Mustaqil ish Mavzu: Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuni

Download 8.36 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2023
Hajmi8.36 Kb.
#1308856
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Mavzu Ibn sino “tib qonunlari” Kitoblari mazmuni-azkurs.org

3kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan "xususiy" yoki "mahalliy" kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.

4-kitob kishi aʼzolaridan birontasiga xos boʻlmagan "umumiy" kasalliklarga bagʻishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan, rak), toshmalar, yarachaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, koʻkrak qafasi, umurtqa va qoʻloyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq choʻziladigan va oʻta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida soʻz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi taʼlimot (toksikologiya)ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus boʻlimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardozandoz vositalariga bagʻishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni toʻkilishdan saklaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling