Mustaqil ish Mavzu: Aerodrom qoplamalari konstruksiyalarini tadbiq etish
-jadval Izoh: Kasr suratidagi raqam yo‘l-iqlim zonasining janubidagi hududlarda, maxrajidagi raqam - shimoliy qismida olinadi
Download 16.04 Kb.
|
Ashrafov E\'zoz Mustaqil ish 1
3-jadval
Izoh: Kasr suratidagi raqam yo‘l-iqlim zonasining janubidagi hududlarda, maxrajidagi raqam - shimoliy qismida olinadi. Keyingi yillarda yo‘l va aerodrom qurilishida rulonli materiallardan sintetik qatlamlar qilib qoplama qilish odat tusiga kirdi. Sintetik tekstil qatlamlar kiritish asosning mexanik mustahkamligini oshiradi (suv-issiqlik rejimi yaxshilanishi hisobiga); qatlam cho‘zuvchi va suruvchi kuchlarga yaxshi qarshilik qiladi. Sintetik materiallar ishlatilishi tabiiy materiallarni kam talab qiladi, tejamli, texnologiyabop, shu sababli ularni, noqulay iqlim sharoitlarida qo‘llagan ma’qul. Asos yirik zarrali materiallardan bo‘lib, bevosita tuproq, qumoq yoki changsimon grunt ustiga yotqizilsa, o‘rtada balchiq o‘tkazmaydigan qatlam ham bo‘lishi kerak, aks holda grunt ivib ketganda, loyi (balchig‘i) asos ichiga kirib, yirik zarrali materiallar bilan aralashib ketadi. 0 ‘rtadagi qatlam bogMovchi yoki boshqa material bilan qorilgan qum, shlak, tabiiy tuproqdan bo‘lishi m um kin; u namlanganda plastik qolatga o‘tmaydi; qalinligi yirik zarrali material ichidagi eng katta zarrachalik, lekin 5 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Grunti ko‘pchiydigan uchastkalarda sun’iy asoslar qurishning o‘ziga xos jihatlari bor. II va III yo‘l-iqlim zonalarida aerodrom qoplamalarini konstruktsiyalashda muzlab ko‘pchishga qarshi quyidagi tadbirlar ko‘riladi: qoplama chuqurligi tubining yerosti suvlaridan keraklicha balandligini ta ’minlash; qishda ko‘pchimaydigan, bahorda yuklarga qarshiligi kamaymaydigan gruntlardan foydalanish (qum, mayda tosh, shlak, chaqiq tosh); muzlash chuqurligini kamaytiradigan issiqlik saqlovchi qatlamlar yotqizish. U chastka grunti ko‘pchiydigan xususiyatga ega bo‘lsa, sun’iy asos qilinadi. Ko‘pchimaydigan gruntdan to‘shalgan sun’iy asos va qoplam aning, ikkalasi ko‘pchimaydigan (turg‘un) qatlam hosil qiladi. Muzlash chuqurligi I m gacha bo‘lsa, turg‘un qatlam qalinligini ham shuncha qilinadi. Muzlash chuqurligi katta bo‘lsa, ko'pchiydigan grunt qazib olinib, o‘rniga ko‘pchimaydigan grunt tashlanadi. U ning qalinligi shunday boMishi kerakki, sun’iy asos va qoplama qurilib bolgandan keyin gruntlar ruxsat etilgandan ortiq ko‘pchib ketm asin. Termoizolatsiya qatlam uchun turli materiallar ishlatiladi. Eng yaxshisi penoplast, u issiqlikni kam o‘tkazadi; suv o‘tkazmaydi. chirimaydi. U boMmasa, keramzit-beton, shlakobeton va boshqa qovak materiallar ishlatish mumkin, faqat, sharti - sovuqqa chidam li boMishi va issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti gruntnikiga qaraganda 1,5-2 marta kam boMishi kerak. Qovak va suv o‘tkazm aydigan materiallar nam boMmasligi lozim. Shuning uchun bu kabi termoizolatsiya qatlami rulon gidroizolatsiya materiallari yoki qum-bitum aralashmali qatlamlar, yoki qumli asfalt orasiga yotqiziladi. Termoizolatsiya qatlami muzlash chuqurligini shunchalik kamaytirishi kerakki, qoplamaning ko‘pchishi ruxsat etilganidan ortib ketmasin. Sun’iy qoplamalarning turi va konstruktsiyasi hisobiy yuklama toifasiga, iqlimiy va gidrologik omillarnga qarab tanlanadi va zaruriy texnik-iqtisodiy dalillar va mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyatlari ko’rsatiladi (15.3-jadval). SUQT, RY, TJ va perronlarning qoplamalariga tutash va dvigatellardan chiqadigan issiq havo va gaz oqimlariga duchor bo‘ladigan, aerodromdagi boshqa transport va m exanizatsiya vositalari ta’sirida boMadigan uchastkalar mustahkamlanadi. Bu haqidagi tavsiyalar 4-jadvalda keltirilgan. Download 16.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling