9 - o'yin: «Intanasiya» (ohang)
O'yin maqsadi: o'qituvchilarning kommunikativ imkoniyatlari diapozonini kyengaytirish.
Guruhning har bir a'zosiga qandaydir, o'quvchiga qaratilgan maqtov so'zlarni aytish taklif qilinadi. Masalan «balli! Senda hamma narsa yaxshi bo'ladi» kabi so'zlarni aytish mumkin. Bunda aytilgan so'zlar ishtirokchi tomonidan 5 – marta turli ohangda yaxshi aytilganini muhokama qiladi. Psixolog har bir o'qituvchiga o'quvchilar bilan muloqot uchun ifodaliroq ohangni topishga yordamlashadi.
10 - o'yin: «Oyna»
O'yin maqsadi: o'qituvchilarning kommunikativ imkoniyatlarini rivojlantirish.
Gurux ishtirokchilari juft – juft bo'lib oladilar, har bir juftlikda bir boshlovchi tanladi. Ikkinchisi uning oynasi bo'ladi. Boshlovchi quli bilan kutilmagan harakatlarni amalga oshirishlari kerak. Ikkinchi ishtirokchi bu harakatlarni sinxron ravishda oynada aksini takrorlashi kyerak. O'yinchilar orasida so'z kommunikasiyada vujudga keladigan qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Psixolog ishtirokchilar e'tiborini odamlar orasida qanday individual dinamik farqlash mavjudligiga, uni to'g'ri tushuntirish va his qilish uchun suhbatdoshga qanchalik muhimligiga qaratadi. Bu o'quvchilarni tushunishda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |