Mustaqil ish Mavzu: Aerodrom qoplamalari konstruksiyalarini tadbiq etish


Download 16.04 Kb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi16.04 Kb.
#1734293
  1   2   3
Bog'liq
Ashrafov E\'zoz Mustaqil ish 1


Mustaqil ish

Mavzu:Aerodrom qoplamalari konstruksiyalarini tadbiq etish
Reja:
1. Aerodrom qoplamasi
2. Qoplamalar kantruksiyasi
3. Aerodrom qoplamalari kontruksiyasi
Aerodrom qoplamalarini quyidagicha tasniflash mumkin: a) HK lari g‘ildiraklaridan yuk tushganda qoplamaning ishlash xarakteri bo‘yicha; b) xizmat muddati va mukammallik darajasi bo‘yicha. Birinchisini yana ikki guruh g a ajratish m u m k in : bikir , nobikir. Bikir qoplama HK lari og‘irligi va tabiiy omillar ta’sirida cho‘ziltiruvchi kuchlanishlarni qabul qila oladi. U stiga yuk tushlgan qoplama elastik asosga ega bo‘lgan plita kabi ishlaydi; qoplalmaning deformatsiyasi, odatda, elastik, plitaning gruntga bosimi kam. Qoplama o‘ziga tushgan yukni katta joyga tarqatadi, ya ni ezilib botadigan joy diametri katta, ezilish balandligi juda kichkina bo‘ladi (15.2-a rasm). Bikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: oldindan kuchlantirilgan monolit beton va tem ir-beton, oldindan kuchlantirilgan temir-beton plitalar yig‘masi, monolit temir-beton, beton va armobeton qoplamalar. Nobikir qoplamalar cho‘zuvchi kuchlarni yaxshi qabul qilmaydi. Yuklarga qarshilik qilishi tagidagi gruntning siqilishi va yon tomondan sitilib chiqish darajalariga bog'liq. Yuk ostida ezilish balandligi katta, botadigan joy diam etri kichikroq bo'ladi. Bahorgi va kuzgi toshqinlar davrida gruntga tushadigan bosim ko‘payadi, qoplamaning deformatsiyasi elastik-plastik xarakterga ega



1-rasm Qoplamalarning yuk ostida ishlash sxemasi: a) bikir; b) nobikir
boladi. Nobikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: asfalt-beton, chaqiq toshli va yopishqoq modda bilan ishlov berilgan boshqa mustahkam material; yopishqoq modda aralashtirilgan grunt va chaqiq toshli, grunt va mayda toshli. Sun'iy qoplamalar o‘zining xizmat muddati va mukammallik darajasiga qarab kapital va yengillashtirilgan turlarga bo'linadi. Kapital qoplamalar uzoqqa uchadigan HK lari uchun mo‘ljallanadi. Ularda ko‘tarilish-qo‘nish amallari ko‘p bo‘ladi va uzoq muddat xizmat qiladi. Hamma bikir va asfalt-beton qoplamalar kapital turga kiradi. 0 ‘rtacha HK lari ekspluatatsiya qilinadigan aerodromlarda yengillashtirilgan qoplama quriladi. Bunga saralangan va organik boglovchi materiallar qo'shilgan mustahkam chaqiq toshlardan qurilgan qoplamalar, xuddi shunday ishlov berilgan chaqiq tosh va mayda toshli qoplamalar, organik va noorganik materiallar qo‘shilgan, gruntli va mahalliy mineral materiallardan qurilgan qoplamalar kiradi. Kapital qoplamalar hamma yo‘l-iqlim zonalarda, gidrogeologik sharoitlari I va II tur bolgan uchastkalarda quriladi; III tur sharoitda qurilmaydi; zarurat tug‘ilib qolsa, II turga yaqinlashtirish uchun qator ishlar qilinadi: quritish, yerosti suvlari sathini pasaytirish, ko‘tarmalar qilish kabi. Qoplama yuzasini yerosti suvlari sathidan ko‘tarish kami bilan 2- jadvalda ko’rsatilgandek bo’lishi kerak. Shunda yerosti suvlari kapillarlardan chiqib, qoplama asosini namlashi ancha kamayadi.
2- jadval

Sun'iy qoplamalar qoidaga muvofiq, organik yoki noorganik bog‘lovchilarga qorilgan materiallardan to‘shalgan sun’iy asos ustiga quriiadi. II tur gidrogeologik sharoitlarda gruntli asos tuproq, qumoq. changsimon va og'ir qumoq yoki changsimon qumloqdan iborat bolsa, asos konstruktsiyasida yaxshi filtrlovchi materiallardan drenajlovchi qatlam qilinadi. Uning qalinligi, agar o‘rta va yirik zarrali qum ishlatilsa, 3-jadvaldagidek boladi




Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling