Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


) Халқаро одат қандай шакллантирилади? 3


Download 89.23 Kb.
bet4/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

2) Халқаро одат қандай шакллантирилади?
3) У урфлардан ва халқаро хушмуомалалик қоидаларидан қандай фарқ қилади?
4) Халқаро ҳуқуқнинг қандай соҳаларида одатлар сақланган?
5) Мисоллар келтиринг.
1) Huquqiy odatning o'ziga xosligi shundaki, u o'ziga tegishli qoidani aniq ifodalagan rasmiy hujjatda aks ettirmaydi, lekin bu aslo odatning «shartnomanamo» ekanligidan dalolat bermaydi. U davlatlarning tashqi siyosiy hujjatlarida, diplomatik yozishmalar (notalar va memorandumlar)da qayd etiladi va shu tariqa, garchi uning mazmunini sharhlash shartnomaning mazmunini sharhlashga qaraganda murakkabroq bo'lsa-da, ko'zga tashlana boradi.5
2) Odatlar xalqaro huquqiy munosabatlar subyektlarining yetarli darajadagi uzoq muddatli takrorlanuvchi harakatlari davomida yuzaga keladi.
Boshqa xalqaro-huquqiy normalar kabi xalqaro huquqning odat normalari ikkita bosqichda paydo bo‘ladi:
1) yurish-turish qoidalarini kelishib olish;
2) kelishilgan yurish-turish qoidalariga xalqaro-huquqiy normaning yuridik kuchini berish.

U yoki bu qoidani odat normasi sifatida qabul qilish xalqaro huquq subyektlariga bog‘liq tarzda bo‘ladi hamda turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi (davlat organlarining yuridik ahamiyatga ega harakatlari, qonunchilik va sud organlarining rasmiy bayonoti, yozishmalari, qarorlari).
Shuningdek yurish-turish qoidalarini odat normasi sifatida tan olinishi faol harakatlar orqali yoxud ushbu harakatdan o‘zini tiyish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Biron davlatning xalqaro huquqning boshqa bir subyektining xatti-harakatlariga nisbatan qarshilik bildirmasligi ushbu harakatning qonuniyligini tan olganligidan dalolat beradi.6
3) Xalqaro odatdan xalqaro ко‘nikmani, ya’ni davlatlar yuridik majburiyat deb tan olmagan holda o'zaro munosabatlarida rioya qiladigan xatti-harakat qoidalarini ajrata bilish lozim. Xalqaro ko‘nikmalarga, masalan, comitas gentium (xalqaro xushmuomalalik) qoidasini, qisman diplomatik etiket va diplomatik protokol qoidasini, shuningdek, dengiz marosimi (portga xorijiy davlat harbiy kemasi kirib kelishi bilan ushbu davlatning bayrog'iga hurmat bildirish, ochiq dengizda harbiy kemalaming bir-birlarini mushak otish bilan qutlashlari)ni kirirish mumkin.7
4) Davlatlar tomonidan tan olingan tarixiy ko'rfazlardagi ichki dengiz suvlariga munosabatda bo'lish qoidasi odat normasiga misol bo'lishi mumkin. Xalqaro konferensiyalardagi delegatsiyalaming xizmat xonalari to‘la daxlsizligi prinsipi diplomatik huquq harakati sohasidagi xalqaro odat huquqi normasi hisoblanadi.
5) Misol tariqasida, davlat suverenitetining yuqori chegarasini hamda davlat hududining yer sathidan 100 km yuqoridagi chegarasini aniqlashda; kosmik kemalarning uchish va qo‘nishida moneliksiz o‘zga davlatlarning havo havzasi orqali uchib o‘tishi va boshqalarni keltirish mumkin. Odat normalarining ko‘pchiligi davlatlar va hukumatlarning tan olish va huquqiy vorislik, xalqaro iqtisodiy huquq kabi institutlarini o‘z ichiga olsa, gumanitar huquq esa harbiy mojarolar davrida ko‘pincha “urush qonunlari va odatlari” nomini oladi.8
6. Ҳуқуқнинг умумий принциплари ва халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари ўртасида қандай фарқ мавжуд? Халқаро ҳуқуқ принциплари қандай ҳужжатларда мустаҳкамланган? Халқаро ҳуқуқ принципларининг аҳамияти нимада?
Birinchi savol – . Ҳуқуқнинг умумий принциплари ва халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари ўртасида қандай фарқ мавжуд?

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling