Mustaqil ish Mavzu: Investitsiya faoliyatining obyektlari va subyektlari Reja


Download 16.83 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi16.83 Kb.
#1739579
Bog'liq
A Ziyodullayev Mustaqil ish


Mustaqil ish
Mavzu: Investitsiya faoliyatining obyektlari va subyektlari

Reja:

  1. Investitsiyalarning moʻljallangan obyektiga koʻra turlari

  2. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari

  3.  Investitsiya resurslar



Bajardi: A.Ziyodullayev
Qabul qildi. SH.Shayakubov

Toshkent-2023
Investitsiyalar moʻljallangan obyektiga koʻra kapital, moliyaviy 
va ijtimoiy turlarga boʻlinadi.Asosiy fondlarni yaratish va takror koʻpaytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qogʻozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.Inson salohiyatini, koʻnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, oʻzlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obroʻsini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga boʻlgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olish.
Investorlar qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda 
ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin.Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari oʻzgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar;koʻchar va koʻchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga boʻlgan huquqlar; intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar. Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir.
Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari – rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar,shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir. Investor:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yoʻnalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;oʻz investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yigʻimlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar (bundan buyon matnda soliqlar va toʻlovlar deb yuritiladi) toʻlanganidan soʻng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;oʻzi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning taʼminoti sifatida oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablagʻlarini jalb etishga;davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
Investor: soliqlar va toʻlovlarni toʻlashi;investitsiya qilish munosabati bilan oʻzi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:birja, tanlov va tender savdolarining, elektron doʻkonlarning 
va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi boʻlishga;investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga; agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻzining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi;shartnoma shartlarini oʻz vaqtida va lozim darajada bajarishi;shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investorga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart.Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar boʻyicha belgilanadi, bundan qonun hujjatlarida qatʼiy belgilangan narxlar mustasno.
Investitsiya qilish obyekti boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin. Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qatʼi nazar, 
bozor narxlari deb tan olinadi. Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular oʻzlari vakolatli boʻlgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq choralarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish 
yoki uni cheklab qoʻyish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bogʻliq holda, shuningdek investorlarning 
yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yoʻl qoʻymaslikni kafolatlaydi.Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamtaʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa taʼsischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi.Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum eʼtirof 
etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq qonun hujjatlarini qabul qilishga, oʻzgartirishga, toʻldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling