Mustaqil ish iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli


Pulning kelib chiqishi va uning mohiyati


Download 91.9 Kb.
bet2/9
Sana25.04.2023
Hajmi91.9 Kb.
#1398909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI

Pulning kelib chiqishi va uning mohiyati.

Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati tsivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funktsiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko’p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko’rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. CHunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi: - qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan; - keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo’jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo’lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo’lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. Ayirboshlash – bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. SHuningdek, natural xo’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o’tishi; ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o’zaro bog’liqligining vujudga kelishi; ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor, uning qiymat shaklining rivojlanish evolyutsiyasiga qaratiladi. CHunki, pulning vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o’rin tutadi. Pulning qiymat shakllari, asosan, beshta ko’rinishdan iboratligi e’tirof etilib, ular quyidagilardan iborat. 1

Download 91.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling