Mustaqil ish Mavzu: Ichki yonuv dvigatellari


Download 393.62 Kb.
bet1/7
Sana27.02.2023
Hajmi393.62 Kb.
#1234000
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Mavzu Ichki yonuv dvigatellari. Tayyorladi qxm 20

Mustaqil ish Mavzu:Ichki yonuv dvigatellari.


Reja


1.Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar
2. IYoDlarining klassifikasiyasi
3. Porshenli IYoD tuzilishi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish

Sanoatda, xalq xo’jaligida ishlab chiqarish sohalarida bo’ladigan har qanday


yangiliklar fan-texnikani yutuqlariga asoslanadi. Ma‘lumki insoniyat
yaralgandan buyon yashash tarzini yaxshilash, og’ir mehnatni aql-idrok bilan
yengish, kam harajat qilib, ko’proq foyda olish, qolaversa tabiat sirlariga,
qonuniyatlariga, ulardan to’g’ri, oqilona foydalanishga harakat qilib keladi.
Insoniyat tarixidagi ko’pgina kashfiyotlar, ixtirolar va ulardan samarali
foydalanish turmush tarzini keskin o’zgartirib yuboradi.
«Issiqlik texnikasi asoslari» fani borasidagi ko’pgina kashf etilgan
yangiliklarni ham o’z salmog’i o’rni bor. Bu yangiliklar, kashfiyotlar,
ixtirolar qatoriga issiqlik, mashinalari ya‘ni issiqlik energiyasini mexanik
energiyaga aylantirish, bularning asosida ichki yonuv dvigatellarining ixtiro
etilishi va ulardan xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda muttasil
foydalanayotganimiz buning isbotidir.
Yozilgan uslubiy ko’rsatmada ichki yonuv dvigatellari (IYoD)ning sikllari,
klassifikasiyasi, termodinamik jarayonlari, IYoD larini atrof-muhitga ta‘siri
borasida fikrlar yuritiladi. Talabalarning bu borada o’zlari mustaqil ishlar
qilishlari uchun ma‘lum ma‘noda ma‘lumotlar olish imkoniyati tug’iladi va
ular o’zlarining nazariy bilimlarini yanada mustahkamlab, mustaqil fikr
yuritish, IYoD va ularning ahamiyati, ulardagi kamchilik va afzalliklar
borasidagi bilimlarini biroz bo’lsada chuqurlashtiradilar degan umiddamiz.


Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar
Yonilg’ini yoqish hisobiga ajratib chiqqan issiqlik energiyasini mexanik
energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi ichki yonuv dvigateli
(IYoD) deyiladi. IYoDlarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga
aylanishi va barcha termodinamik jarayonlar sikl davomida silindr deb
nomlanadigan maxsus ish organida amalga oshiriladi. Ma‘lumki, silindr
ichida porshen harakatlanadi, shuning uchun IYoD ba‘zan porshenli
dvigatellar deb ham nomlanadi.
«Dvigatel» degan nom ruscha «dvigat»- jildirish, ya‘ni harakatga keltirish
so’zidan olingan. Dvigatelga berilgan energiya (issiqlik energiyasi, atom
energiyasi, suv-shamol energiyalari) mexanikaviy energiyaga aylantiriladi
va u generatorlar, nasoslar, kompressor, avtomabil g’ildiraklari, kemalarning
eshkak vintlari, samolyotlarning parraklari, stanoklarning boshqa ish
organlarini harakatga keltiradi.
Bizga ma’lumki, juda qadim zamonlarda odam va hayvonlar muskul kuchlari
yagona dvigatel vazifasini o’tagan edi. Shuning uchun fan-texnikaning
rivojlanishi natijasida dastlab suv-energiyasidan foydalaniladigan dvigatel
paydo bo’ldi. Keyinchalik shu ishning rivojlanishi yanada yangi bosqichga
ko’tarildi. Suv dvegateli ishlab chiqarishning boshqa barcha turlarini, daryo
to’g’onlaridan yil fasllariga qarab foydalanish tufayli ma‘lum miqdorda
cheklab qo’ydi. Bu cheklanishlar uzoq davom etmadi va odamlar yangi,
ishlab chiqarishni o’ziga xos rivojlantiruvchi bug’ mashinalarini kashf
etdilar, u esa sanoatda keskin burulish yasadi. Bug’ mashinalari XIX asrning
70-yillariga qadar ishlab chiqarishda, transportda ham issiqilikni ishga, ya‘ni
mexanik ishga aylantiruvchi birdan bir dvigatel hisoblanar edi. XIX asrning
oxirlarida suv bug’ining xossalarini va uning oqish qonunlarini tekshirishda
katta ilmiy ishlar olib borildi. Bu ilmiy ishlar natijasida bug’ mashinasining
takomillashgan turi-bug’ turbinasi paydo bo’ldi.
Bug’-turbinasidan foydalanilgan holda ishlab chiqarish yanada rivojlandi,
odamlar hayotidagi ko’pgina qiyinchiliklar osonlik bilan bartaraf etila bordi.
1860 yilda issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, juda yuqori
ko’rsatgichlarga erishish mumkinligini ifodalovchi birinchi porshenli, ikki
taktli IYoD frantsiyalik olim E.Lenuar ishlab chiqdi.
Bunday IYoD zolotnikli gaz taqsimlash mexanizmiga ega bo’lib,yonilg’i
sifatida elektr uchquni gaz ishlatilgan.
1876 yilda Germaniyalik N.Otto va E.Lengenlar ilmiy tadqiqotlar olib
borishlari natijasida yanada mukammallashgan to’rt taktli, gaz bilan
ishlaydigan IYoD ishlab chiqildi. Bu dvigatelda yonuvchi aralashma
oldindan siqilar (siqish takti) va u yonilg’ini Lenuar dvigatelidan ikki barobar
kam saqlar edi. Buning sababi esa ishlab chiqilgan dvigatel 1862 yilda
fransuz injeneri Bo-de-Rosha tomonidan taklif etilgan sxema bo’yicha
yasalgan edi, ya‘ni aralashmani o’zgarmas hajmida yondirish amalga
oshirildi.
19- asrning oxiriga kelib sanoatda neftni qayta ishlash texnologiyasi ishlab
chiqildi, bu esa IYoD larida gaz yonilg’ilar qatorida suyuq yonilg’ilardan
ham foydalanish imkonini berdi, chunki neftni qayta ishlashdan olingan
benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi IYoD larining sanoat
va transportda keng qo’llanilishiga imkoniyat yaratdi.
Rossiyada birinchi marta benzinda ishlaydigan IYoD 1889 yili injener
I.S.Kostovich uchqun bilan o’t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini
ishlab chiqdi.
1897 yili nemis injeneri R. Dizel tomonidan ixtiro qilingan va fanda «Dizel
dvigatel» deb nom olgan, siqilish hisobiga qizigan havoga purkalgan
yoqilg’ining yonishi natijasida ishlaydigan to’rt taktli IYoD ning
takomillashgan konstruktsiyasi 1899 yili birinchi marta Peterburgda yasaldi.
1901 yilda rus olimlaridan G,V. Trinkler va 1910 yilda Ya.V. Maminlar
kompressorsiz dizel dvigatelin yaratdi. Dizel dvigatellarining nazariyasi
to’laroq o’rganilishi va takomillashib borishi natijasida IYoD lari bug’
mashinalari o’rnini tezlik bilan egallay boshladi.
Dizel dvigatelining tejamliligi tufayli, eng yaxshi dizel dvigatelining
solishtirma yonilg’i sarfi taxminan 190 g/ kVt. soatni tashkil etadi.
Dizel dvigatellarida yonilg’i sarfining FIK 31-44% bo’lsa, karbyuratorli
dvigatellarda odatda, 25-30% dan oshmaydi. Gaz yoqilg’isida ishlaydigangazodizel dvigatellari ham mavjud.



Download 393.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling