Mustaqil ish Mavzu: Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuni
Download 8.36 Kb.
|
Mustaqil ish Mavzu Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuni-azkurs.org
Mustaqil ish Mavzu: Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuni Mustaqil ishMavzu: Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuniBajardi:Ermetov Baxtiyor Tibbiy pedagogika fakulteti 302- A guruh talabasi "Kitob al Qonun fit tib""TIB QONUNLARI" (asl nomi "Kitob alQonun fittib") — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. "Tib qonunlari" oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Urta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib "Tib qonunlari"da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.Ibn Sino "Tib qonunlari"ning 1kitobini Goʻrgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015— 1024).Ibn Sino "Tib qonunlari"ning 1kitobini Goʻrgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015— 1024).Ibn Sino "Tib qonunlari"ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih adDimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar Roziy, Abu Sahl alMasihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. "Tib qonunlari"ning har bir kitobi, oʻz navbatida, qismlarga (fan), boʻlimlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) boʻlingan.1-kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" aʼzolari — suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻliqni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.Download 8.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling