Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


KUCH ISHLATMASLIK VA TAHDID QILMASLIK


Download 89.23 Kb.
bet6/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

KUCH ISHLATMASLIK VA TAHDID QILMASLIK:
Mazmuni

  • Boshqa davlat hududlarini bosib olishni ta’qiqlash

  • Kuch ishlatish bilan bog‘liq repressiya aktlarini ta’qiqlash

  • Davlatlar hududlari tahdid tufayli egallab olish obyekti bo‘lishi mumkin emas

  • Davlatlar har qanday fuqarolik urushlarida yoki terroristik harakatlarda ishtirok etishdan o‘zlarini tiyishga majburdirlar

  • Davlatlar qurollangan guruhlar, nomuntazam kuchlarni, shuningdek boshqa davlat hududiga bostirib kiruvchi yollanma askarlarni tashkil etish yoki ularni rag‘batlantirishdan o‘zlarini tiyishga majburdirlar.12

Kuch ishlatmaslik prinsipining normativ mazmuni doirasiga
quyidagilar kiradi:
- boshqa davlatning hududini bosib olishni xalqaro huquq normalarini buzish sifatida man qilish;
- kuch ishlatish bilan bog'liq repressiv aktlarni man etish;
- davlatlar o'z hududlarini uchinchi bir davlatga qarshi foydalanishi uchun boshqa davlatga berishini taqiqlash;
- fuqarolik urushi aktlarini tashkil qilish, bunday aktlarga undash, yordam berish yoki ishtirok etishni man qilish;
- muntazam bo'lmagan qurolli kuchlarni, jumladan, boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun yollanma kuchlarni tashkil qilish yoki rag’batlantirish.13
BMT Ustavi harbiy kuchni qonuniy ravishda qo'llashning faqat ikkita holatini nazarda tutadi:
- o'zini o'zi mudofaa qilish maqsadida (51-modda);
- BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga binoan, tinchlikka tahdid tug'ilganda, tinchlik buzilganida yoki agressiya akti mavjud bo'lgan hollarda (39- va 42-moddalar);
- BMT Ustavining 51-moddasi faqat biror davlatga qarshi qurolli hujum bo'lgandagina qo'llaniladi.14
8. Давлатнинг ҳудудий яхлитлиги принципи ва халқларнинг ўз тақдирини белгилаш принципи қандай ўзаро боғлиқликка эга? Нима учун баъзи олимлар шу икки принцип ўртасида қарама-қаршилик бор деб таъкидлайдилар? Бу принциплардан қайси бири муҳимроқ деб ўйлайсиз?
Birinchi savol - Давлатнинг ҳудудий яхлитлиги принципи ва халқларнинг ўз тақдирини белгилаш принципи қандай ўзаро боғлиқликка эга?
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada, shuningdek o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish usullari ham ko‘rsatib o‘tilgan: “mustaqil va suveren davlatni barpo etish, mustaqil davlat tarkibiga erkin tarzda qo‘shilish yoki birlashish yoxud xalq tomonidan erkin tarzda boshqa bir har qanday siyosiy maqomni o‘rnatish”. Ammo bir paytning o‘zida mustaqil suveren davlatning siyosiy birligi yoki hududiy yaxlitlikni to‘liq yoxud qisman buzish hamda taqsimlashga olib keladigan har qanday harakatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik ta’kidlanadi. Binobarin, mazkur huquqni xalqning bir qismini boshqa bir tarkibiy qismdan ajralib chiqish huquqi bilan aralashtirmaslik lozim. Milliy-madaniy avtonomlik, agar ushbu xalqning etnik o‘ziga xosligi saqlanib qolingan taqdirda doimo xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga intilishlarini qondirilishi uchun samarali vosita bo‘lib, unda rivojlanish, ta’lim, din, til, madaniyat masalalari hal etiladi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi nafaqat hududiy yaxlitlik bilan, balki xalqaro huquqning boshqa prinsiplari bilan, birinchi navbatda inson huquqlariga nisbatan hurmat prinsipi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.15
Ikkinchi savol – Нима учун баъзи олимлар шу икки принцип ўртасида қарама-қаршилик бор деб таъкидлайдилар?
Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash prinsipida misol uchun biror bir xalq o’z taqdirini o’zi belgilashi, mustaqil tarzda o’zlarining davlatlarini tuzishni xohlashlari mumkin. Buning ortidan esa o’sha xalq joylashgan davlatning bir qismidagi hududda yangi davlat tashkil topadi va bu xalqning mustaqi bo’lishidan oldingi davlatning hududiy yaxlitligiga putur yetkazadi.

9. Давлатларнинг суверен тенглиги ва давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик принципларининг аҳамияти нимада? Қандай ҳолатларда ички ишларга аралашишига йўл қўйилади?
Birinchi savol – Давлатларнинг суверен тенглиги ва давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик принципларининг аҳамияти нимада?
Suveren tenglik prinsipining asosiy mazmuni quyidagicha: davlatlar bir-birlarining suveren tengligi va o'ziga xosligini, shuningdek, suverenitetga mansub barcha huquqlarni hurmat qilishlari shart. Barcha davlatlarning teng ravishda asosiy huquq va majburiyatlari mavjud. Har bir davlat xalqaro tashkilotlar va shartnomalarda ishtirok etish huquqiga egadir.
Davlatlarning suveren tengligining ahamiyati shundaki bunda bir davlat boshqa davlatning suverenitetini hurmat qiladi va ularning huquqiy maqomi teng chunki bu ikki davlat suveren jihatdan teng.
Aralashmaslik prinsipi xalqaro huquq asoslaridan biridir. BMT Ustavida aytilishicha, u Tashkilotga har qanday davlatning ichki ishlariga aralashmaslik huquqini bermaydi va a ’zo davlatlardan bunday ishlarni Ustav bo'yicha (2-moddaning 7-bandi) hal etish uchun taqdim etishni talab qilmaydi. Ushbu qoida xalqaro huquqning barcha subyektlarini aralashishdan tiyilib turishga majburlovchi umume’tirof etilgan odat normasini ifoda etadi. Mazkur prinsipning tayanch tushunchasi — «ichki vakolatlar jabhasi» bo'lib, bu jabha davlat faoliyatining boshqa subyektlari uchun yopiqdir. Bu tushuncha hududiy emas, ya’ni davlatdan tashqarida ham aralashishga yo‘1 qo‘yilmaydi.
Ikkinchi savol – Қандай ҳолатларда ички ишларга аралашишига йўл қўйилади?
BMT Ustavi 7-moddasining 2-bandiga muvofiq Tashkilot «mazmunan har qanday davlatning ichki vakolatlariga kiradigan ishlarga aralashish» huquqiga ega emas. Ko‘rsatilgan taqiq BMTning barcha ishtirokchilari harakatlariga joriy qilinadi. Bu qoidadan istisno ham mavjud. BMT Ustavining 7-bobiga muvofiq, majburiy choralami qo‘llash, ya’ni tinchlikka tahdid tug‘ulganda, tinchlik buzulganda yoki agressiya akti mavjud bo’lganda ko'riladigan harakatlar shular jumlasidandir. Shunday qilib, agar BMT Xavfsizlik Kengashi biror davlat hududida sodir bo'layotgan harakat xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solmoqda deb e’tirof etsa, bunday voqealar mazkur davlatning ichki ishi bo'lmay qoladi va BMTning ushbu voqealarga nisbatan harakatlari mazkur davlatning ichki ishlariga aralashish bo'lmaydi.16
1998-yil qabul qilingan Xalqaro jinoyat sudi Nizomining muqaddimasida shunday deyilgan: “Hech narsa Nizomda biror bir davlatga har bir davlatning ichki ishi sohasi hisoblangan qurolli mojaroga aralashish huquqini bermaydi”. Mohiyatan, agarda bitta davlatning geografik chegarasi doirasida sodir bo‘layotgan, xavfsizlik va xalqaro barqarorlikka xavf solayotgan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid tarzda bo‘lsa, ichki ishlariga taalluqli emas deb e’tirof etiladi. Ammo “ichki ishlar”i deb davlatning to‘liq mustaqil tarzdagi hal etish huquqini (xalqaro kelishuvlardagi ishtiroki yoki har bir masalada o‘zining mustaqil o‘rniga (pozitsiya) ega bo‘lish) “tashqi ishlar” deb tushunish ham mumkin.
Xalqaro shartnomalarda qayd etilgan nazorat, inspeksiya va tekshiruv choralarini amalga oshirish ichki ishlarga aralashmaslik deb hisoblanadi. Bunda mazkur chora-tadbirlar a’zo davlatlar suverenitetini hurmat qilish orqali amalga oshirilishi lozim.17
10. Халқаро ҳуқуқ тизими нима? Қандай меъёрлар мавжуд? Халқаро оммавий ҳуқуқнинг қайси институтлар ва соҳалари анъанавий ва кодификация қилинган деб ҳисобланади? Қайси соҳалар ва институтлар нисбатан янги ҳисобланади?
Xalqaro huquq tizimi – xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir-biriga bog‘liq norma va prinsiplar yig‘indisi.

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling