Mustaqil ish Bajardi: Qosimov. Q tekshirdi: Raxmatillayev. O. Mehnat shartnomasi, uni tuzish va bekor qilish tartibi. Reja: Mehnat shartnomasi tushunchasi, uning taraflari, amal qilish tartibi


Download 39.46 Kb.
bet8/10
Sana29.12.2021
Hajmi39.46 Kb.
#183704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qosimov Qobilbek

Tomonlarning kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish. MK 97-moddasi 1-bandiga ko’ra, tomonlarning mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi istagi masalan, xodimning tegishli arizasi va unga yaqin ya’ni arizaga ish beruvchi imzosi (rezolyutsiyasi) shaklida bo’lishi mumkin. Xodimning o’z ixtiyori bilan mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi arizasidan farqli ravishda (ma’lumki, bu arizadan muddao-xodim mehnat shartnomasini to’xtatish haqida ish beruvchini xabardor qiladi va bu o’rinda xodimning niyatiga rad javobi bo’lishi mumkin emas), tomonlar kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi xodim arizasida mazkur asosga ko’ra, mehnat munosabatlarini to’xtatish imkoniyati haqidagi masalaning ish beruvchi tomonidan ko’rib chiqilishi xususidagi xodimning iltimosi bayon etiladi. Bu holda ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini to’xtatishga rozilik berishi yoki uning iltimosini qondirmasligi mumkin. Tomonlarning roziligi bilan mehnat shartnomasini to’xtatishga ish beruvchi rad javobi berganida, bu xodimni o’z ixtiyori bilan mehnat munosabatlarini to’xtatish huquqini mahrum etmaydi. Tomonlar kelishuvi bilan mehnat munosabatlari to’xtatilayotganida mehnat shartnomasini to’xtatishning aniq sanasi ham xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. Mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra istalgan vaqtda to’xtatilishi mumkin. Demak, tomonlar mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risida bitimga kelsalar, bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlar bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlari xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda, u ta’tilda (mehnat ta’tilida, o’quv ta’tilida, homiladorlik va ko’zi yorish ta’tilida, yosh bolaga qarab turish uchun ta’tilda bo’lganida, ish haqini olmasdan ta’tilga chiqqanida va shu kabi hollarda) bo’lganida, shuningdek, xodim ishda bo’lmagan boshqa davrlarda, mehnat munosabatlari to’xtatilishi mumkin. Agar ko’rib chiqilayotgan asosga ko’ra, mehnat shartnomasi xodimning kasalligi davrida to’xtalgan bo’lsa, bu holda xodimga tuzalishiga qada rvaqtincha ishga, layoqatsizligi uchun yoki nogironlik belgilanganiga qadar nafaqa to’lanadi.

Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish. Muddatli mehnat shartnomasi muddati o’tishi bilan bekor qilinishi mumkin. Ammo, bundan muddatli shartnomani faqat shu sababga ko’ra, bekor qilish mumkin ekanda, degan xulosani chiqarmaslik kerak. Mehnat kodeksida noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi qanday asoslarga ko’ra to’xtatilsa, xuddi shunday asoslarga binoan, muddatli mehnat shartnomasi ham bekor qilinishi nazarda tutilgan. Muddatli mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan, muddati tugatishga qadar istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, xodimning tashabbusi bilan muddati tugamasidan mehnat munosabatlari to’xtalishi mumkin. Buning uchun, noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishda bo’lganidek, xodim ish beruvchini ikki hafta ilgari ogohlantirishi kerak. Ish beruvchining tashabbusi bilan ham muddatli mehnat shartnomasi muddatidan ilgari to’xtatilishi mumkin. Ammo, qonuniy asoslar bo’lganidagina ish beruvchiga shunday huquq beriladi (korxonaning tarqatib yuborilishi, xodimlar sonining o’zgarishi, xodimning bajarayotgan ishga nomunosibligi, xodim mehnat burchlarini buzishi va shu kabilar). Muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, muddati tugashi bilan har ikki tomon, garchi bir tomon istagiga qarshi bo’lsa-da, mehnat munosabatlarini to’xtatishga haqlidir. Shartnoma muddatining tugashi belgilab olinishi uchun turli variantlardan foydalanish mumkin. Bular orasida eng oddiysi shartnoma tugashining aniq sanasini ko’rsatishdir. Masalan, «1997 yilning 5 iyuliga qadar». Ikkinchi variant ham murakkab emas, bunda xodim ishga muayyan muddatga qabul qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi 1996 yilning 4 yanvarida uch yillik muddat bilan tuziladi. Demak, uning muddati uch yil o’tib, xuddi ana shu sanada, ya’ni 1999 yilning 4 yanvarida tugaydi. Agar mehnat shartnomasi asosiy xodim yo’qligida tuzilgan bo’lsa, uning muddatini aniqlash bir qadar murakkab bo’ladi, chunki ko’pincha uning aniq qaytish vaqtini belgilashning imkoni bo’lmaydi. SHu boisdan ham, quyidagilar MKning 105-moddasi uchinchi qismida yozib qo’yilganligi bejiz emas: xodim yo’qligida (agar uning ish joyi va lavozimi saqlanib qolayotgan bo’lsa) mehnat shartnomasi mazkur xodim ishga kelgan kundan boshlab to’xtatiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun MK 105-moddasiga ko’ra, xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasining yoki boshqa vakillik organining roziligi talab qilinmaydi. Mehnat shartnomasini beor qilishda nafaqa to’lash amaldagi qonunda nazarda tutilmagan. Biroq, korxonaning jamoa shartnomasida yoki bevosita mehnat shartnomasida shartnoma muddati tugashi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimga moddiy madad berishning turli yo’llari ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnat kodeksi muddati tugalaganligi sababli muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishda homilador ayollarga va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga qo’shimcha kafolatlarni ko’zda tutadi. Muddati tugaganligi sababli homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ularni albatta, ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu mehnat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.

Mehnat shartnomasining taraflar, ietiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar bo’yicha bekor qilinishi. MK 106-moddasining 1-bandiga ko’ra, xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Ana shunday asos bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimga oylik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi. Harbiy xizmatga chaqirilgan, lekin keyinchalik zahiraga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o’tmagan bo’lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega. Ana shu xodimga to’langan ishdan bo’shatish nafaqasi qayta undirib olinmaydi. Sud hukmi (qarori) chiqarilgan xodim bilangina mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish zarurki, sudning hukmi ikkita majburiy shart bo’lganda, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanadi. Birinchidan, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi shu ishni davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoni ko’zda tutishi kerak. Bunday jazolar qatoriga quyidagilar kiradi: ozodlikdan mahrum qilish, qamash, ish joyidan boshqa joyda ahloq tuzatish ishlari, muayyan lavozimni egallashdan yoki muayyan faoliyat bilan shug’ullanishdan mahrum etish. Agar sudning hukmi bo’lishiga qaramasdan, xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish qonuniy, deb tan olinishi mumkin emas. Masalan, xodimga nisbatan asosiy ish joyida ahloq-tuzatish ishlari tarzida jazo chorasini qo’llash, jarima solish, shartli ravishda qamash.


Download 39.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling