Mustaqil ish iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli
Pulni barqarorligini ta’minlash yo’llari
Download 91.9 Kb.
|
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI
Pulni barqarorligini ta’minlash yo’llari.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, pulning tovar xo’jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat.10 Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste’mol tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligini oshiradi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. CHunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, mamlakatda importining hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa o’z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo’lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko’rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko’rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o’zining faoliyatini tashkil etadi. Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi o’zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. 2017 yil 2 sentyabrь,PF-5177-son11 «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi prezident karori kabul kilindi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to’sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo’ldi. Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun alohida imtiyoz va preferentsiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida biznesni yuritishga doir teng bo’lmagan shart-sharoitlar paydo bo’ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi bo’lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo’jaligidagi roli pasayadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo’lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o’zining tegishli samarasini bermaydi. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. CHunki aholi va mijozlarning banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini banklarga muddatli omonat sifatida qo’yishga undaydi. Bu esa pulning jamg’arma vositasi va to’lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul egalariga qo’shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo’jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o’zaro olib sotish yo’li bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste’mol tovarlarga bo’lgan talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi. .Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi. .Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko’ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o’sib borishi, boshqacha so’z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo’shimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi». Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o’z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko’chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga bo’lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. .Aholining barcha shakldagi pul jamg’armalarining (omonat, naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. SHuningdek, korxonalarning jamg’armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda rekonstruktsiya qilishga imkoniyat qolmaydi. Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yo’li mavjudligi e’tirof etiladi: – umumiy talabni tartibga solish; – umumiy taklifni tartibga solish. Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash keynschilik yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko’paytirishdir. Ular o’z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning o’sishiga olib keladi, taklifning o’sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yo’nalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibga solishga qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu bevosita pul bilan bog’liq bo’lgan holat bo’lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. SHuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo’shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo’li bilan bartaraf etish lozimligini ta’kidlaydi. Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo’lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xo’jalik sub’ektlari bankrot bo’ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o’z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi. Ko’pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yo’nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga joriy etadi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsam,pulning paydo bo’lishi turli xil bosqichlarni bosib o’tgan ekan.Bu bosqichlarda pulning roli asta sekinlik bilan orta boshlagan va u mamlakat iqtisodiyoti asosini tashkil qilgan.Dastlab o’tgan zamonlarda aholi tomonidan pul va uning ekvivalentlari paydo bo’lmasdan avval ,ular o’zlarida mavjud buyumlar ya’ni ish qurollari,o’zlarining iste’molidan ortib qolgan mahsulotlarni qolganlar bilan o’zlariga kerak bo’lgan narsalarga almashishgan.Lekin vaqt o’tgan sayin bu jarayonlar bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqargan va natijada aholi boshqa yo’llarni izlay boshlashgan.Va shundan keyin dastlab oltin tangalar,keyinchalik qog’oz pullar paydo boshlagan. Hayot tarzi rivojlangan sari pulning roli va uning bajaradigan funksiyalari olimlar tomonidan e’tirof etila boshlangan.Uning muomala vositasi,qiymat o’lchovi vositasi,to’lov vositasi va jamg’arma funksiyalari pulning mohiyatini yanada ochib bergan. Pulning iqtisodiyotdagi roli haqida gapiradigan bo’lsam, pul iqtisodiyot rivojlanishi uchun tayanch vazifasini bajaradi.CHunki tovarlar ishlab chiqarish,ularni eksport-import qilish albatta pul orqali amalga oshiriladi.Bundan tashqari,aholi bo’sh pul mablag’larini ishlab chiqarishga jalb etish,banklar tomonidan ularni kerakli sohalarga yo’naltirish va mamlakatdan pul aylanmasini yaxshilash uning iqtisodini va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham,pul barqororligi va uning qadrini yaxshilash mamlakat oldidagi vazifalardan biri hisoblanadi va bu orqali o’zining dunyo davlatlari orasidagi mavqeyini oshirishga harakat qiladi.Misol uchun AQSH davlatini oladigan bo’lsak,uning milliy valyutasi ya’ni dollar jahon bo’yicha eng barqaror pul birliklaridan biri hisoblanadi va xalqaro savdoning deyarli 90%i aynan shu pul birligiga asoslanadi.Mamlakatning bu daraja yetishishiga ko’plab sabablar keltirishimiz mumkin.Misol uchun, uning iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi,inflyatsiya darajasining me’yor darajada bo’lishi va shu kabi boshqa faktorlarni keltirishimiz mumkin.Bundan tashqari,bizning mamlakatimizni oladigan bo’lsak,milliy valyutamizning barqarorligini ta’minlashimiz uchun Markaziy bank mustaqilligi ta’minlashi zarur va turli xil davlat organlari tomonidan turli cheklovlarga uchramasligi lozim.CHunki Markaziy bank olib boradigan pul-kredit siyosati pulning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Akc holda aholining banklarga bo’lgan ishonchi pasayib,turli xil boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.Misol uchun inflyatsiya.Aholi bo’sh pul mablag’larining ortib ketishi uning o’sish suratini tezlashtiradi. Download 91.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling