№
|
Mustaqil ishning mavzusi
|
Mustaqil ishning mazmuni
|
Bajarish shakli
|
1
|
O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi.
|
Arxeozoy (arxey) erasida avtotrof organizmlar-ning paydo bo‘lishi. Proterozoy, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarda o‘simlik olamining xilma-xilligi va ularning rivojlanish tarixi
|
Ushbu mavzu bo‘yicha o‘quv va ilmiy adabiyotlar mazmuni bilan tanishish, mavzuning mazmun-mohiyatini o‘z ichiga olgan, rasmlar bilan to‘ldirilgan referat tayyorlash. Mavzuga oid qiziqarli, ilmiy adabiyotlarga asoslangan testlar tuzish.
|
2
|
O‘simlik hujayrasi, organoidlarning tuzilishi, bajaradigan vazifalari va hujayrada kechadigan jarayonlar.
|
O‘simlik va hayvon hujayralarining farqlari, organoidlar tavsifi, fotosintez va nafas olish jarayon-larining mexanizmi, mitoz va meyoz jarayonlari, ularning o‘xshashligi va farqli tomonlari
|
Mavzu bo‘yicha ilmiy va o‘quv adabiyotlariga asoslangan holda prezentatsiya tayyorlash, filvordlar(krossvordning bir turi) tuzish yoki mavzuning mazmunini ifoda etuvchi plakatlar tayyorlash.
|
3
|
To‘qima xillari va vazifalari.
|
O‘simliklar organizmida uchraydigan hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, asosiy, o‘tkazuvchi va ajratuvchi to‘qima(sistema)lar, ularni tashkil qiluvchi hujayralarga tavsif va to‘qimalarning funksional faoliyati
|
Mavzuga oid klasterlar tuzish, har bir to‘qima to‘g‘risida vertushka metodini ishlab chiqish; to‘qimalar mazmunini to‘liq yoritib bera oladigan referat tayyorlash (to‘qima xillari rasmlari bilan); plakatlar tayyorlash.
|