Mustaqil ish iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli


Download 91.9 Kb.
bet1/9
Sana25.04.2023
Hajmi91.9 Kb.
#1398909
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM

IQTISODIYOT YO’NALISHI

2 - bosqich 21.157 guruh talabasi
SHEROV ABDUJABBOR

PUL VA BANK
Fanidan
MUSTAQIL ISH

IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI


Kirish
1.Pulning paydo bo’lishi va mohiyati.
2Pulning funksiyalari va turlari.
3.Pulning iqtisodiyotdagi roli.
4.Pulni barqarorligini ta’minlash yo’llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Pul — bu umumiy ekvivalent sifatida qo’llaniladigan universal tovarning alohida turi bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul ayirboshlash, to’lov, qiymatni o’lchash, boylikni to’plash vositasi funksiyalarini bajaradigan noyob tovardir. Hozirgi iqtisodiyotda pul muomalasi amalda tovarlarning hamma turlari muomalasining o’zgarmas sharti hisoblanadi. Pul tufayli tovarlarni qiyoslash, ayirboshlashda zarur bo’ladigan qiymatning yagona mezoniga ega bo’lish mumkin.
Mavzu maksadi. Mavzu davomida pulning kelib chiqishi,uning mohiyati,turli olimlarning unga bergan ta’riflari va pulning asosiy funksiyalari,uning turlari haqida ko’proq ma’lumot beraman.Bundan tashqari uning iqtisodiyotda tutgan o’rni va pulni barqarorlashtirish yo’llari haqida ma’lumot taqdim etiladi.
Mavzu dolzarbligi. Umuman olganda pul iqtisodiyotda katta rol o’ynaydi. Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko’rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to’laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Pul to’rtta, ya’ni qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funktsiyalarini bajaradi. Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo’ladi. Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o’rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi. Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko’rsatilganda, ular uchun to’lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pul o’zining muomala va to’lov vositasi funktsiyalarini bajarmagan vaqtda jamg’arma funktsiyasini bajaradi.Pulning funktsiyalari bir – biriga bevosita bog’liq bo’lib, ular doimo bir – birini to’ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo’ladi. Pul jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.


  1. Download 91.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling