Qo‘shimcha manbalar:
Harakatlar strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va yuksak marralar. -Toshkent, 2020. – 175 b.
O‘zbekiston tarixi. Darslik. R.Murtazayeva va boshqalar - Toshkent, 2020. -742 b.
Sharq Renessans davri allomalari va mutafakkirlarining ilmiy-falsafiy merosi. Mavrulov A. va boshq. -Toshkent: Sano-standart, 2017. -193 b.
Omonov B. Консептулные основы модернизатсии общества (сравнителный анализ реформ Запада и Востока). -Варшава, Исcиенcе, 2020. - 208 с.
3-mavzu: Tadbirkorlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqi asosida)
Reja:
1. Biznesni moliyalashtirish va moliya kredit masalalarini takomillashtirish.
2. Soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish.
3. Yangi O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlarga yer ajratish masalalari.
4. Biznes uchun zarur bo‘lgan infratuzilma muammolari.
5. Eksporter korxonalarni qo‘llab-quvvatlash kichik biznesni ekport faoliyatiga keng jalb etishni takomillashtirish.
6. Maxsulotlarni raqobatbardosh bo‘lishi, yangi bozorlarga chiqishi, umuman hududlararo savdo va kooperatsiya aloqalarini bog‘lashda tarnsport-logistika masalalari.
7. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-taomillarini soddalashtirish va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash.
1. Biznesni moliyalashtirish va moliya kredit masalalarini takomillashtirish.
Tadbirkorlarga beriladigan kreditlar muddatini uzaytirish va foizlarini kamaytirish. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakillantirish. Banklarning kapitalini oshirish. Bank eng yaxshi biznes reja, qaytimi yuqori va eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan loyihalar uchun mablag‘lar ajratish. Xorijiy banklarni yurtimizga kirib kelishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish. Banklar chetdan resurslarni qanday valyutada jalb etishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyutada berish tizimini yaratish. Hukumat tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etiladigan imtiyozli mablag‘lar hisobidan banklarga beriladigan kreditlarning muddatini cheklash amaliyotini bekor qilish. Hududlarda banklar loyiha fabrikalari va tadbirkorlikka o‘qitish markazlarini tashkil etish. Inflyatsiya darajasini kamaytirish. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish. Biznesni moliyalashtirish manbalarini mikro-moliya tashkilotlari tashkil etish orqali yanada ko‘paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |