Mustaqil ish ionlovchi nurlar va ularning xususiyatlari
Download 101.23 Kb.
|
gigiena 10-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh nurining spektral tarkibi
- Ultrabinafsha nurlar
O’tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, er yuzidagi barcha jonzotlar quyosh aktivligiga ta‘sirchan degan mulohazalar ham bor. Quyosh aktivligining oshishi insonlarda uchraydigan ayrim kasalliklarni ko’payishiga va ayrim kasalliklarni esa kamayishiga sababchi bo’larkan. Masalan, quyosh aktivligini oshishi davrida gripp epidemiyasining ko’payishi va difteriya kasalining kamayishi kuzatilgan.Yana bir misol: Ko’pgina mamalakat va o’lkalarda (Afrika) chigirtkalarining ko’payib ketganligi va natijada qishloq xo’jaligiga katta zarar etkazganligi qayd etilgan. Quyosh aktivligi bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni professor Chijevskiy chuqur tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni, muayyan muvozanatdan chiqqan holda ko’rishimiz mumkin, bunday organizm uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls ham etarli, bu holda izdan chiqqan organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim kuzatilishi mumkin, bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o’zgarishi kiradi.Quyosh nurining spektral tarkibi:Quyosh nurining spektral tarkibi:
Ko’zga ko’rinuvchi nurlarKo’zga ko’rinuvchi nurlar-to’lqin uzunligi bo’yicha 760 dan 400nanometrgacha bo’lgan qismini egallaydi. Ko’rinuvchi nurlar psixofiziologik ta‘sir etish xususiyatiga xam ega. Ko’k va binafsha ranglar ruxiy siqilish va ruxiy dilxiralikka, engil va havo ranglar tinchlantiruvchi, to’q sariq va qizil ranglarqo’zg’atuvchi ta‘sir etishi mumkin. Nurlarning bunday ta‘sir etish samarasi ruxiy kasalliklarni davolashda; jismoniy kasallarni davolovchi muassasalarda davolovchi-himoyalovchi tartib o’rnatishda, sanoatda, qurilishda biror narsaga go’zallik, nafosat berishda qo’llaniladi.Ultrabinafsha nurlarUltrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana terisining keng yuzasiga tushib, to’qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid holatini o’zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor tarzda butun organizmga ta‘sir etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar organizmga so’riladi va asab tizimiga ta‘sir etadi, bu esa organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik vazifalarning nospetsifik qo’zg’atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog’, karbon suvlar va mineral tuzlar almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga teri epiteliysi to’qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. Retikuloendotelial sistemasi va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi.Download 101.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling