Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ad referendum
Parafirlash (initialing – ingliz tilidan olingan bo‘lib, initsial, ilk, boshlang‘ich degan ma’nolarni anglatadi) – oldindan homaki imzolash, uning yordamida shartnoma matnning to‘g‘ri, ishonchliligi aniqlanadi. Bu jarayon vakillari tomonidan matnning har bir betiga o‘z ismining bosh harflarini yoki belgilarini qo‘yish bilan amalga oshiriladi. Matn so‘ngida imzo bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga belgi qo‘yilmaydi. Bunday tartib to‘liq imzolash emasligiga shubhalar qolmasligi uchun qo‘llaniladi.
Ad referendum imzolash (ma’qullanguncha) – oldindan imzolash turi bo‘lib, vakillarning shartnoma matni borasida yakuniy roziligini, biroq ularga vakolat bergan hukumat yoki davlat organi tomonidan keyinchalik ma’qullash zaruratini nazarda tutgan holda kelishishlarini o‘zida aks ettiradi. 15. Халқаро ҳуқуқда субъектларни тан олишнинг қандай назариялари, шакллари ва турлари мавжуд? 1) Xalqaro huquq doktrinasida tan olishning ikkita asosiy nazariyasi mavjud: konstitutiv va deklarativ tan olish. Konstitutiv nazariyaga muvofiq, faqat tan olish tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya’ni davlatga – xalqaro huquq subyekti bo'lish, hukumatga - davlatlararo munosabatlarda xalqaro huquqning subyekti bo'lish qobiliyatini beradi. Bu nazariyaning zaif joyi shundan iboratki, birinchidan, destinatorga eslatib o'tilgan sifatni berish uchun tan olishlaming qancha soni zarur bo‘lishi noaniq, ikkinchidan, amaliyotning ko'rsatishicha, davlatlar rasman tan olishsiz ham mavjud bo'lishi va boshqa davlatlar bilan u yoki bu aloqalarga kirishishi, konstitutsiyaga zid yo‘l bilan hokimiyatga kelgan hukumatlar esa samarali ravishda xalqaro huquqning subyekti bo‘lishlari mumkin. Deklarativ nazariyaga ko'ra, tan olish destinatorga tegishli sifatni xabar qilmaydi, balki uning paydo bo'lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalami amalga oshirishni yengillashtiruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Deklarativ nazariya xalqaro hayot voqeliklariga ko‘proq javob beradi, degan fikr keng tarqalgan. Biroq, obyektiv jihatdan xalqaro huquqning subyekti bo‘la olmaydigan tuzilmalar (masalan, Malta ordeni) xalqaro huquq subyekti deb tan olingan hollarda tan olish konstitutiv yoki, aniqroq aytganda, kvazi-konstitutiv (yolg‘on konstitutiv) tusga ega boladi. Bunda tan oluvchi destinatorda ko‘rishni orzu qilayotgan sifatlar bordek tasavvur qilinadi.19 2) Rasman tan olishning quyidagi shakllari mavjud: de-fakto (de facto), de-yure (de jure) va ad xok (ad hoc). Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling