Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: mirzo abdulqodir bedil falsafasi


Download 0.99 Mb.
bet2/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1058395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xurshida Abdullayeva . Falsafa

Mirzo Abdulqodir Bedil haqida.


mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug’ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug’ri keldi. Bedil ko’p asarlar yozib qoldirdi: «CHor unsur» («To’rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («maorifat»), «Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar.
Borliq haqida taolimot. Bedil SHarq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) anoanasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo’q. U panteistik aqidaga ega bo’lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi: - «Barcha ashyolarda ularning bo’lakchalari o’zgarganligi sababli, yangi narsa kelib chiqadi: - bu ajoyib sirli hodisa zaruriyat yuzasidan ro’y beradi, bu zaruriyat ashyolarning o’zida va ular orasidagi o’zaro munosabtalarda mavjud bo’ladi. Masalan, yog’, pilik, va olovning bir-biriga qo’shilishidan zaruriy ravishda yorug’lik kelib chiqadi»2. Dunyo o’zgarishda va doimiy harakatdadir. Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni oladi.
Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo’lsa, shakl qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo’lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»3. Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to’xtaydi. Uning fikricha, inson o’z hatti -harakatlarida erkindir. Uning o’zi qanday ish tutishligini belgilashi lozim. Bedil tabiiy zaruriyatni, tabiat qonunlarini tan oladi. Ikkinchi tomondan, u zaruriyatni ilohiy irodaning namoyon bo’lishi, deb qaraydi. Bedil sufiylarning tarki dunyochilik g’oyalarini, taqdiri azalga ishonish nazariyasini tanqid qiladi. U Hindistonda keng tarqalgan tanosux - ruhni ko’chib yurishi haqidagi aqidaga tanqidiy munosabat bildiradi, dinning baozi qoidalariga shubha bilan qaraydi. Bedil fikricha, dunyoning va insonning kelib chiqishi quyidagicha: -
Xudo tuproq, suv va olovni birga qo’shdi,
Hazillashib tartibga soldi.
Undan o’simlik o’sib chiqdi.
Rivojlanishda davom etib hayvonga aylandi,
Og’izni nutq uchun ochib-inson bo’lib qoldi.
Bilish nazariyasi. Bilishning birinchi bosqichi tashqi his-tuyg’u yordamida amalga oshadi. Aql, tafakkur bilishning mukammalroq bosqichidir. Faylasuf hissiy va aqliy bilishni yagonalikda va o’zaro aloqadorlikda qaraydi. U aqlga katta ahamiyat beradi: «Tafakkur sirli maononi tushundi, hukm ishning kelib chiqish va oqibatini idrok etdi. Agar aql uni ozmagan bo’lsa, hech kim hech narsani ko’rmadi»4. Aql bilan bilib olingan barcha narsa, insonga berkdir». Dunyoni aqlan bilishda ilm-fan katta ahamiyatga ega:
Ilm qalamini qo’lingga olmaguningcha,
Hech qanday ashyoning tasvirini chiza olmaysan.
Ilmdan boshqa nimaiki yozilgan bo’lsa,
Beomanilikdan boshqa hech narsani anglatmaydi.
Ilm hamma yerda –aqliy meoyorlarga kafillikdir,
G’alaba – faoliyat dalilidir5.
Borliqni tushunib yetishda, tabiat sirlarini bilishda falsafa muhim o’rin tutadi. Falsafa –bu hikmat, u ilm-fan sirlarini ochadi, ruhning ashyolarga bo’lgan munosbaatini o’rganadi.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Bedilning dunyoqarashida uning ijtimoiy va insonparvarlik g’oyalari muhim o’rin tutadi. Bedil mehnatkash insonni ko’ylaydi. Ayniqsa u barchani isteomol mahsulotlari bilan taominlovchi dehqonlar mehnatiga yuqori baho beradi. Uning fikricha, u baxt-saodatga erishishi mumkin. Hunari yo’q odam, arzimas va ojizdir.
Podsho va uning atrofidagilar to’kin-sokinlikda va farog’atda yashaydilar, dehqonlar esa faqirona hayot kechiradilar, ochlikdan o’ladilar, zolimlardan azob chekadilar. SHoir o’z zamonasi haqida alam bilan yozadi:
Mamlakat hokimiyat ostida qoldi:
Boyliklar ayrim shaxslar qo’lida to’plandi,
Oliy tabaqalar yerini dehqonlar haydab boshladilar,
Dehqonlarning ezilishi, chorasizligidan
Podsholar paydo bo’ldilar, takabbur davlatpanohlar.
Firoavnlar nafsi, Nasrudlar zo’ravonligi
Hayotning barcha tomonlariga yoyildi.
Oltin va kumush o’ljalar nimlaar qildi…
Saroylar qurilishi, o’zini xudo deb eolon qilishlar rasm bo’ldi6.
Ochko’z va manfaatparast kishilar boylik uchun kurashib, qurollana boshladilar va qo’shin yig’dilar. Natijada o’zaro urushlar boshlanib, begonalar yerini zabt qilish odatga kirdi. SHunday qilib, hokimiyat va davlat paydo bo’ldi:
Keskin kurash boshlandi,
G’oliblar va mag’lublar paydo bo’ldi,
Hukmronlik qilish istagi mukammallashadi,
Saltanat paydo bo’ldi7.
Bedil, o’tmishdagi ko’plab mutaffakirlar kabi, mamlakatni maorifatli va adolatli hukmdor boshqarishini orzu qilar edi. Mirza Bedil ilmning ko’p sohalari, xususan falsafa, adabiyot, sanoatshunoslik bo’yicha ijod qildi. U hind, arab, eron, ko’plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur o’zlashtirgan etuk olimdir.
Bulardan tashqari, Mirza Bedil Saodiy, Attor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning sheoriyati, dunyoqarashini puxta bilgan. Uning muhim asarlari «CHor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «G’azaliyot» va boshqalardir. Vahdati-mavjud oqimi
tarafdorlari tabiatning abadiyligini materiya va ruhning birligini tan olib, xudoni olamning o’zida deb biladilar. Mirza Bedil ana shu taolimot tarafdori edi. Bedil o’zining «CHor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida havo yotadi, deb hisobladi. Uningcha, havo abadiy, mutlaq, harakatchan, o’zgaruvchan, rangsiz va engildir. Xullas, u tabiatni ruhlantiradi, ruhlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini alohida ta’kidlaydi. Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi his-tuyg’ular bilan bog’liqligini, bilishda
inson tafakkurining qudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson o’z qilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va hunarni, ilm va kasb egallashni ulug’laydi. Ma’lumki, tanosux-ruhning ko’chib yurishiga ishonish o’sha davrda Hindistonda keng tarqalgan edi. «Hindlarning tasavvuricha, — deydi Bedil, — ruh butunlay mustaqil holatda mavjuddir va har bir narsaga, jismlarga o’tish — ko’chish qobiliyatiga ega». SHuni alohida taokidlash joizki, Bedil tanosux nazariyasining haqiqiy mohiyatini ochishga
uringan.
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo’llari, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yuksak darajaga ko’tardi, uning irqi, dini va
millatidan qatoi nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, saxiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochko’zlik, yolg’onchilik, makkorlikni qoraladi.
Xullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ijtimoiy va falsafiy g’oyalari o’sha davrda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Olim o’zining falsafiy qarashlari bilan O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi madaniy, ilmiy va
do’stlik aloqalarini mustahkamlashga katta hissa qo’shdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Qo’qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo bo’ldi. ular davrida ilm-fan, adabiyot va sanoatni rivojlantirgan baozi mutafakkirlar etishdi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling