Mustaqil ish Mavzu: Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar
Download 353.27 Kb.
|
1MUSTAQIL ISH
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda musttahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitgga moslashtirish hisoblanadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning 3 ta muhim vositasi bor. Ular ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy vositalardir. Ma’muriy vositalarga to’xtaladigan bo’lsak, ma’muriy so’zidan bilsak ham bo’ladi ya’ni bu vositalar asosan qonuniy vositalar desak to’g’ri bo’ladi. Ya’ni iqtisodiy faoliyatni yuritish uchun kerak bo’ladigan qonun-qoidalarni davlat o’rnatib ularni amalga oshirilishini ta’minlashi kerak bo’ladi. Masalan, davlat mulkini xususitlashtirganda yoki monopollashishga qarshi chora-tadbirlarni misol qilib olishimiz mumkin. Keyingi vositamiz bu iqtisodiy vosita hisoblanad. Bu vosita bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Bevositada davlat to’g’ridan to’g’ri ishtirok etadi. Bunga davlat xaridlari yoki boshqalarni misol qilsak, bilvositada esa makroiqtisodiy siyosatning barcha turlarini olishimiz mumkin: investitsiya, tashqi savdo, pul-kredit siyosatlar. So’nggi tartibga solib turuvchi vositamiz bizda bu ijtimoiy vositadir.Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga moddiy yordam ko’rsatish, nogiron, pensionerlarga nafaqalar belgilash va shu navbatda eng kam ish haqini belgilash kiradi. Mana shu oraqli insonlarga tabaqalashgan holda ish haqilari belgilanadi.Download 353.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling