Mustaqil ish bajardi : Ahmatov Og’abek
Download 10.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqAkhmedov
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Devon”da qo‘llangan janrlar haqida.
- E’tiboringiz uchun Rahmat
Kitobda sanab o‘tilgan 20 qabila bu bosh turkiy qavmlar nomi xolos. Ularning har biri, o‘z navbatida, mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Masalan, muallif o‘g‘uz turkmanlarning 22 qismga bo‘linishini aytib, har birining nomini keltiradi. Asar birgina tilshunoslik, etnografiya emas, tarix, geografiya, folklor va adabiyotshunoslik, hatto tibbiyot kabi bir qator fanlar nuqtayi nazaridan ham qimmatli ma'lumotlar bera oladi. Masalan, Koshg'ariy buquq (bo‘qoq) so‘zini izohlar ekan, uning kasallik sifatidagi ta’rifini beradi, tarqalish doirasini belgilaydi, patalogiyasini tasvirlaydi, naslga o‘tishiga diqqatni qaratadi.“Devon”da qo‘llangan janrlar haqida.«Devonu lug’otit-turk» («Turkiy so’zlar devoni») — Mahmud Koshg’ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11-a. ning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G’arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug’ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. «Devonu lug’otit-turk»ning qo’lyozmasi 1914 y. Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo’lyozma Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa «Devonu lug’otit-turk» yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya’ni Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko’chirilgan. «Devonu lug’otit-turk» arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo) ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bo’lmas edi. Turkiy tildagi cho’ziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshg’ariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qo’llaydi yoki so’z boshidagi cho’ziqlikni ikki alif bilan ko’rsatadi yoki ikki xil talaffuz qilinadigan so’zlarga 2 xil ishora qo’yadi: azuqluq, eritmak so’zlaridagi Z va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qo’ygan, demak, bu so’zlar o’sha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf b-n ko’rsatish mumkin bo’lmagan turkiy talaffuzni «Devonu lug’otit-turk»da izohlab, ta’riflab o’tgan. «Devonu lug’otit-turk»da, avvalo, otlar, so’ng fe’llar izohlanadi. So’zlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. Koshg'zariyning asarida Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy estetik g'oyalari tahlil qilingan va ularning asosiy xususiyatlariga e'tibor qaratilgan. Masalan, bu asarda turk xalqlarining o'zlarining milliy estetik qarashlariga ega bo'lganligi, o'zaro aloqalar va almashtirishlar yuzaga kelganligi milliy madaniyat va tarixiy yodgorliklarining muhimligi kabi mavzular muhokama qilingan. Bundan tashqari, Koshg'zariy "Devon-u Lug'at-u Turk" asarida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy, falsafiy va adabiy meroslarini o'rganishga imkoniyat beradi. Ushbu asar Markaziy Osiyo xalqlari hagida tushuncha olmoqchi bo'lgan insonlar uchun qiziqarli va foydali manba hisoblanadi. E’tiboringiz uchun RahmatDownload 10.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling