Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi 1969 – yil
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi 1969 – yil
2 – modda Atamalarning qo’llanilishi a) “shartnoma” davlatlar o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan, u bir hujjatda, ikki yoki bir necha o‘zaro bog’liq hujjatlarda aks etganidan qatʼiy nazar, shuningdek uning aniq nomidan qatʼi nazar, xalqaro bitimni anglatadi; 38. Халқаро шартнома мантини қабул қилиш босқичлари мазмунини тушунтириб беринг? Matnni qabul qilish. Matnni qabul qilish shartnoma mazmuniga rozilik bildirilganligining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin matnni qabul qilish uchun ovoz berishda davlat hech qanday darajada uning qoidalariga o‘zini bog‘lamaydi. O‘tmishda hamma uchun umumiy – shartnoma matni kelishuv ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin, degan qoida mavjud edi. Ko‘p tomonlama tuzilayotgan shartnomalarda ishtirok etuvchilar sonining ko‘payishi amaliyotda matnni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilishni imkoni yo‘qligini taqozo etdi. Bunda bir ovozga kelishni talab qilish demokratiya hisoblanmaydi, zero u bitta yoki bir nechta davlatning ko‘pchilik ishtirokchilarni ovozini ham yo‘qqa chiqaruvchi rozilikni to‘sib qo‘yishga olib keladi. Shuni inobatga olgan holda, Xalqaro huquq Komissiyasi bir ovoz, yaxlit kelishuv qoidasini ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar, ishtirokchilar soni uncha ko‘p bo‘lmagan shartnomalar uchun saqlab qoldi. Keng hisoblangan ko‘p tomonlama shartnomalarda esa, ishtirokchilarning uchdan ikki qismi ovoz berish qoidasini o‘rnatishni taklif etdi. Bunda kelishuv ishtirokchilari boshqa qoidalarni ham o‘rnatishlari mumkin. Bu taklif Vena Konferensiyasida xalqaro huquqning jadal rivojlanishi sifatida baholandi. Shartnoma matnini konsensus yo‘lida qabul qilinishi mumkin. Bu shartnomani ovoz berishsiz, barcha tomonlarning rozilik kelishuvlari va rasmiy e’tirozlarsiz qabul qilinishidir. Shartnoma matnini tayyorlash va uni qabul qilish. Shartnoma matnini tayyorlash xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlarda oddiy diplomatik yo‘llar orqali muzokaralar olib borish usuli bilan amalga oshiriladi. Qoidaga ko‘ra, diplomatik muzokaralar yo‘li bilan ikki tomonlama shartnomalar matnlari tayyorlanadi. Xalqaro tashkilotlarda shartnomalar matni loyihalari ulaming asosiy organlari yoki shu maqsadlar uchun maxsus tuzilgan yordamchi organlar tomonidan ishlab chiqiladi. Amaliyotda xalqaro konferensiyaning o ‘zi shartnoma matni loyihasini ishlab chiqish hollari ham mavjud. BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi Konvensiyasi bunga misoldir, uning matnini 1974-1982 yillardagi BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha konferensiyalari ishlab chiqqan. Shartnoma matni qabul qilinishi bilan, mohiyatan, davlatlar o ‘rtasidagi bu matnni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan muzokaralar tugaydi. 1969-yilgi Vena konvensiyasining 9-moddasi 1-bandiga ko‘ra, «shartnoma matni uni tuzishda qatnashgan barcha davlatlaming roziligi bilan qabul qilinadi». Shartnoma matni imzolash yoki tasdiqlash ko‘rinishida qabul qilinishi mumkin. Xalqaro konvensiyalarda shartnoma matni ulaming ish tartibi qoidalariga ko‘ra qabul qilinadi. Biroq, unda qabul qilish tartibi belgilangan bo‘lmasa, matn 1969-yilgi Vena konvensiyasining 9-moddasi 2-bandida nazarda tutilganidek, ya’ni «hozir bo‘lgan va ovoz berishda qatnashayotgan davlatlar vakillarining uchdan ikki qismining ovoz berishi yo‘li bilan» qabul qilinadi. Xuddi shunday holat 1986-yilgi Vena konvensiyasining 9-moddasida ham mavjud. Xalqaro tashkilotlar, masalan, BMTda shartnoma matnlari bu tashkilotlarda mavjud bo‘lgan qoidalarga ko‘ra qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, shartnoma matni tegishli rezolutsiya qabul qilish yo‘li bilan qabul qilinadi. Xalqaro amaliyot xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlarda shartnoma matnini qabul qilishning yangi shakli - qatnashchilar nuqtayi nazarlarini muvofiqlashtirish yo‘li va hech bir qatnashchi tomonidan rasmiy qarshilik bo'lm aganda shartnoma matnini ovoz berishsiz qabul qilish shaklini ishlab chiqdi. Shartnoma matnini qabul qilishning bunday ko'rinishi konsensus nomini oldi. 39. Халқаро ҳуқуқнинг кодификация ва прогрессив ривожланиши нима? Кодификациянинг қандай турлари мавжуд. Халқаро оммавий ҳуқуқни кодификация қилишда БМТнинг Халқаро ҳуқуқ бўйича комиссиясининг роли қандай? Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling