Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
De-fakto tan olish - ma’lum davlat yoki hukumatning uzoq yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilishdir
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
- Bu sahifa navigatsiya:
- De-yure tan olish - to ‘la, uzil-kesil tan olishdir. U, qoida tariqasida, diplomatik munosabatlar o ‘matilishiga sabab bo ‘ladi.
De-fakto tan olish - ma’lum davlat yoki hukumatning uzoq
yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilishdir. De-fakto tan olish konsullik munosabatlari o‘matilishiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu majburiy tarzda bo’lmaydi. De-fakto tan olish keyinchalik de-yure tan olishga aylanib ketishi mumkin, bu holni diplomatik munosabatlami o‘matish va diplomatik vakolatxonalari ochishda kuzatishimiz mumkin. De-yure tan olish - to ‘la, uzil-kesil tan olishdir. U, qoida tariqasida, diplomatik munosabatlar o ‘matilishiga sabab bo ‘ladi. Har qanday holda ham diplomatik munosabatlaming o‘matilishi de-yure tan olishni bildiradi, deb hisoblanadi. De-yure tan olish davlat boshliqlari o‘rtasida tabrik xatlari va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maxsus notalar almashish hamda ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali bir-birini qutlash bilan izohlanadi. Davlatlar, hukumatlar (yoki boshqa hokimiyatlar) o‘zaro urush holati yoki ziddiyatda bo‘lsalar-da, ma’lum masalalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan majburiy aloqaga kirishadilar, ammo bunday aloqaga kirishish ular bir-birlarini tan olganliklarini anglatmaydi. Bunday holda ad hoc tan olish (ad hoc - ushbu vaziyatda, aniq holat bo‘yicha) haqida gapiriladi, ya’ni urushayotgan yoki ziddiyatda bo igan davlatlar yoki hukumatlaming muzokara olib borish yoki bitimni imzolash uchun bir-birlari bilan aloqa yuritayotgan vaqtlarida, ular bir-birlarini xuddi shu vaziyat yoki voqea doirasida tan olishmoqda deb taxmin qilinadi. Masalan, Vyetnamdagi urushni to‘xtatish muzokaralarining to‘rt qatnashchisi (AQSH va Vyetnamga tarafkash uch tomon) 1973-yilda mashhur Parij bitimini imzoladilar (garchi ulardan Ba’zilari bir-birlarini tan olmasalar-da). Tan olishning mavjud emasligi bunday hollarda shartnomaning yuridik tomoniga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.20 3) Tan olish turlari tan olishning destinatorlariga qarab farqlanadi. Tan olishning an’anaviy turlari (davlatlar va hukumatlami) va oraliq tan olish (millatlami tan olish, qo‘zg‘olon ko‘targan yoki urushayotgan tomonlami, qarshilik ko‘rsatish tashkilotlari va quvg‘indagi hukumatlami tan olish)ni ajratib ko'rsatish mumkin. Oldindan tan olish yo yangi davlatning tashkil topishi (millatni tan olishda)ga yoki yangi hukumatning hokimiyati konstitutsiyaga zid yo‘l bilan amalga oshirilgan mamlakatda holatning barqarorligiga olib ketishi mumkin bo‘lgan voqealaming kelgusida rivojlanishini kutayotganda qo‘llaniladi. 16. Халқаро шартномалар шаклига қўйиладиган асосий талаблар нималардан иборат? Shartnoma yozma yoki og'zaki shaklda tuzilishi mumkin (masalan, «jentelmenlik kelishuvi» deb nomlanuvchi shartnoma). O g’zaki shakldagi shartnomalar kam tuziladi, shuning uchun ham eng ko’p tarqalgan shakl yozma shakldir, chunki faqat yozma shakldagi shartnomagina tomonlaming huquq va majburiyatlarini aniq va ravshan belgilaydi. Xalqaro huquqda majburiy tusdagi xalqaro shartnoma shakli belgilanmagan. 17. Ҳуқуқий ворислик институтининг хусусиятлари нимада? Ворислик тўғрисидаги Вена конвенцияларини қўллашда қандай қийинчиликлар мавжуд? Замонавий амалиётдан ҳуқуқий ворислика мисоллар келтиринг. Huquqiy vorislik - huquqda belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq, bir subyektga tegishli huquq va majburiyatlaming boshqa subyektga о ‘tishidir. Xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqqa nisbatan huquqiy vorislik deganda, xalqaro huquqda belgilangan holatlarda xalqaro huquq subyektiga tegishli huquq va majburiyatlaming boshqa subyektga o'tishini tushunish lozim. Xalqaro huquqning asosiy subyektlari davlatlar hisoblanadi. Demak, xalqaro huquqda eng avvalo ulaming huquqiy vorisligi haqida so‘z yuritiladi. Bu haqda keng xalqaro amaliyot ham dalolat beradi. Ikkinchi savol - Ворислик тўғрисидаги Вена конвенцияларини қўллашда қандай қийинчиликлар мавжуд? BMT tashabbusi bilan huquqiy vorislik to'g'risida ikkita konvensiya qabul qilingan. Bular: Xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to'g'risidagi 1978-yilgi Vena konvensiyasi va Davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga nisbatan huquqiy vorislik to‘g‘risidagi 1983-yilgi Vena konvensiyasi. Mazkur konvensiyalar “xalqaro munosabatlarning eng ishonchli huquqiy asosi” sifatida yaratilgan bo‘lsa-da, zarur ratifikatsiyalar soniga (15 ta) ega bo‘lmaganligi sababli kuchga kirmay qoldi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur konvensiyalar bu sohada eng nufuzli hujjatlar bo'lganligi bois, huquqiy vorislik bilan bog‘liq masalalami hal qilishda umumiy ko‘rsatmalar mavqeiga egadir. Uchinchi savol – Замонавий амалиётдан ҳуқуқий ворислика мисоллар келтиринг. Masalan: 1990-yilda GDRning GFR tarkibiga kirishi, ya’ni Germaniyaning qayta birlashishi, 1991-yilda sobiq SSRI tarkibidan Latviya, Litva va Bstoniya davlatlarining ajralib chiqishi, keyinchalik esa 12 ta mustaqil davlatlaming vujudga kelishi; 1992-yilda sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Federadv Respublikasi hududida mustaqil Bosniya, Gersegovina, Makedoniya, Sloveniya, Xorvatiyaning vujudga kelishi, shuningdek Serbiya va Chernogoriyaning Yugoslaviya Ittifoq Respublikasiga birlashishi va oxir-oqibatda 2006-yildan boshlab bu ikki tuzilma ham mustaqil davlatga aylanishi 1993-yilda sobiq Chexoslovakiya o'mida mustaqil Chexiya va Slovakiyaning vujudga kelishi va hokazo. 18. Фуқаролик масалалари халқаро ҳуқуқда қанчалик муҳим? Фуқаролиги бўлмаган шахслар ва апатридларнинг ҳуқуқлари халқаро ҳуқуқда қандай ҳимояланган? Икки фуқароликнинг афзалликлари ва камчиликлари нимада? Fuqaroligi bo‘Imagan (apatrid) shaxsning shunday huquqiy holati namoyon bo'ladiki, imda shaxs hech bir davlatning fuqaroligida bo‘lmaydi. Turli huquq tizimlarida «fuqaroligi bo'lmagan shaxs» atamasi turlicha talqin etiladi. Fuqarosizlik ta’rifi 1994-yil 28-sentabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Apatridlar maqomi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 1-moddasida berilgan. Unda: «Shu Konvensiyada «apatrid» deganda biror-bir davlatning qonuniga ko‘ra ushbu davlatning fuqarosi bo'lmagan shaxs nazarda tutiladi», deyiladi. Bu ta’rifda «fuqaro» atamasi davlat tomonidan fuqarolik berilgan shaxslarga tegishlidir. 1961-yilda BMT doirasida Fuqarosizlikni qisqartirish to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. U apatridlaming davlat fuqaroligi, doimiy yashash joyi olishlari uchun qulay sharoit yaratish va shaxsning ekspatriatsiya paytida apatrid maqomini olish imkoniyatini istisno qilishga qaratilgan edi (1975-yil 31-dekabrda kuchga kirgan). Konvensiya mazmuniga ko'ra, apatridlaming bolalari tug'ilgan joylari bo'yicha, ya’ni «zamin huquqi» bo'yicha fuqarolik olishlari zarur. Konvensiya davlatlarga hududiy o'zgarishlar chog'ida shartnomalarda fuqarosizlik paydo bo'lmasligi uchun kafolatlarni nazarda tutishni tavsiya etadi. Har bir davlatda apatridlarning huquqiy maqomi har bir davlatning o‘z ichki qonunchiligi bilan belgilanadi. Ammo ko‘pchilik davlatlarda fuqarolik bo‘yicha o‘z milliy qonunchiligi 1954-yilgi “Apatridlar maqomi to‘g‘risida”gi Konvensiya, 1961-yilgi “Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risida”gi konvensiyalarning norma va prinsiplariga moslashtirib shakllantirilgan. 1954-yilgi “Apatridlar maqomi to‘g‘risida”gi Konvensiya apatridlar huquqlarining chet elliklarning huquqlari bilan tenglashtirilishini davlatlardan talab qiladi. 1961-yilgi “Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risida”gi konvensiyada esa fuqarolikdan mahrum etish fuqarosizlikka olib keladigan bo‘lsa, man etiladi. Faqatgina yangi fuqarolik olish sababi sharti bilan fuqarolikdan mahrum etish, ya’ni fuqarolikni tugallash mumkinligi qat’iyan belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarini ado etadilar deb belgilangan. Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling