Mustaqil ish ekalogiya fanidan
Download 1.45 Mb.
|
1422721475 60029
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi
- 3. Biokos modda. Atmosfera.
- Biosfera – Yer geologik qobig‘ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarqalgan qismi.
- Аtmоsfеrаning tuzilishi vа tаrkibi.
- Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar
- E’tiboringiz uchun rahmat
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim VazirligiIslom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Tehnika Universiteti Olmaliq FilialiMUSTAQIL ISHEkalogiya fanidanBajardi: Berdiev A.A 7s-18 KEMQabul qildi:Olmaliq – 2020yilBiosferaReja:1. Biosfera, uning tarkibi va xossalari2.Tirik modda. Biogen modda.3. Biokos modda. Atmosfera.Gidrosfera. Litosfera4. Biosfera va uni muhafaza qilish.Biosfera (grekcha bios-hayot va sfera-shar)- Yerning tirik organizmlar tarqalgan tirik qobig‘i. Biosfera to‘g‘risida ta’limotni rus olimi V.I. Vernadskiy yaratgan. Biosfera faqat tirik organizmlarni emas, balki ular yashaydigan muhitni ham o‘z ichiga oladi. SHuning uchun biosferani barcha ekosistemalar, ya’ni biogeotsenozlar majmui deyish mumkin. Biogeotsenozlar biosferaning elementar tarkibi hisoblanadiBiosfera tarkibi. Biosfera tirik modda, biogen modda va biokos moddadan tashkil topgan. Biosferaning tirik moddasini barcha tirik organizmlar (o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar), biogen moddasini tirik organizmlar hosil qilgan mahsulotlar, (torf, neft, toshko‘mir, marmar), biokos moddasini atmosfera, litosfera va gidrosferaning moddalar va energiya almashinuvi orqali tirik organizmlar bilan bog‘langan qismi tashkil etadi.gazsimon atmosfera suyuq gidrosfera qattiq jinslardan tashkil topgan litosfera o‘rab turadi Planetamizni uchta geologik qobiq Biosfera – Yer geologik qobig‘ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarqalgan qismi.Biosfera chegaralariYer planetasida tirikorganizmlar tarqalganchegara biosferachegarasihisoblanadi.Yer yuzidan tahminan 20 km balandlikdagi azon qavati hisoblanadi. Ozon qavati quyoshdan kelayotgan er yuzidagi tirik organizmlar uchun juda xavfli bo‘lgan qisqa to‘lqinli uzun ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Tirik organizmlar atmosferaning yer yuzasi-litosferaga yaqin qismida ko‘p va xilma-xil bo‘ladi.Gidrosferada tirik organizmlar barcha chuchuk va sho‘r suvli havzalarda tarqalgan. Dunyo okeanining 10-11 km chuqurligida ham ayrim hayvonlar yashaydi. Lekin tirik organizmlar sayoz, yaxshi isiydigan suvlarda, dengizlar suvining yuza qismida, qirg‘oqqa yaqin joylarda xilma-xil bo‘ladi. Biosferaning biokos moddasi gazsimon suyuq va qattiq jinslar - tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan jinslardan iborat. Litosferada hayot izlari Er yuzasidan 3,5-7,5 km chuqurlikkacha tarqalgan. Lekin tirik organizmlar erning bir necha metrgacha bo‘lgan yuza qismi tuproqda xilma-xil va ko‘p bo‘ladi. Litosferadagi hayot chegarasi erning chuqur qatlamlaridagi yuqori harorat bilan belgilanadi AtmosferaYerning gazsimon qobig‘i, tarkibi asosan azot (78,09), kislorod (20,45%), oz miqdorda argon (0,93%), karbonat angidrid (0,3%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo‘lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Erda sodir bo‘lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angidridining ta’siri ayniqsa katta.Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekrani hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Kislorod o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid, azot va suv bug‘lari ko‘p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid azot, va suv tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida ham hosil bo‘ladi.Аtmоsfеrаning tuzilishi vа tаrkibi.Аtmоsfеrа – Yеrning хаr hil bаlаndlikidа o’rаb turgаn gаz qоbig’idir, uning mаssаsi 5,9 *1015 t. Qоbik jоylаshishi vа hаrоrаtigа qаrаb bir nеchа qаtlаmgа bo’lingаnYеrgа eng yaqin qаtlаmning nоmi trоpоsfеrа: bu qаtlаmning bаlаndligi o’rtа kеngliklаrdа dеngiz sаthidаn 10-12 km, ekvаtоr ustidа 16-18 km, qutblаrdа 7-10 km tаshkil etаdi. Hаvо hаrоrаti хаr 100 mеtrdа 0,6° S kаmаyib bоrаdi vа +40°S dаn -50°Sgаchа o’zgаrаdi. Bu qаtlаmning 9-10 km bаlаndligidа iqlim shаrоitlаri hоsil bo’lаdi. Аtmоsfеrаning bu qismidа yog’inlаr, qоr, yomg’ir, do’l shаklidа pаydо bo’lаdi vа sеl yog’ib dоvullаr hоsil bo’lаdistrаtоsfеrа
Strаtоsfеrаdаn kеyin 50 km yuqоridа, mеzоsfеrа jоylаshgаn. Bu еrdа hаrоrаt yanа kаmаyadi, 80 km bаlаndlikdа hаrоrаt -70.°S gа tеng. Mеzоsfеrаdаn kеyin еrdаn 80 km bаlаndlikdа tеrmоsfеrа jоylаshgаn, uni jоylаnish yuqоri chеgаrаsi аniqlаnmаgаn, undа hаrоrаt judа yuqоrilаb 500-600 km bаlаndlikdа +1600.°S bo’lаdiBu еrdа gаzlаr judа hаm siyrаklаshgаn, mоlеkulаlаr bir – biri bilаn judа kаm to’qnаshаdi vа undа jоylаshgаn jismlаrni isitа оlmаydi. Аtmоsfеrа bоsimi bаlаndlаshgаn sаyin kаmаyib, hаvо siyrаklаshib bоrаdi, 90% аtmоsfеrаning mаssаsi еr ustki qismining 16 km bаlаndligidа jоylаshgаn bo’lаdi. Еrdаn eng uzоq аtmоsfеrа qаtlаmi ekzоsfеrа 800-1600 km. Undа gаz аtоmlаri (аsоsаn vоdоrоd vа gеliy) kоsmоsgа chiqishi аniqlаngаn.GidrosferaErning suyuq qobig‘i;-biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim omil hisoblanadi. Suvning asosiy qismi (95%) dunyo okeanida saqlanadi. Okeanlar er yuzasining 70% ini tashkil etadi. Ulardagi suv zahirasi 1300 mln. kub kilometrni, ko‘l va daryolarda esa 0,182 mln kub kilometrni tashkil etadi.Suvda ko‘p miqdorda kislorod va karbonat angidrid gazlari erigan bo‘ladi. Suvda erigan karbonat angidrid miqdori atmosferadagiga nisbat 60 marta ko‘p bo‘ladi. Kislorod suvdagi organizmlarning nafas olishi uchun zarur. Karbonat angidrid gazi esa suv o‘tlarining fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Suvda erigan kislorod va karbonat angidrid miqdori suv haroratiga va undagi tirik organizmlar tarkibiga bog‘liq. Odatda bir muncha sovuq suvlar kislorodga boy bo‘ladi.Gidrosfera litosfera rivojlanayotgan geologik davrda undan juda ko‘p miqdorda suv bug‘lari ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘lgan.LitosferaErning tog‘ jinslari va tuproqdan iborat qattiq geologik qobig‘i, organizmlarning asosiy qismi litosferaning sirtqi g‘ovak qatlami-tuproqda hayot kechiradi. Tuproqning qalinligi bir necha metrdan oshmaydi. Tuproq tog‘ jinslari emirilishi natijasida hosil bo‘ladigan mineral moddalar hamda organizmlar hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan organik moddalardan iborat. Tuproqning hosil bo‘lishi va unumdorligi tirik organizmlarning faoliyati bilan bevosita bog‘liq. SHuning uchun tuproq biokos modda hisoblanadi.Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar
O‘simliklar biosferadagi turlar sonining 21% ini tashkil etadi. Lekin ular umumiy biomassaning 99% ini hosil qiladi. Hayvonlardan 96% i umurtqasizlar, 4% i umurtqalilar hisoblanadi. SHunday qilib, evolyusion rivojlanishning eng quyi tabaqasida turgan hayvonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tirik organizmlar biomassa biosfera notirik moddasi massasining 0,01-0,02 % ini tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan tirik organizmlar er yuzasidagi geokimyoviy jarayonlarda asosiy o‘rin tutadi. Organizmlar moddalar va energiya almashinuvi uchun zarur bo‘lgan moddalarni atrof muhitdan oladi. Juda katta miqdorda tirik materiya hosil bo‘lib, oziq zanjirida qayta o‘zgaradi, chirib parchalanadi. O‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyati tufayli Er biomassasining 10% har yili qayta hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar hosil qiladigan bir yillik mahsulot quruq organik moddalar hisobidan 232,5 mlrd tonnani tashkil etadi. Buning uchun ular organizmida kechadigan jarayonlar uchun 46 mlrd tonna karbon, 68x109 tonna suv, 6x109 tonna azot, 2x109 tonna fosfor, shuningdek kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir va boshqa elementlar jalb qilinadi.E’tiboringiz uchun rahmatDownload 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling