Mustaqil ish kafedra nomi: Ijtimoiy fanlar Mavzu: Ahloqshunosliknimg asosiy qoida va tushunchalari Bajardi
Ahloqshunoslik fanining asosiy mezoniy tushunchalari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Download 39.18 Kb.
|
2 5201893298892973293
Ahloqshunoslik fanining asosiy mezoniy tushunchalari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi-axloqiylikbilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik-fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo‘ladi. Bu ikki qutb-tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bolgan qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, ikki illat oralig‘ida ro‘y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. Chunonchi, adolat-zulm bilan mazlumlikning, saxiylik-isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat-qizg‘anchiqlik bilan rujuning o‘rtalig‘i sifatida voqe boladi. Fazilat va illat shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularninghar biri o ‘z ichiga bir necha emas, o‘nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. Shu jihatdan axloqshunoslik barcha falsafiy fanlarichida tushunchalarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ularni avvalgi ilmiy-uslubiy adabiyotlarda, xususan, lug‘atlarda axloqshunoslik mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, axloqiy mezoniy tushunchalar, axloqiy tamoyillar, axloqiy me’yorlar, axloqiy munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo'lib taqdim etilgan. Bunday «maydalashtirish», bizningcha, shart emas. Chunki u, birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, muayyanlikdan www.ziyouz.com kutubxonasi yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlami, meyorlar bilan tamoyillarni farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini taqdim etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki, tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Natijada mazmun mo’ljallangan «o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi. Shu sababli axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan barcha tushunchalami uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb о’ylaymiz. Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan real hayot о rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo'lib, nisbatan muayyan tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o‘taydilar. Shu o‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o‘ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy onglash uchun ma’lum ma’noda material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib о’tgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e’tiborga sazovor fikr bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb yozadi:«Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazibberilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me’mor bino qurishda tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ishqila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi». Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sitatida talqin etish, Lokk va unga o‘xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin, www.ziyouz.com kutubxonasi XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G‘arb allomalari bu yo‘lning ko‘p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi - «Bardo Tyodol»ga yozgan sharhida shunday deydi: «G‘arb kishisi, «psixologik»(«ruhiy») so‘zini eshitganida, uning uchun u «bor-yo‘g‘i psixologik»tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» — qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, subyektiv va h.k. Shu sababli «ruh» (qalb) o‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni ma’qul ko'radi. Boshqabir o‘rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynanana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga ko‘rinmas in’ikosidan iboratligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong» bahsida G‘arb, ayniqsa, XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb, yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bo‘lgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. Etika (Axloqshunoslik). Bu ikkala fan shu qadar bir–biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti–harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli «Avesto», «Bibliyo» va «Qur’on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni-ichki go‘zallik, nafosatni – tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko‘rib o‘tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va ijodkor eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi. Bu in’ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqea–hodisalarga muallif nuqtai nazari orqali ro‘y berishi mumkin. Ya’ni, biror–bir badiiy asarda ijobiy qahramonlar umuman bo‘lmaydi, lekin undagi voqea– hodisalarga ijodkor o‘z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois axloqsiz badiiy asarning bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Bu ikkala fanning tadqiqot ob’ektlari orasidagi farqni birinchi bo‘lib buyuk Arastu nazariy jihatdan isbotlab bergan edi; u, ezgulik faqat harakatda, go‘zallik esa harakatsiz ham namoyon bo‘ladi, degan fikrni bildiradi. Psixologiya (Ruhshunoslik). Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. Go‘zallikni, san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l urganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. Agar ijodkor – haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o‘zi mo‘ljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o‘sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg‘ota olsa, mazkur haykal haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Sotsiologiya (Ijtimoiyshunoslik) fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, har bir san’at asari alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi–muallif qarashlarining bilvosita in’ikosi bo‘lmish uslubda o‘zini ko‘rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon o‘zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo‘lib turolmaydi. Shuningdek, yirik asarlar sotsiologik tadqiqotlar uchun o‘ziga xos material bo‘lib xizmat qiladi. Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi. Din va san’at doimo bir–birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddachilik uchun–haykaltaroshlik, nasroniylik uchun–tasviriy san’at, musulmonchilik uchun–badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum. Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san’at turlari bilan aloqadorlikda ish ko‘radi. Pedagogika fani bilan aloqadorligi. Ularning aloqadorligi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida–alohida, muxtor qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o‘quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Demak, rus nafosatshunosi M.Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo‘lsa, estetika uning strategiyasidir. Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, san’at asarida belgilar va badiiy ramzlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, estetikada tuzilmali–semiotik estetika deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o‘sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Download 39.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling