Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar.
Doskada: “Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman”.
O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov
O`qituvchi:
O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh etilgan.
Dunyoda bor turli ma’lumot,
Samolarda izlardi hayot.
Ming taxminu, ming bir gumonlar,
Berolmasdi biror ma’lumot.
Ne donolar quyoshga shoshdi,
Yulduzlarchi insondan qochdi.
Galileydan oldin Ulug`bek,
Falakiyot sirini ochdi.
Shundan tiniq, toza osmanim,
Ona yurtim – O`zbekistonim.
Komil Sindarov
Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
15-Mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari).
“O`z orzuing yo`lida bo`sh kelmasdan harakat qil!”
Maqsad: O`quvchilarda orzu, uning roli va har bir shaxsning kelajakda o`z orzulari bo`lishligini va orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va duoning o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |