Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: mirzo abdulqodir bedil falsafasi
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI
Download 0.99 Mb.
|
Xurshida Abdullayeva . Falsafa
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI.
Inson o’zini shaxs sifatida anglaganidan boshlab, umrining oxiriga qadar ma’naviyatini shakllantiradi, rivojlantirib boradi. Insonning o’z ma’naviyatini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoji cheksizdir. U insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi. Yoshlarni tarbiyalashda tarixiy xotira, ajdodlar tarixi, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan merosga tayanmay, uni yanada rivojlantirmay turib, o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi»1. Darhaqiqat, o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanar ekan, tarix esa xalqning milliy-ma’naviy boyligi, faxri va g’ururidir. CHor Rossiyasi Markaziy Osiyoni istilo qilishida ham ularni cho’chitgan asosiy narsa, bu turkiy xalqlarning tarixi, o’tmishi va ma’naviy merosi edi. Bu haqda Chor Rossiyasining generali M.G.CHernyaev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirgan fikri bunga yorqin dalildir: «Bu yerda har qanday qo’shinni to’zg’itib yuboradigan bir qudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmish xotirasi... Demakki, turklarning birgina o’zini yengish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini ham yengmoq kerak»2 - deb yozadi. Totalitar tuzum mafkurasini xalqimiz boshiga keltirgan eng katta zarardan biri ham xalqimizni tarixidan, o’zligidan judo qilish yo’lidagi siyosati bo’ldi. Mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish davrida o’zlikni anglashning o’ziga xos ko’rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo’lmaydi. CHunki yuksak rivojlangan jamiyat o’zligini anglagan shaxslardan tarkib to’adi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganida, uning mustaqil tafakkurga, ehtiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o’zgalar va butun borliq oldidagi mashuliyat tuyg’usiga ega ekanligi nazarda tutiladi1. Darhaqiqat, shaxs ma’naviyatini shakllantirishning muhim bosqichi, zaruriy sharti insonning o’z-o’zini anglashidan boshlanadi. O’zlikni anglash esa tarixni bilishdan boshlanadi. Zero, prezidentimiz tahbiri bilan aytganda «O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q»2. Ma’naviyat o’zlikni anglashdir. O’zligini anglab yetgan inson - ma’naviy yetuk shaxs. Uning barcha insoniy fazilatlari qalbidagi ma’naviyat nurining jilolaridir. O’zbek xalqining xolislik, insoflilik, iymon, diyonat, uyat, or-nomus, halollik, ishbilarmonlik kabi axloqiy qadriyatlari jahon xalqlari orasida ham keng tarqalgan bo’lib, millatimizning umuminsoniy qadriyatlariga xayrixoh ekanligini ko’rsatib kelgan. Afsuski, bolg’sheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, tahqirlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urunishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi. Prezident Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li»1 asarida O’zbekiston taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezonlar sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga alohida e’tibor berilgan. Unda inson’arvarlik, insoninng hayoti va shaxsiy daxlsizligi, shonsharafi va qadr-qimmati, xalqlarning madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan sanhat asarlarini izlab topish, O’zbekistonga qaytarish, xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, Respublika hududida yashovchi xalqlarning milliy madaniyatlari va tillariga o’zaro hurmat bilan munosabatda bo’lish, hurfikrlilik, vijdon va din erkinligi qadriyatlarini qaror toptirish, ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish va boshqa shu kabi qadriyatlarga davlat siyosati darajasida qaralganligi muhim ahamiyatga egadir1. Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlarini poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash, umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Yoshlarni o’zligini, milliy o’zligini anglashida, ularning ijodiy kuch va imkoniyatlari, qobiliyatlarining kamol to’ishida qadriyatlarning ahamiyati kattadir. Ularni yoshlarimizning ehtiqodiga aylantirish uzluksiz amalga oshiriladigan jarayondir. Insonning eng katta orzusi baxtli va farovon hayotdir. Bu hayotiy haqiqatni hech kim inkor etmasligi shubhasiz. Baxt va farovonlik o’z-o’zidan amalga oshadigan hodisa emas, albatta. Adolatli, inson’arvar jamiyatda insonning ana shu orzu-umidlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’ladi. O’zbekiston o’z erki va ozodligini qo’lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, xalqimizning baxtli va farovon turmushi uchun shart-sharoitlar yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. SHu maqsad yo’lida davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning O’zbek modeli bugun bosqichma-bosqich,izchillik bilan amalga oshirilib bormoqda. Eng muhim vazifa shundan iboratki, oldimizga qo’ygan ulug’ va buyuk maqsadni amalga oshirishda mamlakatimizning qariyb 64 foizini tashkil etuvchi yoshlarimizning iqtidori, intelektual salohiyati, ma’naviy barkamolligiga bevosita bog’liqdir. Tarixiy adabiyotlarimizning aksariyatida jamiyat taraqqiyoti komil insonlar bilan belgilanishi aks etgan. Shu nuqtai nazardan qaraganimizda komil inson, barkamol avlodni tarbiyalash jamiyatimiz oldidagi muhim va dolzarb vazifa ekanligiga yana bir bor iqror bo’lamiz. prezidentimiz tomonidan 2010 yilni «Barkamol avlod» yili deb ehlon qilinishida ham o’ziga xos mahno bor. Yurtboshimiz tahbiri bilan aytganda, avvalo, biz, yahni xalqimiz va davlatimiz, har qaysi inson nimaniki o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lmaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha oliyjanob harakatlarimizning negizida nima turadi? Bu savolga hammamiz tabiiyki, barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi, degan fikrlari ham ayni haqiqatdir1. Davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan barkamol avlod tarbiyasi uchun qabul qilingan dasturda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun 2010 yilda barcha moliyalash manbalari hisobidan 8 trillion so’m atrofidagi mablag’ ajratilganligi olidimizda turgan vazifaning naqadar mashuliyatli ekanligidan dalolat beradi. Barkamol avlod tarbiyasining muhim omillaridan biri axloqiy qadriyatlar, desak mubolag’a bo’lmaydi. CHunki axloqiy mezonlar bilan bezangan insongina buyuk ishlarga qodir bo’ladi. Agar tariximizga e’tibor beradigan bo’lsak, buyuk alloma va faylasuflarimizning asarlarida ham jamiyat boshqaruvi, bola tarbiyasi masalasida avvalo axloqiy qadriyatlar ilgari surilganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, eng qadimiy tarixiy, diniy va falsafiy manbalarimizdan bo’lgan «Avesto»da «ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal» g’oyasini ilgari surilishida ham axloqiy qadriyatlarning inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar muhimligi ko’rinadi. Ulug’ bobokalonimiz Yusuf Hos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari bundan bir necha asr avval yaratilganiga qaramay, ushbu manbada ham axloqiy qadriyatlar masalasi jamiyat hayoti uchun qanchalik muhim ekanligi aks etgan. Bu kitob Qoshg’arda yozilib, Mashriq ‘odshohi Tavg’achxon huzuriga keltirilgach, podshoh uni taqdirlab, o’z saroyida hos hojib lavozimiga tayinlagan. SHuning uchun u Yusuf Hos Hojib nomi bilan mashhur bo’lgan. «Qutadg’u bilig»da biri – adl, ikkinchisi – davlat, uchinchisi – aql, to’rtinchisi – qanoat, yahni bularning har biriga turkcha nom berilgan. Adlga – Kuntug’di elig nomi berilib, ‘odsho o’rnida tutilgan, davlatga Oyto’ldi nomi berilib, vazir lavozimiga qo’yilgan, aqlga O’g’dulmish nomi berilib, vazirning o’g’li o’rnida tutilgan, qanoatga O’zg’urmish nomi berilib, O’g’dulmishning qarindoshi deyilgan. Ko’rib turganimizdek, jamiyatning ravnaqi, insoning baxt-saodatga erishuvi davlatda adolat, davlat, baxt va qanoatning barqarorligi bilan tavsiflanadi. Asarda ilgari surilgan «Olamga odamzod sara mavjudot sifatida keldi, u salohiyat, bilim va zakovatga ega bo’ldi. Unga tabiat aql va ong ato qildi, so’zlash qobiliyatini berdi, uni andisha, xushxulq va go’zal fehl bilan tahminladi. Unga bilim hadya qildi, shu tufayli inson ulug’likka erishdi, zakovatlar ato qildi, shu tufayli inson chigal jumboqlarni hal qildi. Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo’l uradi. Bilimning buyukligini va zakovatning ulug’ligini anglagan, bu ikkalasiga ega bo’lgan sara kishilar ulug’likka erishadilar. Odamzotda zakovat bo’lsa nafi kattadir, bilim o’rgangan kishilar aziz va qadrli bo’ladilar»1, - degan fikr bugungi avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, go’zal xulq-atvor, aql-idrok, bilim va zakovatga ega bo’lish insonni ulug’vorlikka, aziz va qadrli bo’lishga undaydi. Ushbu fazilatlar insonni baxtli va farovon turmush kechirishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bedil ijodida yanada rivojlantirilganligini ko’ramiz. Jamiyat taraqqiyoti, mamlakatning barqarorligi, inson hayotining qadr-qimmati bevosita shu jamiyat kishilarining axloqiy qadriyatlarni qanchalik ehzozlashi, axloqiy tushunchalarga rioya qilinishi, qolaversa, axloqiy tamoyillar bilan uyg’unlashgan ilm-mahrifatning ravnaqi bilan uzviy bog’liqligini Mirzo Bedil juda yaxshi anglagan. SHuning uchun ham mamlakatni ozod, insonlarni baxtiyor, podsholarni adolatli ko’rish faylasufning orzusi edi. Qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoirning ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada 1644 yilda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan Bedil 1720 yilning 5 dekabrida Dehlida vafot etadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling