqi tinch yashash huquqidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |