Oʼgʼil bolalar va qizlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarga
doir hazil oʼyinlar
Ishtirokchilarning talablari asosida oilaviy hayotning ikir-chikirlari bilan bogʼliq baʼzi mashgʼulotlarda intim munosabatlarga doir mavzular ham boʼladiki, bu shundoq ham zoʼr diqqat bilan qatnashayotgan ishtirokchilarni battar hayajonlantirib yuborishi mumkin. Аyni holatni hazil oʼyinlar vositasida yoʼqotsa boʼladi. Bu oʼyinlarda ular bir-birlariga iltifot qilishi, qoʼltiqlashishi, xullas oʼzlari xohlaydigan, biroq ifodalashga uyaladigan, ijtimoiy-madaniy hayotda qaysi jihatdandir yoʼl qoʼyilmaydigan xatti-harakatlarni bajarishlari mumkin. Bunday oʼyinlar umumiy kulgu ostida quvnoq va jonli oʼtadi. Shu bilan birga guruhda oʼzaro ishonch darajasi oshadi, ahillik kuchayadi.
Biroq ularni guruhda muloqot yuzasidan va taktil toʼsiqlar yoʼqotilgach, oʼzaro xayrixohlarcha munosabat vujudga kelgachgina oʼtkazish tavsiyaetiladi.
1-o'yin: «Ahvollar qalay?»
Bunda guruh a'zolari juftliklarga bo'linib, doira shaklida joylashadilar va ichkari tomonda turganlar tashqaridagilarga 30 sekund mobaynida o'z hayotlari haqida gapira boshlaydilar. Unda oxirgi paytlarda hayotda yuz byergan voqea faxrlanish obyektlari shirin taassurotlari haqida gapirish mumkin. 30 sek.dan kyeyin rollar almashinadi. O'yin gapirish va tinglash malakalarini o'zi haqida gapira olish san'atini, lo'nda va qisqa gapirish kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
2-o'yin: «Telefon o'yini».
Pastdan guruh a'zolari navbat bilan o'zi tanlagan abonyent bilan 30 syekund mobaynida o'zi hohlagan mavzuda gaplashadi. Kuzatuvchilar uning o'zini tutishi, mijoz bilan muomilasi narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o'rtasidagi yaqinlik o'zaro munosabatlarni tahlil qiladilar va kyerakli maslahatlar byeradilar.
3-o'yin: «Omma oldiga chiqish»
Bu o'yinga a'zolar oldindan tayyorgarlik ko'rishlari ma'qul. Chunki bunda ma'lum vaqt davomida notiqlik mahorati va guruhga murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish, eshitish san'atlari o'yin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |