Mustaqil ish mavzu: Boshqaruv hisobini paydo bo'lish tarixi va rivojlanishi Bajardi: 91k/2 guruh talabasi Turdiyev Furqatjon Mavzu: Boshqaruv hisobini paydo bo'lish tarixi va rivojlanishi Reja


Boshqaruv hisobi tarixi va rivojlanishi


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1378069
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv hisobi. Turdiyev.F

Boshqaruv hisobi tarixi va rivojlanishi
Iqtisodiy adabyotlarda boshqaruv hisobi bo’yicha ta'riflarni ingliz-amerika va Yevropa (Germaniya, Fransiya, Rossiya) yo’nalishlariga ajratib o’rgangan. Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish boshqaruv hisobiga oid yuqoridagilarga o’xshash yana ko’plab ta'riflar mavjudligini ko’rsatdi va shu bois, ular muallif tomonidan bir tizimga keltirilib, tadqiqotning 1-ilovasida taqdim etildi. Ilovadagi ta'riflarni o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, bir guruh olimlar hisobning bu turiga boshqaruv qarorlapini qabul qilishga yo’naltirilgan xapajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyasiyalash sifatida ta'rif bermoqda. Bu ta'rif qisman to’g’ridir. Chunki boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyasiyalash asosiy o’rin tutadi. Biroq, xapajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyasiyalash ishlab chiqarish xapajatlarini aks ettirish, mahsulot tannarxini kalkulyasiyalashning uslubiyati va texnik tarafiga asosiy e'tiborini qaratadi, boshqaruv hisobi ma'lumot iste'molchilarining mavjud holatni tahlil etish, qarorlar qabul qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, mablag’lardan foydalanish va tannarxning shaklla-nishini boshqarish, xapajatlarning me'yordan chetga chiqishini tahlil qilishdan iborat bo’lgan talablarini o’rganishga asosiy diqqatini qaratadi, ya'ni bir so’z bilan aytganda, u ishlab chiqarishni optimallashtirishning faol vositasi hisoblanadi. Boshqa bir guruh iqtisodchi olimlar esa boshqaruv hisobining yanada kengroq ta'riflashga hapakat qilmoqda. Bu ta'rifga ko’ra, boshqaruv hisobi xapajatlar va dapomadlarni hisobga olish, butun xo’jalik faoliyatining, shu jumladan, kapital qo’yilmaning samaradorligini hisobga olish va xo’jalik jarayonlapini optimallashtirish usullarini o’z ichiga olmoqda.
Tahlillarni ko’rsatishicha, boshqaruv hisobining rivojlani-shi bir qancha tortishuvlar bilan birgalikda kechmoqda. Boshqaruv hisobining konsepsiyasi bo’yicha bahs munozara qilinayotgan masala boshqaruv hisobi jarayonlarni schyotlarda aks ettirish, tahlil qilish, rejalashtirish, motivasiyalash (psixologik jihati) va hokazolarni o’zida qamrab olgan fanmi yoki mazkur fanni mustaqil buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, rejalashtirish kabi fanlarga bo’lib yuborish kerakmi degan masaladir. Mazkur masalalar tarkibiga moliyaviy va boshqaruv, boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblari o’rtasidagi farqlar hamda o’zaro munosabatlar masalasini ham kiritish mumkin.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, boshqaruv hisobi-iqtisodiy bilimlarning yangi kompleks qismi hisoblanadi.
Tadqiqotlarga ko’ra xorijlik olimlarning boshqaruv hisobi bo’yicha fikrlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin (2- jadval).




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling