Mustaqil ish islom sivilizatsiyasining harakterli tomonlari
Download 200.46 Kb.
|
Azizbek Ne\'matov islom svilisation
Ikkinchisi, u umumbashariy sivilizatsiya sanalib, biror bir geografik mintaqa va hudud, millat yoki tarixiy davr bilan bog‘lanib qolmaydi. Balki u mutloq bashariyatga taalluqli, barcha kishilar undan foydalanishlari, unga hissa qo‘sha olishlari mumkin. Islom hazorasi insonni Alloh taoloning eng muhim mavjudoti ekanligi uqtiradi. Kishining sa’yi harakati uning baxti va farovonligiga qaratilgan bo‘ladi va bunday maqsadga erishish uchun qilingan har bir harakat Alloh yo‘lidagi “xolis amal”, deya ta’kidlanadi.Uchinchisi, ushbu sivilizatsiya insoniyatga ko‘p narsani bergan. Dastlab, islom tarqalgan paytlarda qadimiy madaniyat va ma’rifatga ega xalqlar uni qabul qildilar. Keyin islom olamida ilmu fan rivojlandi va natijada u barchaga ilm, ma’rifat, insonparvarlik, ezgulik, adolat, tenglik, fazilat va go‘zallik kabi qadriyatlarga to‘la boylikni taqdim qila oldi. Bular kishining dini, e’tiqodi, rangi, arab yoki ajamligidan qat’iy nazar barchaga teng qaratilgan edi. Chunki islom hazorasi tarqalgan hududlarda boshqa din vakillari, xoh u samoviy yoki insoniyat tomonidan yaratilgan din bo‘lsin va xoh dinsizlar bo‘lsin, ularning barchasi emin-erkin yashaganlar. Bugunga kelib ko‘plab tadqiqotchilar mavjud tuzumlar ichida musulmonlar hukmronlik qilgan hududlarda barcha din vakillari nisbatan emin-erkin yashaganligini e’tirof etib bormoqdalar.To‘rtinchisi, islom hazorasi ruhiyat va moddiyat o‘rtasini teng ushlaydi. Hech bir paytda moddiyat deb ruhiyatni tark etishga yoki uning aksiga buyurilmaydi. Chunki bu dinda haddan oshish va g‘uluvga ketish, mutaassiblik qoralanishi barobarida o‘ta bo‘sh qo‘yish, bamaylixotirlik ham tanqid qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, dunyoni deb oxiratni, oxiratni deb dunyoni tark qilishga buyurilmaydi va doimo muvozanatni ushlab turishga chaqiriladi. Shu sababli ham islom dini rivoj topgan o‘lkalarda fan, san’at, madaniyat, arxitektura va farovonlikka olib boruvchi boshqa ko‘plab sohalar rivojlangan.Beshinchisi, er yuzida hayot bor ekan, islom hazorasi ham boqiy qoladi. Chunki uning negizi islom dini ta’limotlaridan sug‘oriladi, uning davomiyligini Yaratuvchi o‘z zimmasiga olgan. Shu tufayli ham u eskirmaydi va parchalanib ketmaydi ham, unda milliylik, irqiylik va inson fitratiga qarshi chiqishlik aslo mavjud emas. Bugunga kelib uning ahamiyati jahon dinlari ichidagi eng yiriklaridan biri sifatida tobora ortib bormoqda. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, islom har doim ham musulmonlarning har bir holat va ishida aks etmasligi mumkin. Gohida musulmonlar zaiflashib qolib, nufuzi pasayib ketishi, natijada ilmu ma’rifat va boshqa sohalarda ham taraqqiyotga erisha olmasliklari mumkin. Bu esa islom sababli emas. Shuning uchun ham musulmonlarga qarab islomga baho berish to‘g‘ri emas. Chunki islom dini hargiz zaiflashmaydi, uning nufuzi va ta’siri kamayib qolmaydi, islom hazorasi yashovchandir va zamonlar o‘tishi bilan u yangilanib, bosqichlari o‘zgarib, zamon va makonga moslashib boraveradiDownload 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling