Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


Халқаро шартномаларнинг вақт ва ҳудуд бўйича амал қилишини ёритиб беринг. Shartnomaning vaqt bo‘yicha amal qilishi


Download 89.23 Kb.
bet21/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

40. Халқаро шартномаларнинг вақт ва ҳудуд бўйича амал қилишини ёритиб беринг.
Shartnomaning vaqt bo‘yicha amal qilishi. Aniq javob Vena konvensiyasida keltirilgan. Har bir kuchga kirgan shartnoma majburiydir. Rozilik bildirish to‘g‘risidagi bayonnoma
moddalar matni qabul qilingandan so‘ng kuchga kiradi. Bundan tashqari, shartnomani imzolagan davlatlar va tashkilotlar uni obyekti va maqsadidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan haraktlardan o‘zlarini tiyishlari lozim. Kuchga kirganidan so‘ng unga qo‘shilganlarning ham xuddi shunday majburiyati mavjud (18-modda).
Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar huquqi normalarini ishlab chiqishda xalqaro huquq Komissiyasi 1969-yilgi Konvensiyadagi orqaga qaytish kuchi to‘g‘risidagi norma ushbu holatda butunligicha qo‘llanilishi mumkin degan fikrga keldi. Tartibiga ko‘ra ushbu
Konvensiya 1969-yilgi Konevensiyaning normasini qaytarganligi sababli 1986-yilgi Konferensiyada ushbu norma ovoz berishsiz qabul qilingan. “Shartnomalar orqaga qaytish kuchiga ega emas” deb nomlangan moddaga ko‘ra, ushbu konvensiya kuchga kirguniga qadar mavjud bo‘lgan har qanday harakat yoki faktga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shartnomadan boshqacha holat kelib chiqsa istisni holati bo‘lishi mumkin. Xalqaro sud tomonidan umumiy huquq normalarini tuzishni taklif qiluvchi Vena konvensiyasi normalariga nisbatan bildirilgan fikrlar e’tiborga loyiq. Shimoliy dengizning kontenental shelfi to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorda (1969-yil) Xalqaro sud ko‘p davlatlar “Jeneva konvensiyalarining a’zosi bo‘lganligiga yoki yaqin orada bo‘lishi”ga asoslanib, quyidagi xulosaga kelgan: ular “konvensiyaning normalari o‘zlariga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, real yoki nisbiy uning
normalariga asosan harakat qiladilar”.
Ushbu normalar faqat alohida shartnoma turlariga, aynan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini belgilovchi universal konvensiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Ishtirokchilarning roziligi yangi oddiy normalarga nisbatan “opinio juris” sifatida qaralgan.
Ushbu normalar faqat belgilangan shartnomalarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Boshqa hamma shartnomalar, agar tomonlar boshqacha kelishmagan bo‘lsa, kuchga kirganidan keyin amal qiladi. O‘tmishda shartnomaga alohida tus berish uchun ular “abadiy” tuzilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda bunday shartnomalarga o‘rtacha ikki yil amal qilingan. “Huquq ifodalanishining tarixiy shakli sifatida shartnomalar o‘z tabiatiga ko‘ra abadiy bo‘la olmaydi: shu sababli abadiy muddat zamon va sharoit sezilarli darajada o‘zgarmaguncha deb talqin
qilinishi lozim”.
Ko‘pincha abadiy muddatga tinchlik shartnomalari tuzilgan. Asosan bu chegaralarni belgilashga aloqador. Ko‘p holatlarda bu shartnomalarda amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘ladi. tinchlik shartnomalarining boshqa bandlariga kelsak, ularning amla qilish muddati tinchlik, xavfsizlik va hamkorlik manfaatlaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim.
Shartnomalarning juda uzoq muddatga tuzlishi tomonlarning adolatsiz holatlarini belgilaydi. 1947-yilda AQSH va Filippin Respublikasining harbiy bazalari to‘g‘risidagi Kelishuv “99-yil muddatda amal qiladi, keyinchalik tomonlarning xohishiga ko‘ra uzaytirishi mumkin”ligi nazarda tutilgan.

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling