Mustaqil ish Bajardi: Ziyoyidinova Mastura Tekshirdi: Sharipov
Topilgan elementni ro„yhat boshiga qo’yish orqali qayta tartibga keltirish
Download 0.69 Mb.
|
Ma\'lumotlar tuzilmasi (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transpozitsiya usuli
Topilgan elementni ro„yhat boshiga qo’yish orqali qayta tartibga keltirish
Topilgan element rasmdagidek birdaniga ro’yhat boshiga joylashtiriladi. Tuzilmadan har safar birorta element izlab topilsa va u ro„yhat boshiga olib borib qo’yilaversa, natijada oxirgi izlangan elementlar ro’yhat boshiga joylashib qoladi va biz oxirgi vaqtlarda izlangan elementlarni tez izlab topish imkoniga ega bo’lamiz. Boshida q ko„rsatkich bo’sh, p esa ro’yhat boshini ko’rsatadi; p ikkinchi elementni ko’rsatganda, q birinchini ko’rsatadi. Ro’yhat boshi ko’rsatkichi (table) birinchi elementni ko„rsatadi. Ro’yhatda key kalitli element topilsa, u p ko’rsatkich bilan, undan oldingi element esa q ko’rsatkich bilan belgilanadi. Shu topilgan p elementni ro„yhat boshiga joylashtiriladi. Misol: node *q=NULL; node *p=table; while (p !=NULL){ if (key == p->k){ if (q == NULL) { //o‘rinlashtirish shart emas search = p; exit(0);} q->nxt = p->nxt; 102 p->nxt = table; table = p; exit(0);} q = p; p = p->nxt;} search = NULL; exit(0); Transpozitsiya usuli Ushbu usulda topilgan element ro’yhatda bitta oldingi element bilan o’rin almashtiriladi. Agarda mazkur elementga ko’p murojaat qilinsa, bittadan oldinga surilib borib natijada ro’yhat boshiga kelib qoladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, tuzilmada ko’p murojaat qilinadigan elementlar ro’yhat boshiga bitta qadam bilan intiladi. Ushbu usulning qulayligi u nafaqat ro’yhatda, balki tartiblanmagan massivda ham samarali ishlaydi (sababi faqatgina ikkita yonma-yon turgan element o’rin almashtiriladi). p – ishchi ko’rsatkich q – yordamchi ko’rsatkich, p dan bitta qadam orqada bo’ladi s – yordamchi ko’rsatkich, p dan ikkita qadam orqada bo’ladi Biz tomonimizdan topilgan uchinchi element ro’yhat boshiga bir qadam suriladi (ya’ni ikkinchi bo’lib qoladi). Birinchi element ko’rsatkichi uchinchi elementga joylashtiriladi, ikkinchi element ko’rsatkichi to’rtinchi, shunday qilib uchinchi element ikkinchi joyga joylashib qoladi. Agar mazkur elementga yana bir bor murojaat qilinsa, u holda u ro„yhat boshida bo’lib qoladi. Misol: node *s=NULL; node *q=NULL; node *p=table; while (p != NULL){ if (key == p->k){ //transponerlaymiz if( q ==NULL){//o‘rinlashtirish shart emas search=p; exit(0);} q->nxt=p->nxt; p->nxt=q; if (s == NULL) table = p; else s->nxt = p; search=p; exit(0);} s=q;q=p; p=p->nxt;} search=NULL; exit(0); Bu usullarni yanada samaradarroq qilish mumkun.Optimallashtirishning xam o’z mezonlari bor. Bular: kalitlarni taqqoslashlar soni; dasturning ishlab chiqishga ketgan vaqt; dasturni ishlashi uchun ketgan vaqt; talab qilinadigan xotira xajmi. Qidiruv algoritmlari ishlab chiqilayotganida, ko’proq, jadvaldagi kalitlarni taqqoslashlar soniga (C) e’tibor qaratiladi. Sababi qadamlar soni kam bolsa unga ketgan vaqt xam xam xotiradan oladigan joyi xam kamroq bo’ladi. Yuqorida organgan usullarning samaradorligi quydagicha: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling