Mustaqil ish mavzu: bozor muvozanati. Mavzu: bozor muvozanati
-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati
Download 274.85 Kb.
|
23.Bozorlar samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
13-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati.
Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Bunday taqsimlanish shartida ta’minlanadi. Firmalar ushbu shartga ko‘ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgancha qadar mumkin darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo‘lgan narxda sotishga majbur qiladi. Muvozanat holat grafigida o‘rtacha xarajat grafigi talab chizig‘iga urinadi xolos. Agar bo‘lsa, firma zarar ko‘radi va tarmoqdan ketishga majbur bo‘ladi. Agar bo‘lsa, bozorda qisqa muddatli oraliqda ortiqcha foyda olish ikoniyati tug‘iladi. Lekin, bu ortiqcha foyda tarmoqqa boshqa firmalarni kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi ortiqcha foydani nolga tushiradi. Bu o‘z navbatida muvozanat holatni uzoq muddatgacha turg‘un saqlanishidan dalolat beradi. Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z o‘zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo‘ladi. Bu holatni raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari bir xil bo‘ladi, degan shart bilan mos kelishini iqtisodda quyidagicha tushuntiradi: ya’ni sifatli resurs egalari o‘z resurslari uchun ko‘proq ish xaqi oladi, mukammallashgan samarali uskunalarning ijara haqi ham yuqori bo‘ladi. Samarali resurs egalari olinadigan qo‘shimcha foydaga iqtisodiy renta deyiladi. Iqtisodiy renta - bu raqobatlashgan bozorda kerakli resurs uchun firma to‘lashi mumkin bo‘lgan narx bilan ushbu resursning minimal narxi o‘rtasidagi farq. Masalan, o‘rtacha xom ashyodan foydalanib ishlab chiqarilgan har bir mahsulot 10 so‘m keltirsin, cheklangan sifatli xom ashyodan foydalanib ushbu mahsulotni ishlab chiqarganda (xarajatlarning kamayishi va mahsulot sifatini oshishi hisobiga) har bir mahsulotdan oladigan foyda 20 so‘mni tashkil qilsin, deylik. Sifatli resursni hamma firmalar ham sotib olishga harakat qiladi. Lekin, sifatli resurs cheklangan bo‘lgani uchun hamma firmalar sotib ola olmaydi. Agar sifatli xom ashyo raqobatlashgan bozorda sotilsa, uning narxi o‘rtacha xom ashyo narxidan albatta yuqori bo‘ladi. Agar o‘rtacha xom ashyo narxi va sifatli xom ashyo narxi ( > ) bo‘lsa. Sifatli xom ashyo egasi ga teng bo‘lgan iqtisodiy renta oladi. Natijada mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘rtacha xarajati bir-biriga teng bo‘ladi. SHunday qilib, samarali resurslardan foydalanib olingan barcha foyda ushbu resurslarni sotib olishga sarflanadi. Ushbu holat raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari tenglashish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. XULOSA Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. Shodmonov Sh. Alimov R. Jo’rayev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent-Moliya-2017 yil. Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent-Mehnat-2017. Ishmuhamedov A.E. Sitdikova L.A. Ishmuhamedov L. Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. -2019. www.ziyouz.com kutubxonasi. Download 274.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling