Mustaqil ish islom sivilizatsiyasining harakterli tomonlari
Download 200.46 Kb.
|
Azizbek Ne\'matov islom svilisation
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa qilib aytganda Islom dini svilizatsiyasisiz bugungi kunni tasavvur qilib bolmaydi. Bu svilizatsizya nafaqat musulmon balki boshqa butun dunyo svilizatsiyasiga oz xissasini qoshgan.
O‘rta asrlarning mashhur musulmon olimi Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima” kitobida Markaziy Osiyo va xususan, Movarounnahr haqida gapirib, ushbu hududning islomgacha ham yuksak madaniyatga egaligini, bu din kirib kelgach esa, u yanada rivojlangani, ulkan ma’rifiy tamaddunga aylangani, islom madaniyati yuqori cho‘qqiga chiqqanini tilga oladi.Ushbu qadim zamin asrlar davomida “ilmu ma’rifat o‘chog‘i” bo‘lgani, “Islom dinining quvvati” bo‘lgan Buxoro, “Yer yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan Samarqand, “Islom gumbazi” deb ulug‘langan Kesh kabi shaharlari, Xorazmiy, Termiziy, Shoshiy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy singari yuzlab allomalari bilan dunyoga mashhur bo‘lib kelganini eslamaslikning iloji yo‘q5.Ma’lumki, Qadimgi Yunoniston va Rimning fani hamda madaniyati tanazzulga uchragan davrdan to Islom borguniga qadar Evropa ko‘p asrlik zulmat qo‘ynida qolgan edi. Islom hadsiz-hisobsiz ilmlarni olib borib, Evropa xalqlarini g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi. Uyg‘onish davrini boshlab berdi. Masalan, musulmonlar Andalusiyaga hisob ilmini berishdi, «algebra», «algoritm» so‘zlari buyuk bobomiz al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liqligini butun dunyo e’tirof etadi. Hatto Rim papalaridan biri sanoqni arabchada o‘rgangani tarixdan ma’lum.Musulmonlar Evropaga texnika, astronomiya, harbiy ishga oid ilmlarni olib borishdi, porox va kompas sovg‘a qilishdi. Paxtaning inglizcha nomi «kotton» arabcha «qutun» so‘zidan, «kofe» arabcha «qahva» so‘zidan olingan. Musulmonlar Yevropaga jug‘rofiya, kemasozlik, dengizchilik ilmlarini in’om etdi. Bu esa Buyuk jo‘g‘rofiy kashfiyotlarga turtki bo‘ldi. «Kapitan» so‘zi ham arabcha «qubton»dan olingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.Islom tabobati evropaliklarga bemorlarni davolashni, shifoxonalar qurishni o‘rgatdi. Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari Yevropa dorilfununlarida 600 yil mobaynida talabalar uchun tabobat bo‘yicha yagona qo‘llanma bo‘lib kelganini butun dunyo e’tirof etadi. Islom sivilizatsiyasi bugungi kundagi boshqa sivilizatsiyalar bilan muloqot qila oladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bunday muloqot to‘laligicha bo‘lish imkoniyatiga ega. Bunga sabab sifatida birinchi galda o‘tgan o‘n to‘rt asrlik tarix buning yorqin namunasi bo‘lganini misol qilib keltirsak, ikkinchi o‘rinda islom sivilizatsiyasining xususiyatlari uni boshqa sivilizatsiyalardan aslo uzoqlashtirib qo‘ymasligini aytish zarur. U insoniyatni muloqot va o‘zaro ahl yashash tomon chorlaydi, ularni birlashish, bir-birini tushunish, izlanish va madaniy yangilanishga chaqiradi. Islom hazorasining insoniyat taraqqiyotida alohida mas’uliyati va roli bor bo‘lib, unda yangilanishni taqozo etadigan barcha hayotiy unsurlar mavjud. Chunki unga islom tabiati singdirilgan va u Yaratganning butun insoniyatga, har bir zamon va makonga mos qilib yuborgan risolatidirXulosa qilib aytganda Islom dini svilizatsiyasisiz bugungi kunni tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu svilizatsizya nafaqat musulmon ba'lki boshqa butun dunyo svilizatsiyasiga o'z xissasini qo'shgan.Bajardi;Burxonov Sardor Tekshirdi ;Ergashev Odil domlaDownload 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling