Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси
Epchillikni tarbiyalashning manba va uslubiyoti
Download 191.5 Kb.
|
2 5395806047195636047b
Epchillikni tarbiyalashning manba va uslubiyoti
Epchillik, birinchidan, yangi murakkab koordinatsiyali harakatlar tez va mustahkam o ‘zlashtirib olish qobiliyatiga (tez o'rganish qobiliyati) va ikkinchidan, shartning birdaniga o'zgarishi asosida harakat-faoliyatlarni tezda qayta tiklash qobiliyati sifatida aniqlanadi. Epchillikni tarbiyalashda harakat analizatorlari funksiyasining takomillashuvi katta ahamiyatga ega. Odamni aniq harakat tezligiga qobiliyati qancha yuqori boisa, u yangi harakatlarni tez o ‘zlashtirib oladi. Koordinatsiyali qobiliyatni rivojlantirishga yordam beruvchi har xil boy mashqlarning arsenali — harakatli va sport o ‘yinlari, gimnastika, akrobatikadir. Shuning uchun bunday mashqlar o ‘quvchilar jismoniy tarbiyasida eng ko‘p qo‘llaniladi. Shu manbalar epchillikning rivojlanishiga butunlay yordam beradi. Maxsus epchillikni tarbiyalash tavsifi bo‘yicha musobaqa mashqlariga yaqin bo‘lgan tayyorlov mashqlarini qoMlash orqali amalga oshiriladi. Epchillikni tarbiyalash samarasi, xususan, kichik va o ‘rta maktab yoshlarida harakatning jadal rivojlanishi, ko‘rish, eshitish, taktil (tana sezgirligi) va boshqa analizatorlarning rivojlanishi jarayonida kuzatiladi. Maktab darsida va mashq soatlarida epchillik mashqlari tayyorlov va asosiy qismning boshida bajarilishi lozim. Toliqish sharoitida epchillik oz samara bilan rivojlanadi. Muskul kuchlanish differensiyasini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin: \ 1) turgan joyidan uzunlikka sakrash, topshirilgan masofaga uch hatlab sakrash; 2) belgilangan balandlikka ko‘p sakrash; 3) belgilangan masofaga va m o ‘ljalga ( to ‘ldirma to ‘plar, tennis, basketbol va boshqalar) to‘plarni uloqtirish. Qobiliyatni takomillashtirish uchun mashqlarni differensiyalash zarur: 1) (qo‘lni, oyoqni) belgilangan va belgilanmagan hamda topshirilgan burchakka (30, 45, 60, 90, 120° ga) ko‘tarish, ko‘zni yumib va harakat amplitudasini yaxshilash bilan; 2) ma’lum qadam sonini bosish, ma’lum masofa bo‘lagida (0, 20, 50, 60, 100 m) burilishlar. Harakatni vaqtga nisbatan differensiyalash mashqlari: 1) har xil harakatlarni qat’iy ma’lum vaqt ichida bajarish 64 (yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar, umumiy rivojlimtirish mashqlari); 2) topshirilgan vaqt ichida erkin mashqlarni bajarish kombinatsiyasi; 3) mashqni aniq tezlikka, kuchga ko‘p marotaba takrorlash. Hamma mashqlar har xil dastlabki holatdan, har xil yo‘nalishlarga, har xil oxirgi holatga qarab bajariladi. Muvozanatni saqlash funksiyasini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 1) bir oyoqda turish (ochiq va berk ko‘z bilan, bo‘sh oyoqning har xil holatlari bilan, cheklangan) tayanch maydonida muvozanatni yo‘qotguncha va har xil ba landlikda ; 2) gimnas tik skameykada ha r xil mashqlar (gimnastik o'rindiqning raxida, yakkacho‘pda, to‘p, tayoq, chambaraklar va ularsiz): o ‘yinlar, estafetalar, to ‘siqlar paykalida bir yoki ikki oyoqlab muvozanatni ushlash unsurlari bilan; 3) o ‘z atrofida bir necha marta aylangandan so‘ng, ko‘zni berkitgan holda har xil uzunlikdagi masofani bosib o'tish. Epchillikni rivojlantirish bilan birga b o ‘shashish qobiliyatini takomillashtirish zaair. Bunda qarama-qarshi mashqlar katta samara beradi: muskul guruhlarining maksimal kuchlanishi hamda bo‘shashishi. Masalan, 1. Dastlabki holat: qo‘llar yonda, q o i muskulini va yelka kamarini maksimal tarang qilib, barmoqlar musht holda bukilgan, qo‘l muskullari va yelka kamarini bo‘shashtirib, qo'llar pastga tushiriladi. Shu tamoyil asosida anjom-uskunali va anjomsiz mashqlarni tanlab olish mumkin. Download 191.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling