Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


XALQARO NIZOLARNI TINCH HAL ETISH PRINSIPI


Download 89.23 Kb.
bet23/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

XALQARO NIZOLARNI TINCH HAL ETISH PRINSIPI:
MAZMUNI

Nizolarni ogohlantirish va uni hal etish xalqaro huquqda majburiyatlarni vijdonan bajarish va suveren tenglik prinsipi asosida amalga oshiriladi


Davlatlar nizolar vujudga kelishidan xalos bo‘lishlari uchun halollik ruhida harakat qilishlari va o‘zaro nizolar mavjud bo‘lgan taqdirda uni tez va adolatli hal etishga intilishlari zarur


Har qanday xalqaro nizolar tinch yo’l bilan hal etilishi lozim


tinch yo’l bilan hal etish jarayoni davlatlarning ichki ishlariga aralashish bilan olib borilmaslik lozim.


46. Де-факто тан олишнинг халқаро-ҳуқуқий оқибатлари нималардан иборат.


Rasman tan olishning quyidagi shakllari mavjud: de-fakto (de facto), de-yure (de jure) va ad xok (ad hoc).
Yuqoridagi tan olish shakllari davlatlar va hukumatlami tan olishda qo‘llaniladi. Ular orasidagi farq tan oladigan va tan olinadigan taraflaming o'zaro munosabatlarida keltirib chiqaradigan oqibatlaming hajmida bilinadi: de-fakto tan olishda huquqiy oqibatlaming
hajmi qisqaroq bo’ladi.
De-fakto tan olish - ma’lum davlat yoki hukumatning uzoq yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilishdir. De-fakto tan olish konsullik munosabatlari o‘rnatilishiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu majburiy tarzda botlmaydi. De-fakto
tan olish keyinchalik de-yure tan olishga aylanib ketishi mumkin, bu holni diplomatik munosabatlami o‘matish va diplomatik vakolatxonalarai ochishda kuzatishimiz mumkin.

47. Халқаро ҳуқуқда моддий ва сиёсий жавобгарлик шаклларини тушунтиринг.


Davlatlaming xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita: siyosiy va moddiy.


Siyosiy javobgarlik uchun odatda huquqbuzar davlatga nisbatan majburlov choralari qo'llanadi va moddiy javobgarlik bilan uyg'unlashib ketadi. Siyosiy javobgarlikning eng keng tarqalgan shakli sanksiyalardir.
Sanksiyalar - bu huquqbuzar davlatga nisbatan ко ‘riladigan choralardir. Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy), bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomonidan qo'llanishi mumkin. Sanksiyalaming hajmi va turlari jinoyatning og'irhgi darajasiga bog‘-
liq. Masalan, agressor davlatga nisbatan quyidagi majburlov choralarini qo'llash mumkin: suverenitetini vaqtincha cheklab qo‘yish; hududining bir qismini ajratib olish; urushdan keyingi okkupatsiya; (harbiy kuchlardan mahrum qilish) va qurolli kuchlar tarkibini qisqartirish yoki ularga ega bo'lishni taqiqlash; agressor davlatning tinchlik va insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlami sodir etganlikda aybdor jismoniy shaxslami odil sudlovga tortish bo'yicha yurisdiksiyasini cheklab qo'yish va boshq.
Moddiy (iqtisodiy) javobgarlik davlat tomonidan moddiy zarar yetkazishga olib keluvchi xalqaro majburiyatning buzilishi bilan vujudga keladi. U reparatsiya, restitutsiya va substitutsiya shakllarida ifodalanishi mumkin.
Reparatsiya - bu moddiy zarami pul ifodasida, tovar va xizmat ко ‘rinishlarida qoplashdir. Reparatsiyalaming hajmi va turi odatda xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi. Reparatsiya summasi odatda urush tufayli yetkazilgan zarar hajmidan ancha kam bo'ladi. 1945-yilgi Yalta (Qrim) konferensiyasining qaroriga ko'ra Germaniyadan olinadigan reparatsiya 20 mlrd. dollami tashkil etgan.

Restitutsiya - bu urushayotgan davlat tomonidan xalqaro huquqqa zid ravishda tortib olingan va raqib hududidan olib chiqib ketilgan mulkni o'z aslida qaytarish. Masalan, 1947-yil 10-fevraldagi Ittifoqdosh davlatlar va Italiya o'rtasidagi Sulh bitimining 75- moddasiga ko'ra, Italiya «mumkin qadar qisqa muddatda Birlashgan Millatlarning har qanday hududidan olib ketilgan mulkni» qaytarish majburiyatini o'z bo'yniga olgan.
Retorsiya deb bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga nisbatan uning manfaatlariga ziyon yetkazgani uchun xalqaro huquqqa mos majburlov choralarini qo ‘llashga aytiladi. Retorsiya o'zga davlatning muayyan nodo'stona harakatlariga qarshi buzilgan huquqlami tiklashga yo'naltirilgan aniq bir davlatning javobi bo'lishi ham mumkin.
Repressaliya (harbiy bo'lmagan) - bu bir davlatning ikkinchi
davlatga nisbatan qo‘llashga haqli majburlov harakatlari. Repressaliya bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatning huquqqa zid harakatlariga qarshi buzilgan huquqlami tiklash maqsadida qo 'llanadi.
U yetkazilgan zarar bilan mos kelishi va majburlov qoniqtiradigan darajada bo'lishi lozim.

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling