Mustaqil ish iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli
Pulning iqtisodiyotdagi roli
Download 91.9 Kb.
|
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI
Pulning iqtisodiyotdagi roli.
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko’rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to’laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko’rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o’rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi.9 Bu yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida ayirboshlanadigan tovar yoki mahsulotning bahosi muhim rolь o’ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo’lgan talab darajasi, sotib oluvchining to’lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir. Pul har qanday mahsulot ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.Pul shunday tarzda banklar tomonidan boshqariladigan qonunlar asosida iqtisodiyotga ta’sir etadi.Pul-kredit siyosati moliyaviy resurslar jalb qilishni,ularning samaraliroq foydalanishni,iqtisodiy aylanmadagi yo’qotishlarni kamaytirish,bitimlarni qiyinchiliksiz tuzish,ishlab chiqarish qatnashchilari bo’ysunadigan moliyaviy intizomni ta’minlaydi va aynan shu jarayonlarda pulning roli yuzaga keladi.Pul tovar xo’jaligi rivojlanishining,ya’ni xo’jalik hayoti va barcha iqtisodiy jarayonlarga muhim va doimiy ta’sir ko’rsatadigan ajralmas qismi hisoblanadi. Pul ulkan tovar massasi harakatini ta’minlaydi va kredit-moliya tizimi orqali ishlab chiqarish kuchini rivojlantiradi.SHu bilan birga pul ishlab chiqarish jarayonida turli qoida buzarliklar sababli iqtisodiyotga aks ta’sir ko’rsatadi.Pulning roli shuningdek pul jamg’armalarini yaratish va ko’paytirishda ham,shuningdek resurslarni aholidan investorlarga yetkazib berishda ham aks etadi va natijada bu mablag’lar yanayam samarali foydalanishini ta’minlaydi.Ya’ni jamg’armaning asosiy qismi jismoniy aktivlar (oltin,tovarlar)ga kiritiladi,yoki iqtisodiy o’sish nuqtayi nazaridan foyda bermaydigan iste’molga yo’naltiriladi.Bundan tashqari,bo’sh pul mablag’lari tashkil qilinmagan bozor yoki o’zini o’zi moliyalashtirish uchun kredit sifatida taqdim etiladi. Pul jamg’armalari va ularning foydalanish samaradorligini rag’batlantirish pul-kredit infrastrukturasining rivojlanish yo’liga yetib boradi.Banklar tomonidan jamg’arma egalari va investorlar o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri munosabatni yaratish pulning milliy daromadga ta’sirini ko’paytiradi. Download 91.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling