Mustaqil ish. Fonetik tarkibi o’zaro farqli bo’lgan bir necha so’z toping, ulardagi tovushlarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini tushuntirish. Namun a: Tol


Download 0.66 Mb.
bet4/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1307896
1   2   3   4
Bog'liq
Fonetika.1-kurs.3-a

10- mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni paydo bo‘lish usuliga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang.
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq bo‘lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo‘ston etar uni begumon.
Lekin Layli boshiga kelgan,
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir Shirin baxtini,
Poymol etgan u qop-qora tun.

Portlovchi


Qorishiq-portlovchi


Sirg‘aluvchi


Burun tovushlar


Titroq tovush


11- mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni un paychalarining ishtirokiga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang.
Ko‘kda yulduz uchsa nogahon
Bitdi derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g‘amni ko‘tarmak oson,
Bu ehtimol bizlar haqdadir.
Ba’zi tunlar ko‘kka tikib ko‘z
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku, yulduz,
Qulab tushsa arziydi osmon.

Jarangli


Jarangsiz


12- mashq. She’rda qatnashgan undosh fonemalarni ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tasnif qilib sxemada ifodalang.
Cho‘qqiga intilsang, tarmashgil toqqa,
Toshning tig‘lariga bardosh ber oldin.
Ko‘kkamas, oyog‘ing turgan tuproqqa
Nazar sol va so‘ngra tashlagil odim.
Cho‘qqi juda baland, sanoqli yo‘l bor:
Olis, mashaqqatli, tik, o‘nqir-cho‘nqir.
O‘zni sinab ko‘rib takror va takror,
Komil ishonch bilan cho‘qqi sari yur.

Sonorlar


Shovqinlilar


14- mashq. Tarkibi unli va faqat jarangli undoshlardangina hosil bo‘lgan so‘zlarni ajratib yozing.
Maydon, dor, gul, arzon,ariza, armiya, bayram, barometr, volida, vodiy, yengil, yetmish, jigarband, jiringlamoq, ig‘vogar, yilqichilik, maktab, sabab, tovush, karnaygul, majnuntol, maymunjon, g‘arbiy.
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling