Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Anklav va eksklav atamalari bir davlat tarkibiga kiruvchi, lekin boshqa bir davlat maydonlari bilan o‘ralgan hududlarga nisbatan ishlatiladi
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro-huquqiy javobgarlik
Anklav va eksklav atamalari bir davlat tarkibiga kiruvchi, lekin boshqa bir davlat maydonlari bilan o‘ralgan hududlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday hudud A davlatga tegishli bo‘lib, B davlat hududida joylashgan bo‘lsa, unda A davlat uchun eksklav, B davlat uchun esa anklav hisoblanadi. Bunday hududlarning paydo bo‘lishi, asosan mamlakatlar o‘rtasida o‘tkaziladigan delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlariga bog‘liq.
Dunyo bo’ylab milliy darajadagi, ya’ni boshqa davlat hududida joylashgan 50 ga yaqin anklav hududlar mavjud. O’zbekistonning Qirg’izistonda joylashgan 4 ta eksklav hududi mavjud bular: So’x, Shohimardon, Cho’ng’ara va Janguayl. O’zbekiston hududida joylashgan anklavlarga Barak va Sarvak kiradi. 20. Халқаро ҳуқуқда жавобгарликнинг қандай турлари мавжуд? Жавобгарлик ва санкция ўртасидаги фарқ нима? Санкциялар қарши чоралардан нимаси билан фарқ қилади? Мисоллар келтиринг. Xalqaro-huquqiy javobgarlik – bu xalqaro huquq normalarini va o‘z xalqaro majburiyatlarini buzgan xalqaro huquq subyekti uchun kelib chiqadigan yuridik oqibatdir. Ayni paytda, bu mazkur normalar va keltirilgan zararni qoplashni ta’minlashning yuridik vositalaridan biridir. Davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita: siyosiy va moddiy. Xalqaro-huquqiy javobgarlik huquqbuzarlik subyektini xalqaro huquqning boshqa subyektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo'yicha yuridik majburlashdir. Shu ma’noda aytish mumkinki, javobgarlik — huquqiy munosabat bo‘lib, bir tomondan, huquqbuzar zimmasiga g'ayrihuquqiy harakatlarga barham berish, huquqbuzarlik oqibatlariga chek qo‘yish yoki ularni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklasa, ikkinchi tomondan, jabrlanuvchi subyektni tilga olingan harakatlar amalga oshirilishini talab etish huquqi bilan ta’min etadi. Javobgarlikdan ko'zda tutilgan maqsadlar quyidagilardan iborat: birinchidan, potensial huquqbuzarni tiyib turish; ikkinchidan, huquqbuzarlarni o'z vazifalarini tegishli tartibda bajarishga undash; uchinchidan, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’ naviy zararni qoplash (kompensatsiya qilish); to'rtinchidan, xalqaro munosabatlarni javobgarlik boshlanishiga sabab bo'lgan voqealargacha bo'lgan darajada tiklash. Sanksiyalar – bu huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llanadigan choralardir. Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy), bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomonidan qo‘llanishi mumkin. Sanksiyalarning hajmi va turlari jinoyatning og‘irligi darajasiga bog‘liq. Masalan, agressor davlatga nisbatan quyidagi majburlov choralarini qo‘llash mumkin: suverenitetini vaqtincha cheklab qo‘yish; hududining bir qismini ajratib olish; urushdan keyingi okkupatsiya; harbiy kuchlardan mahrum qilish va qurolli kuchlar tarkibini qisqartirish yoki ularga ega bo‘lishni taqiqlash; agressor davlatning tinchlik va insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor jismoniy shaxslarni odil sudlovga tortish bo‘yicha yurisdiksiyasini cheklab qo‘yish va boshqalar. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solganlik uchun sanksiyalar va ularni qo‘llash tartibi BMT Ustavining 39-, 41- va 42-moddalarida nazarda tutilgan. Sanksiyalar majburlashning shakli sifatida faqatgina og‘ir xalqaro jinoyat sodir etilgan holda qo‘llaniladi. Ularni boshqa holatlarda qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki aslida sanksiyalar xalqaro huquqqa zid harakatlarni qasddan sodir etganlik yoki qasddan zarar yetkazganlikka qarshi javobdir. Qarshi choralarni alohida davlatlar xalqaro huquq doirasida, uning imperativ normalarini hisobga olgan holda qo'llaydi. Uning asosiy sharti qurolli kuchlarni qo'llashga yo'l qo'y-maslikdan iboratdir. Bundan tashqari, qarshi choralar inson huquqlarini, alohida xalqaro-huquqiy himoyada bo'lgan shaxslar, masalan, diplomatlarning daxlsizligini buzmasligi kerak. Qarshi choralar quyidagilarga bo'linadi: birinchidan, retorsiya — bir davlat boshqa bir davlatning o'ziga nisbatan nodo'stona, adolatga zid va tahqirlovchi, shu bilan birga, huquqbuzarlik hisoblanmaydigan xatti-harakatlarini to'xtatish maqsadida qo'llaydigan qarshi choralar. ikkinchidan, repressaliya — huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda, xalqaro huquqda qarshi chora sifatida qo'llashga ruxsat etiladigan bir tomonlama majbur qilish chorasi. U xalqaro huquqqa muvofiq amalga oshiriladi. Repressaliyalar mutanosib bo‘lmog‘i kerak: qarshi chora intensivligi bevosita maqsadga erishish uchun talab etiladiganidan ortiq bo'lmasligi shart. uchinchidan, o'zini o'zi mudofaalash — davlatning unga nisbatan jinoiy qurolli hujum, shu jumladan qurolli kuchlardan foydalangan holda uyushtirilgan hujumga javoban qo'llaydigan choralari. Qarshi choralaming ushbu turi repressaliyalarga yaqin tursa-da, qurolli kuchlardan foydalanish uchun asos bo'luvchi o'ta jiddiy huquqbuzarliklarga nisbatan chora qo'llash xususida gap borayotgani uchun, o'zini o'zi mudofaalash alohida turga ajratilgan. Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling