Mustaqil ish mavzu: bozor muvozanati. Mavzu: bozor muvozanati


Raqobatlashgan bozor samaradorligi


Download 274.85 Kb.
bet9/10
Sana06.02.2023
Hajmi274.85 Kb.
#1169866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23.Bozorlar samaradorligi

4. Raqobatlashgan bozor samaradorligi.

Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq yo‘qotishga olib keladi. SHuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o‘sishga olib keladi.


Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa. Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to‘xtaymiz).
Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘ini maksimal bo‘lishini ta’minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati shari quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi:
. (19-rasm)
Ma’lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo‘lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o‘ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o‘tadilar.



Download 274.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling