Mustaqil ish kafedra nomi: Ijtimoiy fanlar Mavzu: Ahloqshunosliknimg asosiy qoida va tushunchalari Bajardi
Ahloqshunoslikning o’ziga xos hususiyatlari va asosiy vazifalari
Download 39.18 Kb.
|
2 5201893298892973293
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Ahloqshunoslikning o’ziga xos hususiyatlari va asosiy vazifalari.
Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, me’yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat’iy amrоzini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalani bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta’minlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o‘zboshimchalikka yo‘l qo'ymaydi. Unga ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat’iy amr tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.Ikkinchi xususiyat — axloqning me’yoriylik jihati bilan bog‘liq. Me’yorlar, qonun-qoidalar, pand-o‘gitlar v.b. shakllar vositasida axloqni boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi,fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talablariga moslashtiriladi, tashqi da’vat ichki yo‘nalmaga, shaxs ma’naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzod avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me’yorlarningikki turi mavjud: xatti-harakatning yo‘l qo'yib bo‘lmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam o‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilmava h.k.) va o‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga da’vat (halol bo‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil va h.k.). Axloqning o‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o‘z xatti harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson xatti-harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umumqabul qilingan axloqiy me’yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. Shunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham ikki xil bo'ladi. Birinchisi - Ijobiy: ma’qullash, rozilik, ikkinchisi - salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. Shu bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, balki ma’naviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. Ularga alohida to'xtalib o‘tamiz. Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni butun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin etib keldik. Zotan, axloq eng avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va me’yorlar barcha mintaqalar hamda millatlar uchun bir xil ma’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostgo'ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Axloqda umuminsoniylik jihatlaridan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bo‘lgan ko‘rinishlarida - xulqiy xatti-harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, musulmon mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o‘tirish beodoblik hisoblanadi. Buning odobdan tashqari gigiyenik-ozodalik nuqtayi nazaridan ham ahamiyati bor: ovqatlanish paytida ro‘molsiz ayol yoki do‘ppisiz erkak boshidan soch tolasi, qazg'oq, chang-gard taomga yoki dasturxonga tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha, dasturxon ustida bosh kiyimni yechmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga hurmatsizlik sanaladi. Yoki amerikalik yigit a‘zi kresloda o‘tirib, oyoqlarini kuldonva ichimlik ashyolari turgan stolchaga chalishtirib tashlab, orom oladiva uning uchun bu tabiiy hodisa hisoblanadi. O‘zbek uchun esa stolga yoki xontaxtaga oyoq qo‘yib o‘tirish - o‘ta odobsizlik. Axloqning vazifalari juda ko‘p va xilma-xil. Biz faqat ularning asosiylarigagina to‘xtalib o‘tamiz. Axloqning asosiy vazifasi, eng avvalo, uning tarbiyaviyligidir. Axloqiy tarbiya inson uchun, xalqona qilib aytganda, beshikdan to qabrgacha asqotadi. Tarbiya go‘dakdagi axloqiy mohiyatni yuzaga chiqarishi uchun, unda axloqiy yo’nalmalarning, xulqva odatlarning shakllanishiga xizmat qiladi, axloqiy taqiqlarining mohiyatini bola ongiga singdiradi. Kattalarda esa оz-o’zini tarbiyalash xislatini paydo qiladi va rivojlantiradi, ularni ongli axloqiy tanlov bilanish ko‘rishga o'rgatadi. Axloqning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishdaturli xil vositalar va omillar ishtirok etadi. Jumladan, pand-o git, adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari va h.k. Insonni qadriyatlarga yo‘naltirish ham axloqning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Chunki axloqiy qadriyatlar shaxsning kamol topishida kattarol o‘ynaydi, insonga ezgulikka qarab borish va yovuzlikdan qochish yo‘lini ko'rsatadi. Mazkur vazifa qadriyatlarga asoslangan holda odamlar axloqiy xatti-harakatlarini baholash imkonini ham beradi; ularning umum qabul qilingan tamoyillar va me’yorlarga mos yoki mos emasligini belgilashda obyektivlikni ta ’minlaydi. Shuningdek, u eng yaxshi an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar hamda umumbashariy va milliy fazilatlar uyg‘unligini amalga oshirishga xizmat qiladi. Axloqning kommunikativ vazifasini ham borki, u inson munosabatlarini go‘zal taomilga aylantirishda muomala odobi, etiket singari me’yoriy qonun-qoidalar majmuini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi, mohiyatan u muomalani imkon boricha insoniy, go’zal munosabat, yoqimli aloqa sifatida ro‘y berishiga ko‘maklashadi,kishida yuksak muomala madaniyatining shakllanishiga, tilning shirin, imo-ishoraning nozik, suhbatning yoqimli bo‘lishiga olib keladi. Axloqning yana bir vazifasi esa -bilish. U insonga axloqiy bilim beradi. Shu bilim vositasida odam o‘z xatti-harakatini boshqaradi, hissiyotlarning qaysi biriga ustuvorlik berish kerak va qaysi birini sabr bilan yengish lozimligini belgilaydi, kundalik hayotda duch keladigan axloqiy muammolarni hal etishda kishiga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, axloqning bu vazifasi insonning o‘z ichki dunyosini bilish uchun kalit vazifasini o‘taydi, ayni paytda unga o‘zgalar xatti-harakatlarini axloqiy baholash imkonini ham beradi. Biz yuqorida «axloqiy boshqarish» degan iborani bir necha bir ishlatdik. Zero, axloqning eng miqyosli vazifalaridan biri boshqarish. Axloqiy boshqarish har bir alohida olingan shaxs va butun jamiyatni to’g’ri yo’lga solish uchun xizmat qiladi. U odamlardagi nafsni jilovlash, salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish, individning о’z-o‘zini boshqarishi, ijtimoiy munosabatlami axloqiylashtirish, axloqning insonparvar me’yorlarini hayotga tatbiq etish kabi masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir. Bunda odamlamin gо’zni tutishlari va o‘zaro munosabatlari jamiyat fikri hamda shaxsning axloqiy о’z-o’zini baholashi asosida, ma’qullash yoki tanbeh berish yordamida boshqariladi. Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odamzodni hayvoniy xislatlardan - zulm, zo‘ravonlik, zug‘um, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forig’ bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yog’rilib yashashi, doimo komillikka intilishiga ko‘maklashish bilan belgilanadi. Ayni paytda mazkur vazifa axloqiy qonun-qoidalar kutubxonasi hamma uchun majburiyligini, ular oldida, ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnidan qat’i nazar, barcha odamlarning teng ekanini ta’minlashga, jamiyatda obro'parvarlik (avtoritarizm) axloqini inkor etishga vainsonparvarlik (humanizm) axloqini barqaror qilishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, biz ikki bob mobaynida baholi qudrat qisqacha axloqning ichki murvatlari to‘g‘risida fikr yuritdik. Endi uning tashqim a’naviy olamda tutgan o‘rniga, undagi boshqa ijtimoiy-ma’naviy hodisalar bilan o‘zaro aloqalariga to‘xtalib o‘tamiz. Xulosa. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni koʻrsatadiki, faqat maʼnaviyat keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatlardagina adolatli jamiyat qurish va unda bir biriga mehr-oqibatli kamil insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga ezgulikka intilishi kuchli boʻladi. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi keng qamrovli bo’lib, bahs mavzuida asosiy e‘tibor inson faoliyati ekanligi, insondagi hulq, odob, axloqning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, axloqshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashda axloqiy ongning o’rni va roli kabi masalalarga to’xtaldi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Axloq muammolariga katta eʼtibor berila boshladi. Kishilararo munosabatda, oʻzaro muomalada unutilib ketgan islomiy qadriyatlar, sharqona xulq-odob qoidalari, urf-odatlar, marosimlar qaytadan rasm boʻla boshladi. Mamlakatimiz xususiy mulkchilikka, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat barpo qilmoqda. Bunday tuzumda aholining turli tabaqa va qatlamlari paydo boʻlishi tabiiy. Ular oʻrtasida qandaydir ziddiyatlar, kelishmovchiliklar boʻlishi mumkin. Ular sharq xalqlariga xos boʻlgan xulq-odob qoidalari va islomiy qadriyatlar yordamida maʼlum darajada bartaraf qilinib, umuminsoniy mazmun bilan boyib boradi. Axloq va maʼ-naviyat bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Barkamol maʼnaviyat barkamol Axloqni shakllantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar. Abdulla Sher - Ahloqshunoslik kitobi . https://islom.ziyouz.com/fatvo/islomiy-odob/axloq-ning-asl-ma-nosi. https://arxiv.uz.com/uz/ I.A.Karimov - yuksak manaviyat yengilmas kuch. Falsafa – ’quv uslubiy qo’llanma. Falsafa – 2022. Download 39.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling