Mustaqi ish


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1303251
1   2   3   4
Bog'liq
Ammoniy asoslari – aminlar, nitrillar, azotsaqlovchi geterotsiklik birikmalar

Nitrillar — organik radikallar bilan bogʻlangan bitta yoki bir necha sian guruhi —C=N ni saqlovchi organik birikmalar. N. izonitrillar + R — N = S izomerlaridir. N. nomi, odatda, karbon kislotalarining nomidan keltirib chiqariladi, bunga misol qilib atsetonitril CH3CN ni sirka kislota nitrili, adipodinitril NC(CH2)4CN ni adipin kislota di-nitrili deb atalishini koʻrsatish mumkin. N.ni sianid kislota hosilalari sifatida ham qaraladi (SN2= CHCH2CN — allilsianid va h. k.).
N. — rangsiz suyuqlik yoki qattiq moddalardir. Suvda oz, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi, elektrofillar va nukleofillar bilan taʼsirlashadi, metallar tuzlari bilan kom-plekslar hosil qiladi, aproton muhitda galogenvodorodlar bilan ham taʼsirlashadi, spirtlar va tiollar bilan imidoefirlar yoki tiomidatlar tuzlarini beradi. Karbon kislotalar bilan qizdirilgan N. imidlarga aylana-di, ammiak bilan yoki birlamchi yoki ik-kilamchi aminlar bilan amidinlar beradi, gidroksilamin amidoksim, gidrazon esa amidazon hosil qiladi. N. magniyorganik birikmalar bilan birikib, magniy almashgan ketiminlarga, ular esa gidrolizlanib (kislotali muhitda) ketonlarga aylanadi. N. fos-forning galogenli birikmalari bilan fosfazobirikmalar (iminofosforanlar) beradi. Ritter reaksiyasi orqali N.ga olefinlar yoki ularning funksional hosilalarini taʼsir ettirish yoʻli bilan amidlar olish mumkin. N.dan tetrazollar, piridin xreilalari, tri-azinlar, iminonitrillar, zanjirli ketonlar, aminobirikmalar, aldegid va boshqa birikmalar olinadi.
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi.Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling