Mustaqil ish «Jamiyatni axborotlashtirish. Zamonaviy axborot texnologiyalari» mavzusidan tuzilgan mustaqil ish


Download 1.97 Mb.
bet1/7
Sana25.12.2022
Hajmi1.97 Mb.
#1066057
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atjmm

Mustaqil ish

«Jamiyatni axborotlashtirish. Zamonaviy axborot texnologiyalari» mavzusidan tuzilgan mustaqil ish.


Tuzdi:Davronova Niginabonu.

Reja:

  • Axborot kommunikatsiyalari haqida tushuncha
  • Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi.
  • Jamiyatni axborotlashtirish
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari.
  • Avtomatik axborotlar tizimi
  • ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ROLI.

Axborot kommunikatsiyalari haqida tushuncha

  • Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog'langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo'lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir.
  • Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.

Axborot tizimlari

  • Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o'zaro bog‘langan majmuasidir.Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlaiga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.

Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling