Mustaqil ish Bajardi: Qosimov. Q tekshirdi: Raxmatillayev. O. Mehnat shartnomasi, uni tuzish va bekor qilish tartibi. Reja: Mehnat shartnomasi tushunchasi, uning taraflari, amal qilish tartibi
Download 39.46 Kb.
|
Qosimov Qobilbek
Mehnat shartnomasining bekor qilinishi.
Yangi Mehnat Kodeksi mehnat shartnomasi bekor qilinishi asoslarining mehnat munosabatlarini to’xtatish tashabbusi kimdan chiqqanligiga bog’liq bo’lgan faqat bitta tasnifidan foydalanadi. MKning 97-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko’ra, bekor qilinishi mumkin: -taraflarning kelishuviga ko’ra; -taraflardan birining tashabbusi bilan; -muddatning tugashi bilan; -taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra; asosidagi -mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra.
MKning 99-moddasiga muvofiq, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish xohish to’g’risida ish beruvchini ogohlantirishi kerak. Mehnat qonunchiligi o’z xohishiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilishga qaror qilgan xodimdan faqat ishdan bo’shashdan ikki hafta oldin ish beruvchini bundan xabardor qilish majburiyatini nazarda tutadi. Agar ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim Bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo’lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o’z kuchini yo’qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiqbekor qilishga esa yo’l qo’yilmaydi. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish xohishini qo’shimcha ariza berib tasdiqlashi lozim. Agar ogohlantirish muddatining tamom bo’lishi xodim ta’tilda bo’lgan kunga yoki vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan kunga to’g’ri kelsa, bu sabablar mehnat shartnomasini bekor qilishning ogohlantirish muddatini uzaytirishga sabab bo’lmaydi. MKning 99-moddasiga binoan, xodim o’z istagiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilishning ogohlantiruvchi muddati mobaynida o’ylab ko’rishi va berilgan arizani qaytarib olishi mumkin. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish qat’iy belgilangan tartibga rioya qilishni talab etadi. MKning 100-moddasiga muvofiq, quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi: 1)texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati)yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi; 2)xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra, bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi; 3) xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi; 4)xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi; 5)o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko’ra, o’rindoshlik ishi cheklanishi sababli o’rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi; 6)mulkdorning almashishi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi. Yangi Mehnat Kodeksida mustahkamlangan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to’g’risida xodimni oldindan ogohlantirish mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda muhim kafolat hisoblanadi. Bunday oldindan ogohlantirishning asosiy maqsadi mehnat shartnomasi bekor qilinishidan oldin xodimga ma’qul ish izlash imkonini berishdan iborat ekanligidan kelib chiqib MKning 102-moddasi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqida ogohlantirish muddati davomida, mehnat munosabatlari xodimning aybli xatti-harakat sodir etganligi munosabati bilan bekor qilish to’g’risidagi ogohlantirishlarni istisno etganda, xodimga boshqa ish qidirish uchun, ish haqi saqlangan holda, haftada kamida bir kun ishga chiqmaslik huquqqini beradi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning barcha hollarida, aybli harakatlar bilan bog’liq hollaridan tashqari, xodimga kamida o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi kerak. Download 39.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling